oʻzbekiston respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi
oʻzbekiston respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining
oʻzbekiston respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining
Qarori
Pochta toʻlovining davlat belgilari davlat kolleksiyasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 5-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2077-4]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Madaniyat va turizm vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining 2010-yil 13-yanvardagi 10-8/125 va 1-QQ-son qarori (roʻyxat raqami 2077, 2010-yil 4-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 5-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan Pochta toʻlovining davlat belgilari davlat kolleksiyasi toʻgʻrisidagi nizomga ilova muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. ShERMATOV
Toshkent sh.,
2023-yil 29-may,
248-mh-son
Madaniyat va turizm vaziri O. NAZARBEKOV
Toshkent sh.,
2023-yil 15-may,
2077-son
Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 248-mh-son hamda Madaniyat va turizm vazirligining 2023-yil 15-maydagi 2077-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Pochta toʻlovining davlat belgilari davlat kolleksiyasi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2 va 10-bandlardagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” degan soʻzlar “Raqamli texnologiyalar vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 3-banddagi, 11 va 14-bandlarning birinchi xatboshilaridagi hamda 16-banddagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining” degan soʻzlar “Raqamli texnologiyalar vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2023-y., 10/23/2077-4/0333-son)