Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari faoliyati bilan shugʻullanganlik uchun davlat boji stavkalari miqdorlarini maqbullashtirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-1033-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2023-yil 10-mayda kiritilgan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga koʻchma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari faoliyati bilan shugʻullanganlik uchun davlat boji stavkalari miqdorlarini maqbullashtirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-1033-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 16-may,
3195-IV-son