12.06.2023 yildagi 240-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 12.06.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xiva shahrida Xalqaro etnosport festivalini oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Etnosport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 25-maydagi PQ-259-son qarori ijrosini taʼminlash hamda xalq oʻyinlarini targʻib qilish va ommalashtirish, xalqaro miqyosda ushbu yoʻnalishda amaliy hamkorlik aloqalarini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Etnosport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 25-maydagi PQ-259-son qaroriga muvofiq 2023-yildan boshlab Xiva shahrida har ikki yilda bir marotaba Xalqaro etnosport festivali (keyingi oʻrinlarda — festival) oʻtkazilishi hamda Toshkent shahrida Milliy sport turlari va xalq oʻyinlari muzeyini tashkil etish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi, Etnosport assotsiatsiyasining Xalqaro etnosport festivalini 2023-yil 7 — 10-sentabr kunlari Xiva shahridagi “Ichan qalʼa” tarixiy majmuasida oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro etnosport festivalini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi (keyingi oʻrinlarda — Tashkiliy qoʻmita) 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yilda Xiva shahrida Xalqaro etnosport festivalini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi (keyingi oʻrinlarda — chora-tadbirlar rejasi) 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro etnosport festivalini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manfaatdor vazirlik va idoralar rahbarlari — Tashkiliy qoʻmita aʼzolari chora-tadbirlar rejasida belgilangan tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish boʻyicha shaxsan masʼul va javobgar ekanliklari belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Tashkiliy qoʻmitaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan vazifalarni oʻz vaqtida, toʻliq hamda sifatli bajarish yuzasidan masʼul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
festivalni oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni tezkor hal qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
festival oʻtkaziladigan joylar texnik va telekommunikatsiya uskunalari bilan jihozlanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
festivalni yuqori saviyada tashkil etish va sahnalashtirish maqsadida bosh rejissyorni tanlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
festivalga chet eldan ishtirokchilarning kelishi va ketishi, ularga viza rasmiylashtirish, transport va tibbiy xizmat koʻrsatish masalalarini muvofiqlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xorazm viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
festival oʻtkaziladigan maydon va hududlarni tayyorlash, shuningdek, Xiva shahrida keng koʻlamli obodonlashtirish ishlarini amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xiva va Urganch shaharlarining markaziy koʻchalari, diqqatga sazovor joylari, festival oʻtkaziladigan majmua atroflariga Etnosport assotsiatsiyasi tomonidan taqdim etilgan festival haqida maʼlumot beruvchi reklama roliklari, maxsus bannerlar, afisha va plakatlar vaqtincha oʻrnatilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
festival doirasida Xiva shahrida “Xalqaro etnofestival bogʻi”ni tashkil etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, festivalga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 foizi — Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi doirasida nazarda tutilgan mablagʻlar hamda Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 foizi — Xorazm viloyati mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari, homiylik xayriyalar va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va “Hunarmand” uyushmasiga festival doirasida “Ichan qalʼa” tarixiy majmuasida xalqimizning milliy madaniyati va urf-odatlarini namoyon qiluvchi hunarmandchilik mahsulotlari hamda sanʼat asarlari koʻrgazmali maydonchalarini tashkil etish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tashqi ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi hamda Etnosport assotsiatsiyasi bilan birgalikda festivalga mehmonlar va ishtirokchilarni Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari orqali taklif etishni taʼminlasin;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar siyosati va sport vazirligi taqdim etgan roʻyxatga asosan festivalga Oʻzbekistonda akkreditatsiyadan oʻtgan xalqaro tashkilotlar va diplomatlik vakolatxonalar vakillarini taklif qilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar siyosati va sport vazirligining viza talabnomasiga asosan festivalga tashrif buyuruvchi mehmonlar uchun Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizalarining belgilangan tartibda konsullik yigʻimlari undirilmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi festival davomida mehmonlar va ishtirokchilar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi festival oʻtkaziladigan hududlarda tez tibbiy yordam punktlarini tashkil etsin, tadbirlar oʻtkaziladigan vaqtda sanitariya qoidalari, normalariga va gigiyena normativlariga qatʼiy rioya etilishini nazoratga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi festivalda xorijiy davlatlardan etnosport yoʻnalishi boʻyicha ishtirok etish maqsadida keladigan ishtirokchilar uchun bojxona postlarida qulayliklar yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda festival ishtirokchilariga, istisno tariqasida, festival doirasida tashkil etiladigan tadbirlar uchun sport jihozlari va otlar, tadbirlar doirasida ishlatiladigan stendlar hamda reklama materiallarining (kataloglar, preyskurantlar, plakat, planshet, buklet, broshyura va boshqalar) bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirmasdan va bojxona toʻlovlari undirilmasdan, shuningdek, ruxsat beruvchi hujjatlarni va sertifikatlarni rasmiylashtirmagan holda, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha olib kirilishi va qaytarib olib chiqib ketilishiga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy paralimpiya qoʻmitasi hamda Etnosport assotsiatsiyasining Olimpiya va paralimpiya shon shuhrati muzeyida (keyingi oʻrinlarda — Muzey) umumiy cheklangan shtat birliklari doirasida Milliy sport turlari va xalq oʻyinlari boʻlimini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Madaniy meros agentligi, Etnosport assotsiatsiyasi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq oʻyinlari va milliy sport turlariga oid eksponatlarni Muzeyda saqlash va namoyish etish uchun ajratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda ularga tegishli boʻlgan etnosport turlari va xalq oʻyinlari mavzusidagi eksponatlar belgilangan tartibda Muzeyga berilishini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir hududning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, milliy oʻyinlarni (lanka, chillak, oq terakmi — koʻk terak va boshqalar) oʻzida aks ettirgan maydonchalar tashkil etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy teleradiokompaniya bilan birgalikda Muzeyda namoyish etish uchun milliy sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston sportchilarining xalqaro musobaqalardagi ishtiroki toʻgʻrisidagi videofilmlarni yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi Milliy axborot agentligi, Milliy teleradiokompaniya va Etnosport assotsiatsiyasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 1-iyulga qadar festivalni mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida keng yoritish boʻyicha media-reja ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
festivalga tayyorgarlik koʻrish, uni oʻtkazish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlarni mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari, festival veb-saytida hamda ijtimoiy tarmoqlarda muntazam yoritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov hamda Xorazm viloyati hokimi J.R. Raximov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 12-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
240-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-iyundagi 240-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro etnosport festivalini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisi

2.

A.I. Ikramov

yoshlar siyosati va sport vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari

3.

J.R. Raximov

Xorazm viloyati hokimi, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari

4.

A.Z. Saʼdullayev

yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi oʻrinbosari — Yoshlar ishlari agentligi direktori

5.

O.A. Nazarbekov

madaniyat va turizm vaziri

6.

Sh.X. Shermatov

raqamli texnologiyalarni rivojlantirish vaziri

7.

A.Sh. Inoyatov

sogʻliqni saqlash vaziri

8.

B.J. Aʼloyev

tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari

9.

R.M. Djurayev

Milliy gvardiya qoʻmondoni

10.

B.T. Abdullayev

ichki ishlar vaziri oʻrinbosari

11.

A.X. Quldashev

favqulodda vaziyatlar vaziri

12.

B.Q. Yusupaliyev

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi

13.

A.K. Koʻchimov

Milliy axborot agentligi Bosh direktori

14.

A.D. Xadjayev

Milliy teleradiokompaniya raisi

15.

O.O. Kasimov

Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi

16.

U.M. Mustafoyev

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi v.b.

17.

Sh.Sh. Xudaykulov

“Uzbekistan Airways” AJ boshqaruvi raisi

18.

R.F. Djurayeva

“Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisi

19.

X.N. Xasilov

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi v.b.

20.

U.T. Abdullayev

“Hunarmand” uyushmasi raisi

21.

O.K. Norinboyev

Etnosport assotsiatsiyasi raisi, Tashkiliy qoʻmita kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkiliy qoʻmita raisi tomonidan qoʻmita tarkibiga zaruratga koʻra boshqa davlat organlari va tashkilotlari vakillari kiritilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-iyundagi 240-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yilda Xiva shahrida Xalqaro etnosport festivalini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Ijro uchun masʼullar

I. Xalqaro etnosport festivalini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy masalalar

1.

2023-yil sentabr oyida Xiva shahrida Xalqaro etnosport festivalini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita yigʻilishini oʻtkazish.

