12.01.1998 yildagi 16-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 07.07.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining qimmatli qogʻozlar komissiyalari xalqaro tashkiloti (IOSCO)ga kirishi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlatlarning qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish va nazorat qilish boʻyicha vakolatli organlari bilan faoliyatni muvofiqlashtirish, milliy va xalqaro qimmatli qogʻozlar bozorlarida qimmatli qogʻozlar boʻyicha qonun hujjatlari buzilishining oldini olishda ular bilan oʻzaro hamkorlik qilish, qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishning yagona standartlari va qoidalarini ishlab chiqish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining uning Qimmatli qogʻozlar komissiyalari xalqaro tashkiloti (International Organization of Securities Commissions (IOSCO)ga aʼzo boʻlib kirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Qimmatli qogʻozlar komissiyalari xalqaro tashkilotida Oʻzbekiston Respublikasidan vakolatli vakil etib belgilansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-iyuldagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 27-son, 329-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bir oy muddatda zarur hujjatlarni tayyorlasin va Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining Qimmatli qogʻozlar komissiyalari xalqaro tashkilotiga kirishi tartibotini belgilangan tartibda bajarsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi xususiylashtirishdan tushadigan milliy valyutadagi mablagʻlarning Qimmatli qogʻozlar komissiyalari xalqaro tashkiloti tomonidan belgilanadigan aʼzolik badallarini hamda Komissiya tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarda Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining boʻlishi va qatnashishi bilan bogʻliq boshqa xarajatlarni toʻlash uchun ajratilishini taʼminlasin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-iyuldagi 176-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 27-son, 329-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A. Chjen zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 12-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-son