31.05.2023 yildagi PQ-172-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlarini bajarishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash, biologik xilma-xillikning barqarorligini taʼminlash, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni rivojlantirish va kengaytirish, chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni kompleks boshqarish hamda sanitariya holatini yaxshilash borasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, xalqaro normalarni milliy qonunchilikka uygʻunlashtirish, atrof muhitni muhofaza qilish sohasida texnik va texnologik jarayonlar oqibatida yuzaga kelayotgan muammolarni hal etishga yangicha yondashuvlarni tatbiq etish hamda atrof muhitning xavfsiz darajasini saqlab qolish va iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish borasidagi xalqaro hamjamiyatning saʼy-harakatlarida faol ishtirok etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi yangi xalqaro shartnoma va xalqaro tashkilotlarga aʼzo boʻlmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar hamda xalqaro tashkilotlar talablaridan kelib chiqadigan majburiyatlarining samarali bajarilishini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Turgʻun organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasini (Stokgolm, 2001-yil 22-may) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan Turgʻun organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasi ratifikatsiya qilinganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi 2021-yil 20-oktabr kuni Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqiga aʼzo boʻlganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro shartnoma va xalqaro tashkilot talablariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi aʼzolik badalini toʻlab borish yuzasidan majburiyat olganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining 2023-yil uchun Turgʻun organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasi hamda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqiga Oʻzbekiston Respublikasining aʼzolik badalini budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlab berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2024-yildan boshlab Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining soʻroviga asosan aʼzolik badallarini toʻlash uchun zarur boʻlgan mablagʻlar Davlat budjetining prognoz parametrlarida nazarda tutib borilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi PF-90-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2025-y., 06/25/90/0486-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 31-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-172-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi PF-90-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2025-y., 06/25/90/0486-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 07/23/172/0319-son; 02.06.2025-y., 06/25/90/0486-son)