Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Paxta mahsulotlarini sertifikatlash xizmatlarini koʻrsatish sohasiga xususiy sektor keng jalb qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Respublikada keyingi yillarda iqtisodiyotda raqobatni taʼminlash, tadbirkorlik subyektlariga teng sharoitlar yaratish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, bozor munosabatlariga toʻlaqonli oʻtishni jadallashtirish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi va xususiy investitsiyalar hajmini keskin oshirish hamda biznes doiralarning ishonchini yanada mustahkamlash bugungi kunda muhim vazifa boʻlib qolmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy oʻsish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar toʻgʻrisida” 2022-yil 8-apreldagi PF-101-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
paxta mahsulotlarini sertifikatlash xizmatlarini koʻrsatish sohasiga xususiy sektorni keng jalb qilish;
paxta mahsulotlarini sertifikatlash xizmatlarini koʻrsatuvchi muvofiqlikni baholash organlarining professional javobgarligini sugʻurta qilish.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Kudratov hamda Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri A.B. Voitov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 30-may,
223-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-maydagi 223-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 18-sentabrdagi 199-son qarori bilan tasdiqlangan Paxta tozalash va yogʻ-moy korxonalarida paxta chigitini ishlab chiqarish, harakati, saqlash hamda qayta ishlashda dastlabki hisobga olishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 12-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Sinash uchun olingan texnik chigitni akkreditatsiyadan oʻtgan sertifikatlash organining (keyingi oʻrinlarda bajaruvchi deb ataladi) sinov laboratoriyasi vakili qopqogʻi zich yopilgan bankaga yoxud qalin polietilen paketga joylaydi va unga namunani identifikatsiya qiluvchi maxsus etiketka qoʻyadi. Namuna oluvchi imzolagan etiketkada paxta zavodining, paxta chigiti turkumining tartib raqami, namuna olingan sana, namuna oluvchining familiyasi, ismi va otasining ismi koʻrsatiladi”;
ikkinchi xatboshidagi “Markazning urugʻlik laboratoriyasiga” soʻzlari “bajaruvchining sinov laboratoriyasiga” soʻzi bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Markazning urugʻlik laboratoriyasida” soʻzlari “bajaruvchining sinov laboratoriyasida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 13-banddagi “Markaz” soʻzi “Bajaruvchi” soʻzi bilan almashtirilsin;
v) 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Bajaruvchining vakili Namuna tanlash dalolatnomasini rasmiylashtiradi, uni bajaruvchi, paxta tozalash va yogʻ-moy korxonalari vakillari imzolaydilar. Dalolatnomaning bir nusxasi bajaruvchida qoladi, ikki nusxasi paxta tozalash va yogʻ-moy korxonalari vakillariga beriladi”;
g) 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Texnik chigitning har qaysi turkumini sinash bajaruvchining mutaxassislari tomonidan Oʻz DSt 596 “Texnik paxta chigiti. Texnik shartlar” talablariga muvofiq oʻtkaziladi.
