01.06.2023 yildagi PF-82-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 12.02.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, davlat tomonidan fuqarolarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish koʻlami va turlarini kengaytirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, ijtimoiy dasturlarni moliyalashtirish xarajatlari YAIMga nisbatan 2 baravarga oshib, kam taʼminlangan nafaqa oluvchi oilalar qamrovi 5 barobarga koʻpaydi hamda nogironligi boʻlgan shaxslar va nogironligi boʻlgan bolalarning parvarishi bilan band boʻlganlar uchun yangi nafaqa turlari joriy etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyada mehnatga layoqatsiz va yolgʻiz keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boshqa toifalarining huquqlari davlat himoyasida boʻlishining belgilanganligi mazkur sohani yagona yondashuv asosida isloh qilish zarurligini taqozo etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, davlatning nogironligi boʻlgan shaxslarning ishga joylashishi va taʼlim olishiga koʻmaklashishi boʻyicha konstitutsiyaviy majburiyatlari bajarilishini taʼminlash maqsadida mazkur yoʻnalishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni samarali muvofiqlashtirish tizimi joriy etilishi talab etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada eʼlon qilingan “ijtimoiy davlat” tamoyillarini inobatga olgan holda, fuqarolarning ijtimoiy himoyaga oid huquqlarini va manfaatlarini soʻzsiz taʼminlash, aholiga ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish sifatini tubdan oshirish hamda mazkur sohaga ilgʻor xalqaro standartlarga asoslangan mutlaqo yangi boshqaruv tizimini joriy etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar davlat tomonidan aholini manzilli himoya qilishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompleks yondashuv asosida professional ijtimoiy himoya tizimini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoya tizimi samaradorligi va manzilliligini oshirish orqali aholining koʻmakka muhtoj qatlami ijtimoiylashuvini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyani mahalla darajasigacha tashkil etish, ogʻir hayotiy ahvolga tushib qolgan aholiga individual yondashuvga muvofiq ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining ijtimoiy sugʻurta mexanizmlari bilan qamrab olinishini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf guruhlariga tushib qolgan oilalarni aniqlash va kompleks ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish orqali ularning ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolishining oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarning hayot kechirishi uchun qulay muhit yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik), shuningdek, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar)larda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan vazirlik va idoralarning muvofiqlashtiriladigan va monitoring qilinadigan faoliyat yoʻnalishlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Agentlik tuzilmasiga oʻtkazilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2023-yil 15-iyundan boshlab Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi hamda uning hududiy markazlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi hamda uning hududiy boʻlimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha respublika reabilitatsiya markazi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun “Muruvvat” va “Saxovat” internat-uylari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2024-yil 1-yanvardan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidan bolalar uylari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidan mehribonlik uylari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimidan voyaga yetmaganlar bilan ishlash sektorlari hamda oilaviy bolalar uylari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2024-yil 1-avgustdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidan alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar, koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidan imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 2025-yil 1-yanvardan boshlab Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimidan Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi;
(4-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 2028-yil 1-yanvardan boshlab Ichki ishlar vazirligi tizimidan muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoniga asosan “d” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasining Paralimpiyachilarning matonat maktabini 2023-yil 15-iyundan Agentlik tuzilmasiga oʻtkazish hamda Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash institutining faoliyatini hamkorlikda muvofiqlashtirish boʻyicha taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, mazkur bandda koʻrsatilgan tashkilotlar va tarkibiy tuzilmalar amaldagi moliyalashtirish manbalari, shtat birliklari, huquq va majburiyatlari, mol-mulki hamda boshqa tovar-moddiy boyliklari bilan birgalikda toʻlaligicha Agentlik tuzilmasiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ijtimoiy xizmatlarni mahalla darajasida tashkil etish