Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining
buyrugʻi
Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 5-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2219-13]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son “Respublika ijro yetuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2011-yil 22-fevraldagi 1-yu-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2219, 2011-yil 18-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 16-son, 167-modda) bilan tasdiqlangan Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. ShERMATOV
Toshkent sh.,
2023-yil 15-may,
243-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirining 2023-yil 15-maydagi 243-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 6, 42, 49 va 53-bandlarning ikkinchi xatboshilaridagi va 43-banddagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” degan soʻzlar “Raqamli texnologiyalar vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 74-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Davlat bojxona qoʻmitasi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 101-banddagi “Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 3-ilovaning 3-bandida:
uchinchi xatboshidagi “Madaniyat vazirligi” degan soʻzlar “Madaniyat va turizm vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon yetilsin:
“yigʻish va ov qilish cheklangan yoki vaqtinchalik taqiqlangan oʻsimliklar va hayvonlar — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi tomonidan tegishli taqiqlar va cheklovlar amal qilishi davrida.”;
b) “g” kichik bandning ikkinchi xatboshisidagi “Madaniyat vazirligi Badiiy ekspertiza boshqarmasining” degan soʻzlar “Madaniy meros agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2023-y., 10/23/2219-13/0334-son)