Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga “Chaqiriqqacha harbiy taʼlim” yoʻnalishi boʻyicha qabul qilishda kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 17-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 31-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2995-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2017-yil 5-dekabrdagi 34 va 27-2017-son qarori (roʻyxat raqami 2995, 2018-yil 5-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 10/18/2995/1020-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga “Chaqiriqqacha harbiy taʼlim” yoʻnalishi boʻyicha qabul qilishda kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 17-bandidagi “Davlat test markaziga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Mudofaa vaziri B. KURBANOV
Toshkent sh.,
2023-yil 24-may,
12-son
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri I. ABDURAHMONOV
Toshkent sh.,
2023-yil 23-may,
4-q/q-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 10/23/2995-2/0315-son)