maqsadida 2023-yil 1-iyuldan boshlab Agentlikning tuman (shahar)lardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarida ijtimoiy xodimlar guruhlari tashkil etilsin va quyidagilar ularning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir xonadon ahvolini oʻrganib, oilalardagi haqiqiy holatni hamda ularning ijtimoiy xizmatlar va yordamga boʻlgan ehtiyojini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilalarning iqtisodiy-ijtimoiy holati va ehtiyojlarini oʻrganish natijasida ularning ijtimoiy pasportlarini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ehtiyojmand aholi bilan, shu jumladan keys-menejment usulini qoʻllagan holda samarali ish tashkil qilish, ulardan ijtimoiy xizmatlar va yordam olish boʻyicha buyurtmalar qabul qilish, zaruratga qarab buyurtmalarni masʼul vazirlik va idoralarga yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ogʻir ahvolga tushib qolgan va ogʻir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori boʻlgan oilalarni muntazam ravishda monitoring qilib borish, ular uchun ijtimoiy xizmat va yordamlarni tashkil etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik aholini ijtimoiy himoya qilish va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha vakolatli davlat organi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik oʻz faoliyatini boshqa davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agentlik huzurida quyidagilar tashkil etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy inspeksiya hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi va uning boʻlinmalari negizida Agentlik markaziy apparati tarkibida Nogironligi boʻlgan shaxslarning funksionalligini baholash boshqarmasi hamda uning hududiy boʻlimlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻz vazifalarini amalga oshirishda Agentlikka quyidagi huquqlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli davlat organlariga aholini ijtimoiy himoya qilish boʻyicha dasturlar talablarini bajarmaganligi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan chora-tadbirlarni qoʻllash boʻyicha taqdimnomalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida umummajburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolati doirasida maʼmuriy javobgarlikni keltirib chiqaradigan holatlar yuzasidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisida bayonnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun davlat organlari va tashkilotlarining maʼlumotlar bazasidan real vaqt rejimida foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlaridan zarur statistik, tahliliy hamda boshqa maʼlumotlarni soʻrash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami vakillari uchun davlat oliy taʼlim muassasalariga davlat granti asosida imtiyozli tarzda oʻqishga qabul qilish parametrlarini belgilash;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida maslahat-kengash organlari va ekspert komissiyalarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida maxsus kasbiy bilimlarni talab etadigan masalalarni koʻrib chiqish uchun davlat organlari va tashkilotlarining mutaxassislarini jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoya tizimini rivojlantirish boʻyicha xalqaro hamkorlar, xalqaro tashkilotlar va ekspertlar bilan hamkorlik yuzasidan va boshqa shartnomalarni tuzish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tuzilmasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy himoya masalalari boʻyicha maslahatchisi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori lavozimi kiritilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy himoya masalalari boʻyicha shoʻba tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Agentlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2023-yil 15-iyulga qadar YUNISEFning ekspertlarini jalb qilgan holda va ularning dasturlariga muvofiq ijtimoiy xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yoʻlga qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, xorijiy va mahalliy malakali ekspertlarni jalb qilgan holda aholiga mahalla darajasida professional ijtimoiy xizmat koʻrsatish mutaxassislarini tayyorlashga eʼtibor qaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2023-yil 1-avgustga qadar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat va magistraturasida ijtimoiy xodimlarni oʻqitish dasturlarini qayta koʻrib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2023-yil 15-avgustga qadar aholini ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatish dasturlari boʻyicha, shu jumladan ularning mobil aloqa vositalariga maʼlumot yuborish orqali xabardor qilish amaliyotini joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 2023-yil 1-sentabrga qadar nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qulay muhitni tashkil qilish boʻyicha taklif kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) quyidagilarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 1-iyulga qadar aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish vazifalari Agentlikka oʻtkazilishi munosabati bilan boshqa vazirlik va idoralar, shu jumladan mahalla darajasida faoliyat yuritayotgan tuzilmalarning takrorlovchi