1. Chora-tadbirlar rejasidagi topshiriqlar ijrosini taʼminlash boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar, hokimliklarning masʼul ijrochilarini belgilash, ishlarni moliyalashtirish manbalariga aniqlik kiritish masalalarini muhokama qilish yuzasidan Tashkiliy qoʻmita yigʻilishlarini oʻtkazish.

2023-yil iyun — avgust

-

Xalqaro etnosport festivalini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita

2. Festival doirasida:

ishtirokchilarni kutib olish, mehmonxonaga joylashtirish, ovqatlantirish, transport bilan taʼminlash va kuzatish;

madaniy va sport tadbirlarini tashkil etish hamda ularning ommaviy-axborot vositalarida yoritilishini taʼminlan;

madaniy dam olishni tashkil etish, tarjimonlar va volontyorlar bilan ishlarni tashkil qilish.

2023-yil avgust-sentabr

Xorazm viloyati hokimligi,

Etnosport assotsiatsiyasi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

3. Tarjimon va volontyorlarga yoʻriqnoma asosida tushuntirishlar berish.

Yoshlar ishlari agentligi

2.

Festival oʻtkaziladigan joyni tayyorlash (Xiva shahridagi “Ichan Qalʼa” tarixiy majmuasi hududi).

1. Festival oʻtkaziladigan joyni (shu jumladan, bino-inshootlarni) belgilash toʻgʻrisida Xorazm viloyati hokimining tegishli qarorini qabul qilish.

Bunda festivalda ishtirok etadigan mahalliy (respublikaning 14 ta hududi boʻyicha har biriga alohida) hamda xorijlik delegatsiyalar uchun alohida pavilonlar tashkil etishni, shuningdek, koʻngilochar tadbirlar, ovqatlanish shoxobchalari, avtoturargohlar, eko-hojatxonalar uchun alohida joylar va sport tadbirlari oʻtkaziladigan joylar ajratilishini nazarda tutish.

2023-yil iyun

-

Xorazm viloyati hokimligi

2. Nufuzli landshaft dizaynerlarini jalb qilgan holda, festival doirasida Xiva shahrida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish.

2023-yil iyul-avgust

Xorazm viloyati hokimligi mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi,

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ,

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ,

“Hududgaztaʼminot” AJ

3. Festival oʻtkaziladigan hududda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini soz holatga keltirish va ularning uzluksiz ishlashini taʼminlash, shu jumladan, tungi yoritish chiroqlari ustunlarini tartibga keltirish.

4. Festivalning badiiy qismini har tomonlama puxta ishlab chiqilishini taʼminlash maqsadida “Ichan Qalʼa” tarixiy majmuasida har bir madaniy va sport tadbirlari uchun joylarni belgilash hamda tegishli sahnalar qurish.

2023-yil avgust

Xorazm viloyati hokimligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi

3.

Festivalga mehmonlar va ishtirokchilarni taklif etish.

Oʻzbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari orqali festivalga mehmonlarni taklif etish. Bunda quyidagilarni nazarda tutish:

tashrif buyuradigan mehmonlarning roʻyxatini shakllantirish;

mehmonlarning kelib ketishlarini oʻzida mujassam etgan reja-grafikni tayyorlash;

festivalga vakillari kelishi kutilayotgan xorijiy davlatlar bilan muzokaralar olib borish va ularga tegishli taklifnomalarni yuborish.

2023-yil iyul-avgust

-

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Milliy olimpiya qoʻmitasi,

Tashqi ishlar vazirligi

4.

Festival ishtirokchilarini mehmonxona bilan taʼminlash.

1. Xiva shahri va unga chegaradosh tuman (shahar)lardagi mavjud mehmonxonalar boʻyicha tegishli maʼlumotlarni shakllantirish.

2023-yil iyun

Ijrochilar mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Madaniyat va turizm vazirligi,

vazirlik va idoralar, tashabbuskor tadbirkorlik subyektlari

2. Mehmonxonalarda mehmonlarni qabul qilish imkoniyati yetarli boʻlmagan taqdirda, Urganch shahridagi mehmonxonalarga mehmonlarni joylashtirish choralarini koʻrish.

2023-yil sentabr

5.

Festival ishtirokchilarining ovqatlanishini tashkil etish.

