Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi kodeksini tasdiqlash haqida”gi QL-830-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 26-yanvarda birinchi oʻqishda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi kodeksini tasdiqlash haqida”gi QL-830-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini rad etish haqidagi taklifini koʻrib chiqib hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamentining 147 va 148-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 2021-yil 4-oktabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi kodeksini tasdiqlash haqida”gi QL-830-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi rad etilsin.
2. Ushbu Qaror hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining xulosasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 4-may,
3135-IV-son