funksiyalarini bekor qilishga oid normativ-huquqiy hujjat loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 1-avgustga qadar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda aholining ijtimoiy muammolarini mahalla darajasida hal etishga qaratilgan professional xizmat koʻrsatish tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 1-sentabrga qadar manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Agentlik tuzilmasiga oʻtkazilgan ijtimoiy muassasalar va tashkilotlarning faoliyatini takomillashtirish hamda rivojlantirish boʻyicha takliflarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-yanvarga qadar mehnatga layoqatli aholini ijtimoiy sugʻurta mexanizmlari bilan qamrab olish darajasini oshirishga oid takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) 2024-yil 1-iyulga qadar:
(10-band “e” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish standartlarini hamda ularning ijrosini monitoring qilish mezonlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarni uyda parvarishlash bilan band boʻlgan oila aʼzolariga koʻmaklashish boʻyicha ijtimoiy himoya mexanizmlarini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda ijtimoiy sheriklik loyihalari amalga oshirilishini yoʻlga qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) ijtimoiy himoya sohasidagi muammo va takliflarni muhokama qilish, yangi loyihalarni ishlab chiqish boʻyicha jamoatchilik vakillaridan iborat kengash tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Agentlik Raqamli texnologiyalar vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan birgalikda 2023-yil 1-oktabrga qadar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimini ishga tushirsin uning zarur idoraviy axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari bilan integratsiyasini va doimiy takomillashtirib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2023-yil 1-oktabrdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi Agentlik tasarrufiga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga koʻrsatiladigan barcha turdagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar, shu jumladan kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordamlar boʻyicha arizalar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali qabul qilinadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimini joriy etish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik soʻroviga asosan “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan vazirlik va idoralarning elektron maʼlumotlar bazalari integratsiyasi taʼminlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish, fuqarolardan murojaatlarni qabul qilish, koʻrib chiqish uchun elektron tarzda mutasaddi vazirlik va idoralarga yuborish hamda jarayonni monitoring qilish asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur bandda nazarda tutilgan elektron axborot bazalari maʼlumotlari asosida har bir fuqaroning iqtisodiy-ijtimoiy holati, ehtiyojlari va mavjud imkoniyatlarini aks ettiradigan ijtimoiy pasportlar joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-yanvardan boshlab “Mehr daftari”, “Saxovat va koʻmak”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” orqali koʻrsatiladigan ijtimoiy yordam va koʻmaklar qamrab olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi faoliyatini tashkil etish hamda ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish tizimini rivojlantirish boʻyicha 2023 — 2025-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlari dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Har haftaning juma kuni “Mehr va saxovat kuni” sifatida belgilanib, barcha davlat organlari va tashkilotlari ehtiyojmand aholi, nogironligi boʻlgan shaxslar hamda yolgʻiz keksalar holidan xabar olish, ularga gʻamxoʻrlik qilish hamda xayriya tadbirlarini oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Agentlik huzurida 2023-yil 1-oktabrdan boshlab Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi tashkil etilsin hamda jamgʻarma mablagʻlarining xarajatlari yoʻnalishlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Agentlik 2023-yil 1-sentabrga qadar Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlarini oluvchilar hamda moliyalashtirish manbai kesimida maʼlumotlar shakllanishi va xarajat qilinishining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash mexanizmini joriy etish koʻzda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga 5-ilovaga * muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 5-ilova berilmaydi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 1-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-82-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PF-82-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligining asosiy faoliyat yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat siyosati va chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻnalishida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar va oilalar boʻyicha ijtimoiy yordam dasturlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kafolatlangan ijtimoiy xizmatlar standartlarini ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining turli guruhlari bilan ishlaydigan professional “ijtimoiy ish” xizmatini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat sektor va mahalliy hamjamiyatlarni turli xil xizmatlar koʻrsatish va aholining zaif qatlamlarini qoʻllab-quvvatlashga yanada faol jalb qilish uchun ragʻbatlantirish choralarini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohani raqamlashtirish orqali ijtimoiy himoya tizimi shaffofligini taʼminlash va jarayonlarni aholi uchun qulay tarzda tashkil qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Nogironligi boʻlgan shaxslar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yoʻnalishida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlikni baholash va aniqlashning tibbiy modelidan ijtimoiy modeliga bosqichma-bosqich oʻtishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarni yuqori sifatli protez-ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiyaning texnik vositalari bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya va abilitatsiya qilish sohasini rivojlantirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatda ijtimoiy moslashuv va integratsiya uchun sharoit yaratish, nogironligi boʻlgan shaxslarni bandligini taʼminlashga koʻmaklashish, inklyuzivlikni taʼminlanishini muvofiqlashtirish hamda ularga qulay muhit shakllantirilganligini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslarga nisbatan jamiyat ongida sogʻlom fikrni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarning mustaqil hayot kechirishini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, ularga uy sharoitida ijtimoiy xizmatlarini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslar bilan ishlaydigan ixtisoslashtirilgan internat, taʼlim muassasalari va reabilitatsiya markazlari faoliyatini takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Voyaga yetmagan bolalarni himoya qilish yoʻnalishida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vasiylik va homiylik tizimini takomillashtirish, shu jumladan oilaga asoslangan bolalarni parvarish qilishning muqobil shakllarini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farzand asrab olish tizimini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
himoyaga muhtoj bolalarni davolashni tashkil qilish tizimini takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Ayollarni himoya qilish tizimini takomillashtirish yoʻnalishida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayollarni zoʻravonlik va jinsiy zoʻravonlik taʼqibidan himoya qilishda professional yordam koʻrsatishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zoʻravonlikdan aziyat chekkan ayollarni qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan boshpana (shelter) va reabilitatsiya markazlari ishini tashkil qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalar bilan ishlash yoʻnalishida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilalarga ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish, bolalarni oilalardan ajratishning oldini olish, ota-onalarning koʻnikmalarini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ogʻir hayotiy vaziyatda boʻlgan homilador ayollar, yolgʻiz ota-onalar va yosh bolali oilalarni qoʻllab-quvvatlash tizimini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ogʻir hayotiy vaziyatlarda boʻlgan oilalar farzandlari uchun ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
palliativ yordamni tashkil qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Yoshlar bilan ishlash yoʻnalishida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixosotsial xizmat koʻrsatish tizimini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari bitiruvchilarini turli tashkilotlar tomonidan taqdim qilingan ijtimoiy xizmatlar, yoʻllanma va soʻrovlari asosida psixologik salomatlik, zarur koʻnikma va taʼlim olish, kasbga, ishga va tadbirkorlik qilishga yoʻnaltirish tizimini yoʻlga qoʻyish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Yakka yolgʻiz va keksalar bilan ishlash yoʻnalishida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uyda parvarish qilish va qoʻllab-quvvatlash xizmatlarini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qariyalar uylari va boshqa muassasalar negizida professional xizmat koʻrsatish tizimini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zoʻravonlikdan himoya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Ijtimoiy taʼminot dasturlari yoʻnalishida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy sugʻurta tizimida yagona davlat siyosatini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini ijtimoiy sugʻurta tizimiga jalb qilish boʻyicha ragʻbatlantiruvchi mexanizmlarini ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi shaxslarga nafaqalarni tayinlash, qayta hisoblash, tiklash, chegirma qilish va toʻlashni tashkil etish.
(VIII boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoniga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PF-82-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan vazirlik va idoralarning muvofiqlashtiriladigan va monitoring qilinadigan faoliyat yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Vazirlik va idoralar

