Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Pokiston Islom Respublikasi Hukumati oʻrtasida harbiy-texnikaviy sohada hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimni (Islomobod, 2022-yil 3-mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-1013-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2023-yil 23-martda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Pokiston Islom Respublikasi Hukumati oʻrtasida harbiy-texnikaviy sohada hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimni (Islomobod, 2022-yil 3-mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-1013-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 2-may,
3124-IV-son