14.06.2023 yildagi O‘RQ-846-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 15.06.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Telekommunikatsiyalar sohasida ayrim faoliyat turlarini amalga oshirganlik uchun davlat boji miqdorlari maqbullashtirilishi munosabati bilan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 16-mayda qabul qilingan
Senat tomonidan 2023-yil 2-iyunda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi yillarda mamlakatimizda telekommunikatsiyalar sohasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi. Xususan, oʻtgan davrda telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishga doir litsenziya berish tartibi soddalashtirildi. Litsenziya berganlik uchun yigʻimlar va davlat boji toʻlovlarini yagona billing tizimi orqali amalga oshirish tartibi belgilandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq oʻzining mustaqil aloqa tarmogʻiga ega boʻlmagan va uyali aloqa operatorlarida mavjud boʻlgan aloqa tarmoqlari orqali radiotelefon (uyali) aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi uyali aloqa virtual operatorlariga (provayderlarga) litsenziyalar berganlik uchun davlat boji stavkalarining alohida miqdorlari mavjud emasligi, shuningdek teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini koʻrsatishga doir litsenziya uchun belgilangan yillik davlat bojlarining miqdori yuqoriligi hamda davlat bojini toʻlashning amaldagi tartibi murakkabligi mazkur sohalardagi tadbirkorlik faoliyati yanada rivojlantirilishini cheklab qoʻymoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qonun bilan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga uyali aloqa virtual operatorlari (provayderlar) tomonidan koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlarini koʻrsatishga doir litsenziyalar berganlik uchun davlat bojining miqdori maqbullashtirilishini, shuningdek teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini koʻrsatishga doir litsenziya berganlik uchun davlat bojining miqdori kamaytirilishini hamda uni yil davomida boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati yaratilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun telekommunikatsiyalar sohasidagi, xususan, koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlarini koʻrsatish va teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) sohasidagi faoliyatni amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga, telekommunikatsiya tarmoqlarining modernizatsiya qilinishiga, shuningdek telekommunikatsiyalar sohasidagi raqobatni kuchaytirishga xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi OʻRQ-600-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda, № 5, 298-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 7, 661-modda, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 2, 76-modda, № 3, 214, 216-moddalar, № 4, 340-modda, № 5, 463, 464, 467-moddalar, № 12, 1186-modda; 2023-yil, № 2, 816-modda) ilovaning 33-bandiga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish” degan soʻzlar “Raqamli texnologiyalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) “e” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

e) koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlaridan foydalanish va ularning xizmatlarini koʻrsatish (bundan uyali aloqa virtual operatorlari (provayderlar) tomonidan koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlarini koʻrsatish mustasno)

— BHMning 140 000 baravari

;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) quyidagi mazmundagi “e1” kichik band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

e1) uyali aloqa virtual operatorlari (provayderlar) tomonidan koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlarini koʻrsatish

— BHMning 25 000 baravari

;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) “zz”, “ii”, “kk”, “ll” va “mm” kichik bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

zz) teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini koʻrsatish

— BHMning 170 baravari

ii) teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini loyihalashtirish

— BHMning 10 baravari

kk) teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini qurish

— BHMning 10 baravari

ll) teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlaridan foydalanish

— BHMning 75 baravari

mm) teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlari xizmatlarini koʻrsatish

— BHMning 75 baravari

;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agar uyali aloqa virtual operatori (provayder) tomonidan navbatdagi yillik davlat bojini toʻlash davridan oldingi moliya yili uchun koʻrsatilgan koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlarining qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 million baravaridan oshsa, “e1” kichik bandda nazarda tutilgan faoliyat turi uchun davlat bojining summasiga koʻrsatilgan koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlari qiymatining 1 foizi miqdorida qoʻshimcha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyali aloqa virtual operatori (provayder) tomonidan oʻtgan moliya yilida koʻrsatilgan koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlarining qiymati qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻi chegirib tashlangan holda aniqlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi — yettinchi xatboshilari tegishincha oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“zz”, “ii”, “kk”, “ll”, “mm” kichik bandlarda nazarda tutilgan faoliyat turlari uchun navbatdagi har yilgi davlat bojini har chorak birinchi oyining 10-sanasiga qadar kelgusi chorak uchun teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlashga yoʻl qoʻyiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun 1-moddasining 4-bandi, 5-bandining oltinchi va yettinchi xatboshilari mazkur Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach amalga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 14-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-846-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.06.2023-y., 03/23/846/0377-son)