1. Mehmonlarning ovqatlanishini tashkil etish boʻyicha ishchi guruh tarkibini shakllantirish va tasdiqlash.

2023-yil avgust

Ijrochilar mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi

2. Xiva shahridagi ovqatlanish shoxobchalari va restoranlar boʻyicha tegishli maʼlumotlarni shakllantirish.

3. Mehmonlarning ovqatlanishini yuqori darajada tashkil etish.

Festival kunlari

6.

Festivalga shartnoma asosida avtotransport korxonalarini jalb etishga koʻmaklashish.

Etnosport assotsiatsiyasi buyurtmasiga muvofiq festivalga tashrif buyuradigan Butunjahon etnosport konfederatsiyasi rahbarlari va masʼul xodimlariga xizmat koʻrsatish uchun 10 ta yengil avtotransport, 15 ta yoʻlovchi tashuvchi koʻp oʻrindiqli avtotransport, 10 ta avtobus bilan taʼminlash.

Festival kunlari

Ijrochilar mablagʻlari

Transport vazirligi,

“Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati

7.

Festivalning badiiy qismini yuqori saviyada tashkil etish.

1. Festival dasturini ishlab chiqish.

2023-yil iyun,

Ijrochilar mablagʻlari

Madaniyat va turizm vazirligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Xorazm viloyati hokimligi,

Milliy teleradiokompaniya

2. Festivalning ochilish va yopilish hamda badiiy qismlarini tajribali ssenarist va rejissyorlar, kompozitor va bastakorlar, baletmeysterlar, sahna rassomlari, isteʼdodli yosh ijrochilar, folklor sanʼati vakillarini jalb etgan holda yuqori badiiy saviyada tayyorlash.

2023-yil iyul — sentabr

3. Dasturni turistik tashkilotlarga taqdim etish hamda festival veb-saytida va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish.

8.

Esdalik sovgʻalarini (buyumlar) tayyorlash.

Festivalni targʻib etuvchi esdalik buyumlari va bosma mahsulotlar (brendbuk, pamflet, buklet va boshqalar) tayyorlash.

2023-yil iyul

Ijrochilar mablagʻlari va homiylik xayriyalari

Oʻzbekiston Etnosport assotsiatsiyasi,

Savdo-sanoat palatasi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi

9.

Mahalliy temir yoʻl vokzallari va aeroportlarda mehmonlarni munosib kutib olish va kuzatish.

1. Xorijdan tashrif buyuradigan festival ishtirokchilarini mahalliy temir yoʻl vokzallari va aeroportlarda kutib olish hamda kuzatish boʻyicha shtablar tashkil qilish.

2023-yil avgust

Ijrochilar mablagʻlari va homiylik xayriyalari

Xorazm viloyati hokimligi,

Oʻzbekiston Etnosport assotsiatsiyasi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Transport vazirligi,

Madaniyat va turizm vazirligi,

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ,

“Uzbekistan Airports” AJ,

“Uzbekistan Airways” AJ,

turistik tashkilotlar

2. Mehmonlarni kutib olish joylariga festival toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni oʻrnatish.

3. Butunjahon etnosport konfederatsiyasi rahbarlari va boshqa aʼzolarni Islom Karimov nomidagi “Toshkent” hamda “Urganch” xalqaro aeroportining VIP zali, shuningdek, “Toshkent”, “Urganch” temir yoʻl vokzali orqali belgilangan tartibda kutib olish va kuzatish.

Belgilangan muddatlarda

4. Festival kunlari Toshkent shahridan Xorazm viloyatiga harakatlanuvchi festival ishtirokchilari uchun yoʻlovchi poyezdlariga belgilangan tartibda joylar ajratilishi va zarur hollarda qoʻshimcha poyezdlar hamda lozim boʻlganda charter reyslar qoʻyilishini taʼminlash.

10.

Festivalni oʻtkazish davrida xavfsizlik choralarini koʻrish.

Festivalni oʻtkazish davrida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash, tez tibbiy yordam koʻrsatilishini tashkil etish hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish choralarini koʻrish.

Festival kunlari

Ijrochilar mablagʻlari va homiylik xayriyalari

Ichki ishlar vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Xorazm viloyati hokimligi

11.

Festival veb-saytini yaratish.