Faoliyat yoʻnalishlari

1.

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Mehnat bozorida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini ish bilan taʼminlash boʻyicha faol va qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining kasbiy mahoratini rivojlantirish

Aholini kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha dasturlarni amalga oshirish

Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni aniqlash va ularga manzilli yordam koʻrsatish

2.

Ichki ishlar vazirligi

Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish

Jinoyat sodir etgan va jinoiy javobgarlikning eng kichik yoshiga yetmagan bolalarga, boquvchisini yoʻqotgan, zoʻravonlikdan aziyat chekkan bolalarga, jabrlanganlar va jinoyatlar guvohlariga, jinoyat sodir etgan va jinoiy javobgarlik yoshiga yetgan bolalarga yordam berish

3.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun sogʻliqni saqlash muassasalarida tibbiy va reabilitatsiya xizmatlarini koʻrsatish

Nogironligi boʻlgan shaxslarni va aholining boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlarini erta aniqlash, davolash va reabilitatsiya qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni raqamlashtirish

Nogironlikni erta aniqlash hamda nogironlikdan chiqarish

4.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar hamda sanatoriy turdagi maktab-internatlar faoliyatini muvofiqlashtirish

Ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish

Inklyuziv taʼlimni joriy etish va rivojlantirish

Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni darsliklar, oʻquv va didaktik materiallar bilan taʼminlash

Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari oʻquvchilarini psixologik-pedagogik qoʻllab-quvvatlash

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari uchun oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish

Ijtimoiy ogʻir holatdagi oilalar farzandlarini maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim bilan qamrab olishni tashkil qilish

5.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun moʻljallangan ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablari uchun oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish

Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan shaxslarni darsliklar, oʻquv va didaktik materiallar bilan taʼminlash

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalarida oʻqitishni tashkil qilish

Inklyuziv taʼlimni joriy etish va rivojlantirish

6.

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun qulay shart-sharoit yaratish talablarini hisobga olgan holda jamoat obyektlari, jamoat joylari va turarjoy binolarini loyihalash va qurish

7.

Transport vazirligi

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun shart-sharoitlarni taʼminlash, shu jumladan jamoat transportida qulay muhit yaratish

8.

Mahalliy hokimliklar

Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni, shuningdek, aholining boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlarini uy-joy bilan taʼminlash

9.

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Davlat idora va tashkilotlar tomonidan oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qulay formatdagi maʼlumotlarni taqdim etib borilishini taʼminlash

10.

Madaniyat va turizm vazirligi

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari (nogironligi boʻlgan shaxslar, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar va boshqalar) uchun madaniyat muassasalari va turizm obyektlaridan foydalanish imkoniyatini taʼminlash

11.

Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini “Yoshlar daftari” orqali hal etish tizimini takomillashtirish, “Yoshlar daftari” orqali ijtimoiy-iqtisodiy xizmatlar koʻrsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, shu jumladan yoshlarga subsidiyalar, kompensatsiyalar va moddiy yordam koʻrsatish

Nogironligi boʻlgan yoshlarni kasb-hunarga oʻqitish orqali ularning bandligini taʼminlash

Nogironligi boʻlgan yoshlarga taʼlim, turarjoy va transport xarajatlarini qoplab berish, shuningdek, asbob-uskunalar sotib olish uchun subsidiyalar ajratish tizimini takomillashtirish

“Yoshlar daftari” axborot tizimini raqamlashtirish darajasini oshirish

Qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan yoshlarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, ularda sportga qiziqishni oshirish va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish

Paralimpiya harakatini rivojlantirish, sportchilarning nufuzli xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishini taʼminlash

12.

Adliya vazirligi

Ayollar va bolalar, nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish va ularni himoya qilish

Voyaga yetmaganlarga nisbatan odil sudlovni taʼminlash, ularni reabilitatsiya qilish uchun yoʻnaltirish

Nodavlat va notijorat tashkilotlar bilan hamkorlikni tashkil qilish

13.

Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya

Voyaga yetmaganlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini muhofaza va himoya qilish, voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya qilish

14.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Favqulodda vaziyatlar vazirligining psixologik yordam boʻlimining faoliyatini muvofiqlashtirish

Favqulodda vaziyatlar va ofatlarning ijtimoiy oqibatlarini bartaraf etish

15.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Ijtimoiy sugʻurta mexanizmlarini joriy etish va takomillashtirish

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PF-82-son Farmoniga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi faoliyatini tashkil etish hamda ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish tizimini rivojlantirish boʻyicha 2023 — 2025-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlari dasturi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) faoliyatini tashkil qilish va rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar.

1. Ijtimoiy himoya milliy agentligini yuklatilgan vazifalarni professional darajada amalga oshira oladigan yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirishni taʼminlash;

2023-yil iyun-iyul

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasini Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimidan Agentlik tizimiga oʻtkazish hamda nogironlarning funksional imkoniyatlarini baholash xizmati sifatida uning faoliyatini isloh qilish;

3. Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi va uning hududiy markazlari, “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari, keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar, pansionatlar, ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlari, Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha respublika reabilitatsiya markazini Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimiga oʻtkazish;

2023-yil iyun

4. Ijtimoiy himoya milliy agentligi tarkibiga oʻtkazilgan muassasalar faoliyatini tahlil qilish va rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlash;

