Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining
Qarori
Qurilish sohasi malakali mutaxassislarini tayyorlash markazlariga fuqarolarni qabul qilish va oʻqitish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 2-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3371-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Transport vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022-yil 4-iyundagi 19-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022-yil 2-iyundagi 5-Q/Q-son, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 2-iyundagi 11-2022-son, Qurilish vazirligining 2022-yil 2-iyundagi 2-son, Transport vazirligining 2022-yil 3-iyundagi 06-son qarori (roʻyxat raqami 3371, 2022-yil 13-iyun) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2022-y. 10/22/3371/0519-son) bilan tasdiqlangan Qurilish sohasi malakali mutaxassislarini tayyorlash markazlariga fuqarolarni qabul qilish va oʻqitish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri B. KURBANOV
Toshkent sh.,
2023-yil 13-may,
8-son
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri I. ABDURAHMONOV
Toshkent sh.,
2023-yil 3-may,
2-q/q-son
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri B. ZAKIROV
Toshkent sh.,
2023-yil 1-may,
2-son
Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri I. MAXKAMOV
Toshkent sh.,
2023-yil 5-may,
3-son
Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 12-may
10-2023/qq-son
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2023-yil 13-maydagi 8-son, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 12-maydagi 10-2023/qq-son,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 3-maydagi 2 q/q-son, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2023-yil 1-maydagi 2-son va
Transport vazirligining 2023-yil 5-maydagi 3-son qaroriga
ILOVA
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 3-maydagi 2 q/q-son, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2023-yil 1-maydagi 2-son va
Transport vazirligining 2023-yil 5-maydagi 3-son qaroriga
ILOVA
Qurilish sohasi malakali mutaxassislarini tayyorlash markazlariga fuqarolarni qabul qilish va oʻqitish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Talabgorlar tanlovda tuman (shahar) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi (bundan buyon matnda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi deb yuritiladi) tomonidan berilgan yoʻllanma asosida ishtirok etadi.”.
2. 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Talabgorlar tanlovga yoʻllanma olish uchun doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joyidagi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimiga ariza bilan murojaat qiladi.
Bunda, ariza Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimining masʼul xodimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining mehnat organlariga murojaat etgan jismoniy va yuridik shaxslarga koʻrsatilgan xizmatlarni hisobga olish uchun moʻljallangan “Bandlik xizmati” axborot tizimiga kiritiladi.”.
3. 5-bandning birinchi, ikkinchi va uchinchi xatboshilari, 12-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “ABKM” qisqartmasi “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 6-banddagi “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan soʻzlar “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 14-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“komissiya aʼzolari — tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda viloyat Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi vakili, shuningdek Markazning masʼul xodimlari.”.
6. 35-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda, har bir yoʻnalish boʻyicha oʻquv dasturi Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.”.
7. 40-banddagi “ABKMning” qisqartmasi “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 50-bandning ikkinchi xatboshisidagi “ABKMlarga” qisqartmasi “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 10/23/3371-1/0324-son)