Bajaruvchining sinov laboratoriyasida texnik chigit sinovlarini oʻtkazishda paxta tozalash va yogʻ-moy korxonalari vakillari ishtirok etadilar”;
d) 17-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sinov bayonnomalari sinovlarni oʻtkazish boʻyicha vakolatli mutaxassislar tomonidan imzolanadi va akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi”;
uchinchi xatboshidagi “Sinash protokolida Markazning” soʻzlari “Sinov bayonnomalarida bajaruvchining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Paxta tozalash yoki yogʻ-moy korxonalari vakillari texnik paxta chigiti sifatining bahosidan norozi boʻlganda, bajaruvchiga apellyatsiya, yaʼni sertifikatlash bilan bogʻliq masalalar boʻyicha biron-bir qaror yuzasidan shikoyat bilan murojaat qilish huquqiga ega. Apellyatsiyalarni koʻrib chiqish tartiboti amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi”;
j) 19-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. Paxta tozalash yoki yogʻ-moy korxonalari vakillari bajaruvchining laboratoriyasida yoki boshqa akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyasida oʻzlarining ishtirokida takroriy va parallel sinovlar oʻtkazilishini talab qilishlari mumkin”;
z) 20-banddagi “sinovlari protokolida Markaz” soʻzlari “Sinov bayonnomalarida bajaruvchining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
i) 21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Sifat koʻrsatkichlari Oʻz DSt 596 talablariga muvofiq boʻlgan texnik paxta chigiti Sinov bayonnomalarida bajaruvchining vakillari tomonidan Muvofiqlik belgisi qoʻyilmaydi va nomuvofiqlik dalolatnomasi rasmiylashtiriladi”;
k) 22-bandda:
birinchi xatboshidagi “Sinash protokolining” soʻzlari “Sinov bayonnomasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sinov bayonnomalarining ikkinchi nusxasi paxta tozalash korxonalari vakillariga, uchinchi nusxasi esa bajaruvchining sinov laboratoriyasiga beriladi”;
l) 23-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Sinash protokolining” soʻzlari “Sinov bayonnomalarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
m) 24-bandda:
birinchi xatboshidagi “Sinash protokoliga” soʻzlari “Sinov bayonnomasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tegishli belgilar va sinov bayonnomasida Muvofiqlik belgisining mavjud emasligi aniqlangan hajm uchun Muvofiqlik sertifikati tatbiq etilmasligidan dalolat beradi. Bajaruvchi vakilining paxta chigitining nostandart hajmlari boʻyicha bundan keyingi harakatlari oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan Paxta texnik chigitini sertifikatlash tartibi bilan belgilanadi”;
n) 28-bandda:
birinchi xatboshidagi “Markaz” soʻzi “Bajaruvchining” soʻzi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yuklangan transport vositasiga paxta tozalash zavodi tomonidan tovar-transport yuk xati rasmiylashtiriladi. Yuk xatiga Sinov bayonnomasi dublikati ilova qilinadi, unda Bajaruvchining laboranti paxta chigiti sifatining natijalarini takrorlaydi, yuk xati tartib raqami bilan birga aniq transport vositasi rekvizitlarini, shuningdek paxta zavodi va yogʻ-moy korxonasi vakillari oʻrtasida kelishilgan holda tashilayotgan texnik paxta chigitining fizik va konditsion massasi boʻyicha maʼlumotlarni koʻrsatadi”;
o) 31-banddagi “Markaz” soʻzi “Bajaruvchining” soʻzi bilan almashtirilsin;
p) 34-banddagi “sinash” soʻzi “sinov” soʻzi bilan almashtirilsin;
r) 35-bandda:
birinchi xatboshidagi “Markazning paxta tozalash korxonasidagi xodimi ishtirokida” soʻzlari “Bajaruvchining xodimi ishtirokida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bajaruvchining xodimi paxta tozalash korxonasidan yuklab joʻnatilgan paxta chigiti sifati va massasiga doir maʼlumotlarni toʻplaydi va elektron pochta orqali bajaruvchiga joʻnatadi”;
s) 36-banddagi “Sinash protokolini” soʻzlari “Sinov bayonnomasini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
t) 38-bandning birinchi xatboshisidagi “sinash protokoli” soʻzlari “sinov bayonnomasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