2023-yil iyun — avgust

5. Ijtimoiy inspeksiya faoliyatini yoʻlga qoʻyish;

2023-yil avgust-sentabr

6. Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi faoliyatini tashkil qilish va Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish;

2023-yil iyun

7. Aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish vazifalari Agentlikka oʻtishi munosabati bilan boshqa vazirlik va idoralar, shu jumladan mahalla darajasida faoliyat yuritayotgan tuzilmalarning takrorlovchi funksiyalarini bekor qilishga oid normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish;

2023-yil iyul

8. Tuman va shaharlarda “Inson” ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish markazlari faoliyatini tashkil etish;

9. Mahalla darajasida ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatishni tashkil qilish;

10. Rivojlantirish boʻyicha xalqaro hamkorlar, xalqaro tashkilotlar va ekspertlarni jalb chiqish hamda ular bilan shartnomalar tuzish;

2024-yilda

11. Oʻzbekistonda ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha xalqaro hamkorlar va tashkilotlar bilan birgalikda xalqaro konferensiya oʻtkazish.

2.

Aholiga ijtimoiy xizmat koʻrsatish tizimini tashkil etishning normativ-huquqiy bazasini shakllantirish

1. Oliy taʼlim muassasalarida “Ijtimoiy ish” mutaxassisligi boʻyicha oʻqishga qabul qilish kvotalarini va oʻquv dasturlarini Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan kelishilgan holda qayta koʻrib chiqish;

2023-yil iyun-iyul

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

2. Ijtimoiy himoya milliy agentligi xodimlari uchun maxsus oʻquv kurslar va treninglarni tashkil etish;

2023-yil iyul

3. “Ijtimoiy ish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish va manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishishgan holda Oliy majlis qonunchilik palatasiga kiritish;

2023-yil noyabr

4. Davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish standartlarini hamda ularning ijrosini monitoring qilish mezonlarini ishlab chiqish;

2023-yil dekabr

5. Nogironligi boʻlgan shaxslarni uyda parvarishlash bilan band boʻlgan oila aʼzolariga koʻmaklashish boʻyicha ijtimoiy himoya mexanizmlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;

6. Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda ijtimoiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishni yoʻlga qoʻyish;

7. Ijtimoiy ishchining kasbiy standartlarini qayta koʻrib chiqish;

2023-yil avgust

8. Ijtimoiy himoya xodimlarining malakasini oshirish markazi faoliyatini tashkil qilish.

3.

Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim berish, ularni reabilitatsiya, abilitatsiya qilish va hayotga moslashtirish tizimini takomillashtirish.

1. Ixtisoslashtirilgan taʼlim tashkilotlariga alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni qabul qilish boʻyicha yagona psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalari faoliyatini tashkil qilish;

2023-yil oktabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha yagona psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyani tashkil etish, qabul mezonlari va tartibini qayta koʻrib chiqish;

3. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar, sanatoriy tipidagi maktablar hamda imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablarini inventarizatsiya qilish, ularning faoliyatini qayta koʻrib chiqish, optimallashtirish va takomillashtirish.

2023-yil dekabr — 2024-yil iyun

4.

Ijtimoiy sohani toʻliq raqamlashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. “Yagona milliy ijtimoiy himoya tizimi”ning texnik topshirigʻini ishlab chiqish;

2. “Yagona milliy ijtimoiy himoya tizimi”ni ishlab chiquvchi kompaniyani aniqlash va ushbu tashkilot bilan shartnoma tuzish va amaliyotga joriy etish;

3. “Yagona milliy ijtimoiy himoya tizimi”ni barcha davlat organlarining maʼlumotlar bazalari va axborot tizimlari bilan integratsiyasini taʼminlash;

4. Ijtimoiy sohani toʻliq raqamlashtirish orqali har bir fuqaroning iqtisodiy-ijtimoiy holati, ehtiyojlari va mavjud imkoniyatlarini aks ettiradigan ijtimoiy pasportlarini joriy etish.

2023-2024-yillar

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

5.