Tadbirni yuqori saviyada yoritish maqsadida festivalning veb-saytini yaratish va unda axborotlarni uch tilda (oʻzbek, rus, ingliz) muntazam yoritib borish.

Festivalda ishtirok etish istagini bildiradigan xorijiy davlatlar ishtirokchilarining ushbu veb-sayt orqali onlayn ariza topshirishlari va roʻyxatdan oʻtishlari uchun imkoniyat yaratish.

2023-yil iyul-avgust

Ijrochilar mablagʻlari va homiylik xayriyalari

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Oʻzbekiston Etnosport assotsiatsiyasi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi

II. Madaniy-maʼrifiy tadbirlar

12.

Madaniy tadbirlarni tashkil etish.

1. Respublikamizning mohir oshpazlari ishtirokida ikki bosqichli “Osh pishirish chempionati”ni tashkil etish.

Festival kunlari

Ijrochilar mablagʻlari va homiylik xayriyalari

Xorazm viloyati hokimligi,

Milliy oshpazlar uyushmasi

2. Mamlakatimizda yetishtirilgan sara qovunlardan “Qovun sayli”ni tashkil etish.

Xorazm viloyati hokimligi

3. Festivalning yopilish marosimida tantanali mushakbozlikni tashkil etish.

Mudofaa vazirligi,

Xorazm viloyati hokimligi

4. Festivalning yopilish marosimida Humo qushi fonida (200 ta dronlar ishtirokida) dronlar shousini tashkil etish.

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Xorazm viloyati hokimligi

5. Festivalda milliy xalq oʻyinlarida ishtirok etadigan (200 nafar) bolalar uchun maxsus kiyimlarni tayyorlash.

Bunda:

oʻgʻil bolalar uchun — qora shim, oq yaktak, belbogʻ, doʻppi, qora rangli tufli;

qiz bolalar uchun — atlas lozim, atlas koʻylak, qora rangli tufli, doʻppi.

2023-yil iyul

Madaniyat va turizm vazirligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Xorazm viloyati hokimligi

Bolalarning festivalga tayyorgarlik koʻrish jarayoniga oʻz vaqtida toʻliq ishtirok etishlarini taʼminlash.

2023-yil iyun — sentabr

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

13.

Mahalliy hamda xorijiy ommaviy axborot vositalarida festivalni muntazam yoritish.

1. Festival doirasida oʻtkaziladigan tadbirlar, uning maqsadi va vazifalarini mahalliy va xorijiy OAVlarda muntazam yoritish boʻyicha media-reja ishlab chiqish va tasdiqlash.

2023-yil 1-iyul

-

Axborot va ommaviy kommunikatsiya agentligi,

Milliy axborot agentligi,

Milliy teleradiokompaniya,

Oʻzbekiston Etnosport assotsiatsiyasi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Madaniyat va turizm vazirligi,

vazirlik va idoralar

2. Festivalni targʻib etuvchi kamida 3 ta reklama roliklarini tayyorlash, markaziy va barcha mahalliy telekanallarda muntazam namoyish qilish.

2023-yil iyul — sentabr

Ijrochilar mablagʻlari va homiylik xayriyalari

3. Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalari va konsullik idoralarini festivalni targʻib qiluvchi foto va videomateriallar bilan taʼminlash, shuningdek, chet el OAVlari orqali sayyohlar hamda festivalda ishtirok etishga undovchi targʻibot materiallarini namoyish etish.

2023-yil davomida

4. Festivalni xorijlik sayyohlar ekskursiya marshrutiga kiritish.

2023-yil iyul

Madaniyat va turizm vazirligi

14.

Festivalda xalqimiz madaniyati va urf-odatlarini namoyon qiluvchi sanʼat asarlarini namoyish qiladigan koʻrgazmali maydonchalarni tashkil qilish uchun sharoitlar yaratish.

1. Har bir hududning oʻziga xos milliy sanʼat asarlari va madaniy hayotini aks ettiruvchi koʻrgazmali maydonchalar maketini tayyorlash.

2023-yil avgust

Ijrochilar mablagʻlari va homiylik xayriyalari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Respublika “Hunarmand” uyushmasi,

Oʻzbekiston Etnosport assotsiatsiyasi,

Oʻzbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi

2. Respublikaning har bir (14 ta) hududidan oʻzbek milliy qogʻozi, matolari, kashtadoʻzlik, keramika, yogʻoch oʻymakorligi, naqqoshlik sanʼat asarlari ustalari ishtirokini taʼminlash.

