Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki BOShQARUVI
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki BOShQARUVI
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining
Qarori
Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining aʼzolik badalini Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga oʻtkazib berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 31-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3121-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2018-yil 13-dekabrdagi 153, 350-V va 56-son qarori (roʻyxat raqami 3121, 2019-yil 15-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 10/19/3121/2483-son) bilan tasdiqlangan Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining aʼzolik badalini Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga oʻtkazib berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini boshqarish departamenti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Iqtisodiyot va moliya vaziri Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 24-may,
17-son
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2023-yil 19-may,
350-B-1-son
Qishloq xoʻjaligi vaziri A. VOITOV
Toshkent sh.,
2023-yil 6-may,
01/05/2080-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 10/23/3121-1/0313-son)