O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining
Buyrug‘i
QMQ 2.01.05-2019 “Tabiiy va sun’iy yoritish” qurilish me’yorlari va qoidalarining 4.27-bandiga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 7-iyunda hisobga olindi, hisob raqami 169]
O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga asosan buyuraman:
1. QMQ 2.01.05-2019 “Tabiiy va sun’iy yoritish” qurilish me’yorlari va qoidalarining 4.27-bandida:
birinchi xatboshi “Uch qavatdan yuqori bo‘lgan turar joy binolari” degan so‘zlardan keyin “hamda barcha turdagi jamoat binolarining (madaniy, savdo-ko‘ngilochar va sport inshootlarining faqat ma’muriy xo‘jalik zonalari)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “tavsiya etiladi” degan so‘zlar “kerak” degan so‘z bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir B. ZAKIROV
Toshkent sh.,
2023-yil 8-may,
99-son
Kelishildi:
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi B. YuSUPALIYEV
2023-yil 18-aprel
Yoshlar siyosati va sport vaziri A. IKRAMOV
2023-yil 20-aprel
Madaniyat va turizm vaziri O. NAZARBEKOV
2023-yil 19-aprel
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDAShEV
2023-yil 25-aprel
Energetika vaziri J. MIRZAMAHMUDOV
2023-yil 27-aprel