Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Maktablarda qoʻshimcha oʻquvchi oʻrnini yaratish hamda maktablarning moddiy-texnika taʼminotini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X. Umarovaning javobi haqida
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Maktablarda qoʻshimcha oʻquvchi oʻrnini yaratish hamda maktablarning moddiy-texnika taʼminotini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X. Umarova tomonidan yuborilgan yozma javob maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 23-may,
3235-IV-son