Festival kunlari

3. Festival uchun ajratilgan maydon hududida rassomlar xiyoboni tashkil etish va festival ishtirokchilariga mahorat darslarini namoyish etish.

Festival kunlari

15.

Xorijlik mehmonlarni Oʻzbekistonning tarixiy, madaniy va maʼrifiy hayoti bilan tanishtirish.

1. Xorijlik festival ishtirokchilari va mehmonlarni shaharning tarixiy obidalari va diqqatga sazovor joylari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ekskursiya marshrutini ishlab chiqish.

2023-yil iyul

-

Madaniyat va turizm vazirligi,

Xorazm viloyati hokimligi

2. Ekskursiya marshrutiga kiritilgan joylarni belgilangan tarzda obodonlashtirish, taʼmirlash hamda mehmonlarni qabul qilish uchun shay holatga keltirish.

2023-yil avgust

Xorazm viloyati hokimligi

3. Festivalni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish jarayonlari haqida maxsus hujjatli film suratga olish va barcha milliy telekanallar orqali uch tilda namoyish etish.

2022-yil avgust-sentabr

Kinematografiya agentligi,

Milliy axborot agentligi

16.

“Wi-Fi” hududlarini tashkil etish.

Tashkiliy qoʻmita murojaatiga asosan festival oʻtkaziladigan hududda bepul “Wi-Fi” xizmatini tashkil etish.

Festival kunlari

Ijrochilar mablagʻlari va homiylik xayriyalari

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Xorazm viloyati hokimligi

III. Xalqaro tadbirlar

17.

Butunjahon etnosport konfederatsiyasi hamkorligida xalqaro sport tadbirlarini tashkil etish.

1. Musobaqalar nizomini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash (kurash, belbogʻli kurash, turon yakkakurashi, oʻzbek jang sanʼati, bahodirlar oʻyinlari va tosh koʻrsatish, mas restling, bel olish va uchkurash, kamondan otish, ot sporti turlari).

2. Tasdiqlangan nizomga muvofiq xalqaro musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish.

3. Butunjahon etnosport konfederatsiyasi hamkorligida forumni tashkil etish va oʻtkazish.

2023-yil sentabr

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasi, ijrochilar mablagʻlari va homiylik xayriyalari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Xorazm viloyati hokimligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Oʻzbekiston Etnosport assotsiatsiyasi

IV. Festival tadbirlarini moliyalashtirish

18.

Festivalni moliyalashtirish.

1. Festival xarajatlari smetasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2023-yil iyul

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Oʻzbekiston Etnosport assotsiatsiyasi,

Madaniyat va turizm vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Tasdiqlangan smeta xarajatlari asosidagi mablagʻlarni fetsivalni tashkil etish boʻyicha buyurtmachiga festival jarayonlari boshlanmasdan oldin toʻlab berish choralarini koʻrish.

