Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining
Qarori
Tabiiy monopoliya subyektlarining davlat reyestrini tuzish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 31-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2147-3]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 19-iyundagi 11-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3520, 19.06.2024-y.) asosan 2024-yil 3 avgustdan davlat reyestridan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2010-yil 6-oktabrdagi 14-son qarori (roʻyxat raqami 2147, 2010-yil 11-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 40-41-son, 357-modda) bilan tasdiqlangan Tabiiy monopoliya subyektlarining davlat reyestrini tuzish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandidagi “Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi” degan soʻzlar “Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais Sh. ShARAXMETOV
Toshkent sh.,
2023-yil 23-may,
04/05-05/01-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri Sh. KUDBIYEV
2023-yil 18-may.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 10/23/2147-3/0311-son)