Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
buyrugʻi
Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun moʻljallangan maxsus qabulxonalar hududidan maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarning chetga chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 31-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3026-1]
Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 15-martdagi OʻRQ-823-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunining 5-moddasiga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 15-maydagi 135-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3026, 2018-yil 26-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2018-y., 10/18/3026/1408-son) bilan tasdiqlangan Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun moʻljallangan maxsus qabulxonalar hududidan maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarning chetga chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2 va 3-ilovalari matnidagi “shahar-tuman maʼmuriy ishlar boʻyicha sudining” degan soʻzlar “jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2023-yil 19-may,
263-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 10/23/3026-1/0316-son)