2023-yil 15-avgust

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-iyundagi 240-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro etnosport festivalini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Xalqaro etnosport festivalini (keyingi oʻrinlarda — Festival) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Festival quyidagilarni nazarda tutgan holda oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq oʻyinlarini targʻib qilish va ommalashtirish, xalqaro miqyosda ushbu yoʻnalishda amaliy hamkorlik va sport aloqalarini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
etnosport turlarining tarixi, xalq oʻyinlarini mukammal oʻrganish, yosh avlodda xalq oʻyinlariga boʻlgan muhabbat tuygʻularini kamol toptirish, ularni mardlik, halollik, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ona Vatanga va ajdodlar merosiga yuksak sadoqat ruhida tarbiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
etnosport turlarini rivojlantirish, xalq oʻyinlarini yanada ommalashtirish, oʻzbek milliy sport turlari, boshqa xalqlarning turdosh sport turlari boʻyicha xalq oʻyinlarini qamrab olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mandat komissiyasi — festival doirasida tashkil etiladigan xalqaro sport tadbirlarida ishtirok etish istagini bildirgan sportchilar holatini va hujjatlarini oʻrganuvchi hakamlar hayʼati aʼzolari tarkibidan shakllantiriladigan organ. Mandat komissiyasi tarkibi hakamlar hayʼati tomonidan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport tadbirlari ishtirokchisi — festival doirasida tashkil etiladigan xalqaro sport tadbirlarida ishtirok etish istagini bildirgan mahalliy va xalqaro sportchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
festival ishtirokchisi — festival doirasida tashkil etiladigan madaniy va sport tadbirlarida ishtirok etuvchilar, shuningdek, xorijiy davlatlarning ushbu yoʻnalishlarda tashrif buyuradigan vakillari, mahalliy va chet ellik ommaviy axborot vositalari vakillari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
forum ishtirokchisi — Butunjahon etnosport konfederatsiyasiga aʼzo davlatlarning vakillari, mutaxassislari hamda faxriy mehmonlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Festival har ikki yilda bir marta oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Festival Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Festival tashkilotchisi) tomonidan tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Festival ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Festivalni oʻtkazish tartibi va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Festival doirasida quyidagi tadbirlar oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
etnosport turlari va xalq oʻyinlarini rivojlantirish hamda ularning ahamiyatini yanada oshirish yuzasidan forum;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy va Oʻzbekiston sportchilari ishtirokida xalqaro musobaqalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki bosqichli milliy osh pishirish chempionati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sayillar, mamlakatimizning dunyoga mashhur shaxslari hayoti va ijodiy faoliyati haqida zamonaviy usulda sahnalashtirilgan dastur namoyishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzbek milliy qogʻozi, milliy matolari, keramika va yogʻoch oʻymakorligi maydonchalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
naqqoshlik va kashtadoʻzlik sanʼati koʻrgazmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kulolchilik ustalari tomonidan tayyorlangan mahsulotlar koʻrgazmasi, baxshichilik sanʼati tarixiga oid koʻrgazma, oʻzbek, fors, arab, ingliz va rus tillarida nashr etilgan ilmiy-tadqiqot asarlari hamda ilmiy-maʼrifiy adabiyotlar namoyishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimizda yetishtirilgan sara qovunlardan “qovun sayli”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy xalq oʻyinlaridan koʻrgazmali oʻyinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy libos va milliy taqinchoqlar bilan koʻrgazmali chiqishlar, teatrlashtirilgan tomoshalar, askiya va qiziqchilar, folklor va dorbozlik jamoalarining tomosha dasturlari namoyishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
festival koʻrik-tanlovi gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi va gala-konsert.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Festivalga mos davrda Toshkent shahridan sport jihozlari hamda soha mutaxassislari jalb qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Festivalning ishchi tillari oʻzbek, ingliz va rus tillari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Festival doirasida oʻtkaziladigan sport tadbirlari Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan hakamlar hayʼati aʼzolari tomonidan baholanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, festival doirasida oʻtkaziladigan madaniy va sport tadbirlariga har bir mamlakatdan ishtirokchilar taklif etilishi, ularning yashash, ovqatlanish, Oʻzbekistonga kelib-ketishi, ichki transport va yoʻl xarajatlari ushbu Nizomning 15-bandida belgilangan manbalar hisobidan moliyalashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Festivalda ishtirok etish istagini bildirgan sportchilar va jamoalar quyidagi hujjatlarni festivalning veb-sayti orqali taqdim etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirok etish uchun maʼlumotnoma (rezyume);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirokchining pasport nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport turi va vazn toifasi (yoʻnalishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodning 3x4 va 10x15 hajmdagi rangli fotosurati (4 tadan).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Festival doirasidagi sport tadbirlari oʻtkazilishidan bir kun oldin ishtirokchilar mandat komissiyasiga hujjatlarning asl nusxalarini taqdim etib, koʻrikdan oʻtadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mahalliy va xorijlik ishtirokchilar festival doirasida oʻtkaziladigan sport va madaniy tadbirlarda ishtirok etish uchun festival boshlanishidan bir oy oldin mazkur Nizomning 11-bandida keltirilgan hujjatlarni Yoshlar siyosati va sport vazirligiga taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Festival doirasida tashkil etiladigan sport tadbirlari xalqaro tashkilotlar tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarda belgilangan tartiblar asosida sport turining xususiyatidan kelib chiqib oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Festivalga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizi — Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi doirasida nazarda tutilgan mablagʻlar hamda Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari va 50 foizi — Xorazm viloyati mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Etnosport assotsiatsiyasi festivalni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha buyurtmachi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Hakamlar hayʼati faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Festival doirasida oʻtkaziladigan xalqaro musobaqalarni baholash uchun har bir sport turi boʻyicha hakamlar hayʼati faoliyati tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hakamlar hayʼati tarkibiga malakali mutaxassislar, taniqli sportchilar va sport ustalari, shuningdek, ishtirokchi davlatlardan tegishli sohalarning faxriylari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Mukofotlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Festival doirasida oʻtkaziladigan xalqaro musobaqalarda gʻolib va sovrindor boʻlgan ishtirokchilar Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan medal va diplomlar bilan taqdirlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Festival tashkilotchisi, ijodiy uyushmalar, jamgʻarmalar, boshqa tashkilotlarning mustaqil ravishda hakamlar hayʼati aʼzolari va muxlislar eʼtirofiga sazovor boʻlgan sport tadbirlari ishtirokchilari hamda festival ishtirokchilari “Eng yosh ishtirokchi”, “Muxlislar eʼtirofiga sazovor boʻlgan eng yaxshi sportchi”, “Faxriy sportchi” kabi nominatsiyalar va boshqa nominatsiyalar boʻyicha maxsus diplom hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Har bir sport tadbiri ishtirokchilari hamda festival ishtirokchilariga Xalqaro etnosport festivali ishtirokchisi sertifikati taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Festival tashkilotchisining huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Festival tashkilotchisi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
festival boʻyicha audio, video, bosma va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish va tarqatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
festivalda ishtirok etish istagini bildirgan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan Yoshlar siyosati va sport vazirligiga yuboriladigan materiallardan qonunchilikka muvofiq reklama maqsadida foydalanish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
festivalga yetakchi prodyuser, menejerlar va soha mutaxassislarini jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Festival doirasida oʻtkaziladigan sport va madaniy tadbirlarga hujjatlarni taqdim etish muddatlarini belgilash, festivalning xarajatlar smetasini shakllantirish hamda Xalqaro sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) tomonidan tashkil etiladigan sport tadbirlari nizomlarining oʻz vaqtida tasdiqlanishini taʼminlash festival tashkilotchisining majburiyatlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ushbu Nizomni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro etnosport festivalini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xiva shahrida oʻtkaziladigan Xalqaro etnosport festivalini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, tegishli sport federatsiyalari (assotsiatsiyalar)

