Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Ijro hujjatlarini ijro etmaganlik uchun solinadigan maʼmuriy jarima miqdorini belgilash tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-1022-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
(“Maʼmuriy jarimalarni ijro etish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Maʼmuriy jarimalarni ijro etish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-1022-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Ijro hujjatlarini ijro etmaganlik uchun solinadigan maʼmuriy jarima miqdorini belgilash tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 16-may,
3193-IV-son