Bolalarni ijtimoiy himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash

1. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan “Mehribonlik” uylarini, Sogʻliqni saqlash vazirligidan goʻdaklar uylarini Ijtimoiy himoya milliy agentligi tarkibiga oʻtkazish;

2024-yil yanvar

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2. Vasiylik va homiylik tizimi muassasalari faoliyatini tashkil qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

2024-yil mart

3. Vasiylikning muqobil shakllarini joriy qilish va rivojlantirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;

4. Farzand asrab olish tizimini takomillashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;

2024-yil iyul — dekabr

5. Respublika bolalar oʻquv-tarbiya muassasalari, viloyat voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari faoliyatini qayta koʻrib chiqish va takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

6.

Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimiga zamonaviy xizmatlarni joriy etish

1. “Ijtimoiy taksi” xizmati faoliyatini tashkil etish;

2026-yil avgust

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

2. 107 qisqa raqamli tunu-kun faoliyat koʻrsatuvchi aholini ijtimoiy himoya qilish boʻyicha ishonch telefonini ishga tushirish;

2025-yil mart

3. “Ijtimoiy karta”larni joriy qilish.

7.

Aholiga ijtimoiy sohada xizmat koʻrsatishni yanada kengaytirish.

1. Boshpanalar, palliativ yordam muassasalarini tashkil qilish.

2026-yil yanvar — mart

2025-yil yanvar — mart

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarni, nogironlar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablarini Agentlik tarkibiga oʻtkazish va ularning faoliyatini takomillashtirish.

3. Ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi subyektlarga talablarni belgilash va ular orasida tanlovni tashkil etish.

4. Ijtimoiy xizmat koʻrsatiladigan aholi qatlamini qayta koʻrib chiqish hamda ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi subyektlarni litsenziyalash tartibini ishlab chiqish.

5. Ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi subyektlar faoliyatini monitoring qilishni yoʻlga qoʻyish.