Festival doirasida oʻtkaziladigan sport musobaqalarining nizom loyihalarini ishlab chiqadi.

Xalqaro tashkilotlar bilan sport musobaqalarining nizom loyihalarini kelishadi va tasdiqlaydi.

Tasdiqlangan nizomlarni festival veb-saytida eʼlon qiladi.

har yili iyul oyida

2-bosqich

Tashkiliy qoʻmita

Xalqaro etnosport festivalini oʻtkazish muddatini eʼlon qiladi.

har yili iyul-avgust oylarida

 

3-bosqich

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, tegishli sport federatsiyalari (assotsiatsiyalar)

Xalqaro etnosport festivalida ishtirok etish istagini bildirgan Butunjahon Etnosport konfederatsiyasiga aʼzo davlatlar va taklif etilgan davlat vakillaridan buyurtmalarni qabul qiladi.

har yili iyul-avgust oylarida

4-bosqich

Mahalliy va xorijlik ishtirokchilar

Festival doirasida oʻtkaziladigan sport va madaniy tadbirlarda ishtirok etish uchun festival veb-sayti orqali roʻyxatdan oʻtib, tegishli hujjatlarini Yoshlar siyosati va sport vazirligiga taqdim etadi.

festival boshlanishidan bir oy oldin

5-bosqich

Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Sport turlari boʻyicha hakamlar hayʼati tarkibini shakllantiradi va tasdiqlaydi.

har yili avgust oyida

6-bosqich

Hakamlar hayʼati

Sport turlari boʻyicha ishtirokchilarni mandat komissiyasi koʻrigidan oʻtkazadi.

musobaqa oʻtkazilishidan bir kun oldin

7-bosqich

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Etnosport assotsiatsiyasi

Xalqaro etnosport festivalining yuqori saviyada oʻtkazilishini taʼminlaydi.

har yili sentabr oyida

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 09/23/240/0356-son; 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)