Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Sudlarda yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar bilan bogʻliq ishlarni koʻrish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-978-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 7-fevralda birinchi oʻqishda qabul qilingan “Sudlarda yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar bilan bogʻliq ishlarni koʻrish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-978-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini rad etish haqidagi taklifini koʻrib chiqib hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamentining 147 va 148-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 2022-yil 7-dekabrda kiritilgan “Sudlarda yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar bilan bogʻliq ishlarni koʻrish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-978-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi rad etilsin.
2. Ushbu Qaror hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining xulosasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 4-may,
3136-IV-son