2025-yil mart — iyul

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 06/25/17/0127-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PF-82-son Farmoniga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlarining xarajatlari yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2023-yil 1-oktabrdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Muruvvat” va “Saxovat” internat-uylarida, keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar hamda pansionatlarda ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalari ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnologik yangilash dasturlari va loyihalarini moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarning imtiyozli hamda bepul statsionar davolanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarni oʻquv, didaktik va boshqa muqobil materiallar bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarni madaniy tadbirlar va sportga jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarning transport, oziq-ovqat mahsulotlari hamda dori-darmon vositalarini sotib olish xarajatlarini qisman qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlarni ish bilan taʼminlovchi korxonalarni subsidiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan ish joylarini tashkil etish xarajatlarini qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslar uchun teng imkoniyatlar va qulay muhit yaratishga qaratilgan dastur va chora-tadbirlarni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik va uning tarkibiy boʻlinmalari va xizmatlarining moddiy-texnika bazasini takomillashtirish, shu jumladan asbob-uskunalar, inventar, avtotransport vositalari, diagnostika vositalari, ixtisoslashtirilgan tibbiy-reabilitatsiya uskunalari hamda oʻquv materiallari va boshqalarni xarid qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish, shartnoma asosida jalb qilinadigan yuqori malakali, shu jumladan xorijiy mutaxassislarning xarajatlarini (mehnatga haq toʻlash, yashash, transport xarajatlari va boshqalar) moliyalashtirish, xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazish, konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlar, shu jumladan chet elda oʻtkaziladigan tadbirlarni tashkil qilish va ishtirok etish bilan bogʻliq boshqa tadbirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107 qisqa raqamli tunu kun faoliyat koʻrsatadigan xizmatni tashkil etish va takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ijtimoiy karta”larni joriy etish boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro maslahatchilar, konsalting va tadqiqot kompaniyalarini yollashni moliyalashtirish, ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va joriy etish chora-tadbirlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslar va harakatlanish imkoniyati cheklangan shaxslar uchun, shuningdek, aholining boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga “Ijtimoiy taksi” xizmatini tashkil etish va takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoya sohasini avtomatlashtirish va raqamlashtirish tadbirlarini moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlarning funksional imkoniyatlarini baholash xizmatini tashkil etish, shu jumladan, ularning moddiy-texnika bazasini yaxshilash boʻyicha loyiha va dasturlarni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordamlar toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir martalik yordam pullari toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2024-yil 1-yanvardan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yoʻqotganlik nafaqalarini toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan bolalarni parvarishlayotgan onalar uchun nafaqalarni toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bola tugʻilishi uchun beriladigan nafaqalar (suyunchi puli)ni toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dafn marosimi xarajatlarini qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetim va chin yetim bolalarni uy-joy bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehribonlik uylari va bolalar uylari faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmagan bolalarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish xizmatlarini moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mehr daftari”ga kiritilgan yetim va ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalarga yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetim va chin yetimlarni oziq-ovqat, kiyim-kechak va sanitariya-gigiyena vositalari bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning iqtidorli bolalarini qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq tadbirlar xarajatlarini qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetim va chin yetim bolalarning sogʻligini saqlash, salomatligini tiklash, ularni hayotga tayyorlash, taʼlim berish, kasb-hunarga yoʻnaltirish va ishga joylashtirish tadbirlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat sodir etgan va jinoiy javobgarlikning eng kichik yoshiga yetmagan bolalarga psixologik yordam koʻrsatish, ularni kasbga oʻqitish va tarbiyalash tadbirlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarovsiz va boshpanasiz qolgan bolalar, zoʻravonlik qurboni boʻlgan bolalar, jinoyat qurbonlari va guvohlari, jinoyat sodir etgan va jinoiy javobgarlik yoshiga yetgan hamda fuqarolik protsessida ishtirok etayotgan bolalarning ijtimoiy va huquqiy himoyasini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari va respublika taʼlim muassasalarining loyiha va dasturlarini moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilalarda (homiylikka olingan) tarbiyalanayotgan har bir yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ijtimoiy himoyasini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2024-yil 1-iyuldan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 18 yoshga toʻlmagan farzandlariga alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarda ovqatlantirish xarajatlarini qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlariga davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari xizmatlari uchun haq toʻlash xarajatlarini qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlarini kiyim-kechak, oʻquv qurollari, darsliklar, ish yuritish materiallari bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ehtiyojmand aholi qatlamiga tibbiy, psixologik va boshqa xizmatlar koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joyga muhtoj, ota-onasidan yoki ulardan biridan mahrum boʻlgan voyaga yetgan qizlar, shuningdek yolgʻiz ona, yolgʻiz ota yoki oʻzgalar qaramogʻida boʻlgan chin yetimlarni uy-joy bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga moddiy yordamlar toʻlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga yuridik yordam va davlat bojini toʻlash xarajatlarini qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OIV infeksiyasi va boshqa hayot uchun xavfli va surunkali noyob (orfan) kasalliklar bilan kasallangan 18 yoshgacha boʻlgan bolalarga moddiy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga bir martalik moddiy yordam puli toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ogʻir ijtimoiy ahvoldagi oilalarga bir martalik moddiy yordam va subsidiyalar berish, ularning kuz-qish mavsumida kommunal toʻlovlari va isitish yoqilgʻisini xarid qilish xarajatlarini qisman qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning oʻqish va davolanish bilan bogʻliq xarajatlarini qisman qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning jamoat transportidan foydalanish xarajatlarini qoplash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 2025-yil 1-yanvardan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan homiladorlik va tugʻish nafaqalarini toʻlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(“g” kichik bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 06/25/17/0127-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan shaxslarning hayot tarzini yaxshilash va ularga xizmat koʻrsatish maqsadida koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari, “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari, alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar, imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablari loyihalari va qoʻllab-quvvatlash dasturlarini moliyalashtirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 2026-yil 1-yanvardan boshlab palliativ yordam koʻrsatish markazlari va shelterlar faoliyatini tashkil etish boʻyicha loyihalar va dasturlarni moliyalashtirish, shuningdek, doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish, ijtimoiy oshxonalar tashkil etish.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli Farmoniga asosan “d” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 06/25/17/0127-son)
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2023-y., 06/23/82/0327-son; 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son; 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son; 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son; 12.02.2025-y., 06/25/17/0127-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son; 05.11.2025-y., 06/25/206/1017-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son; 28.04.2026-y., 06/26/69/0420-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)