u) 39-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“39. Chigit sifatining sinov bayonnomasi maʼlumotlarini nazorat tartibida tekshirish uchun yogʻ-moy zavodi laboratoriyasi chigit yetkazib bergan avtotransport vositasidan namuna oladi hamda standart boʻyicha belgilangan metodlar boʻyicha nazorat tartibidagi tahlillar oʻtkazadi. Sinov bayonnomasida koʻrsatilgan maʼlumotlardan amaldagi standart boʻyicha yoʻl qoʻyiladigan doirada chigit sifatida farq mavjud boʻlganda, chigit sinov bayonnomasida koʻrsatilgan sifat koʻrsatkichlari asosida kirim qilinadi”;
ikkinchi xatboshidagi “Markazga” soʻzi “Bajaruvchiga” soʻzi bilan almashtirilsin;
f) 40-banddagi “sinash protokoli” soʻzlari “sinov bayonnomasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
x) 43-banddagi “Sinash protokolining” va “sinash protokolida” soʻzlari tegishlicha “Sinov bayonnomasining” va “sinov bayonnomasida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 106-son qarori bilan tasdiqlangan Paxta tolasini sertifikatlash va ogʻirligini tortib koʻrish toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Ushbu Nizom paxta tolasini respublikaning paxta tolasini qayta ishlovchi korxonalariga (keyingi oʻrinlarda xaridorlar deb ataladi) yetkazib berishda akkreditatsiyadan oʻtgan sertifikatlash idoralari (keyingi oʻrinlarda bajaruvchi deb ataladi) tomonidan paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilari va boshqa korxonalar (keyingi oʻrinlarda buyurtmachi deb ataladi) buyurtmanomalariga muvofiq paxta tozalash korxonalarida paxta tolasi sifatini toylari boʻyicha baholash, uni sertifikatlash hamda paxta tozalash korxonalarida (keyingi oʻrinlarda yetkazib beruvchi deb ataladi) uning ogʻirligini tortib koʻrish tartibini belgilaydi”.
b) 19-bandning ikkinchi xatboshisidagi “paxta tolasining uzunligi” soʻzlari “paxta tolasining yuqori oʻrtacha uzunligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 3-ilovaga rus tilida berilgan:
1) 1-ilovada:
“regionalnaya laboratoriya GUP “Sentr po okazaniyu uslug v agropromishlennom komplekse” soʻzlari “naimenovaniye akkreditovannogo organa po sertifikatsii” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Sotrudnik GUP “Sentr po okazaniyu uslug v agropromishlennom komplekse” va “Probootborshik GUP “Sentr po okazaniyu uslug v agropromishlennom komplekse” soʻzlari tegishlicha “Sotrudnik akkreditovannogo organa po sertifikatsii” va “Probootborshik akkreditovannogo organa po sertifikatsii” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2) 2-ilovada:
“regionalnaya laboratoriya GUP “Sentr po okazaniyu uslug v agropromishlennom komplekse” soʻzlari “naimenovaniye akkreditovannogo organa po sertifikatsii” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Sotrudnik GUP “Sentr po okazaniyu uslug v agropromishlennom komplekse” na xlopkoochistitelnom predpriyatii” va “Probootborshik GUP “Sentr po okazaniyu uslug v agropromishlennom komplekse” na xlopkoochistitelnom predpriyatii” soʻzlari tegishlicha “Sotrudnik akkreditovannogo organa po sertifikatsii” va “Probootborshik akkreditovannogo organa po sertifikatsii” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3) 3-ilovada:
“regionalnaya laboratoriya GUP “Sentr po okazaniyu uslug v agropromishlennom komplekse” soʻzlari “naimenovaniye akkreditovannogo organa po sertifikatsii” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Sotrudnik GUP “Sentr po okazaniyu uslug v agropromishlennom komplekse” soʻzlari “Sotrudnik akkreditovannogo organa po sertifikatsii” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4) 4, 6 va 9-ilovalarda “regionalnoy laboratorii” soʻzlari “akkreditovannogo organa po sertifikatsii” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5) 8-ilovada:
“naimenovaniye regionalnoy laboratorii GUP “Sentr po okazaniyu uslug v agropromishlennom komplekse” soʻzlari “naimenovaniye akkreditovannogo organa po sertifikatsii” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“regionalnoy laboratorii” soʻzlari “akkreditovannogo organa po sertifikatsii” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 349-son qarori bilan tasdiqlangan Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandi “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi “va professional javobgarligi sugʻurta qilinganligi (paxta mahsulotlarini sertifikatlash xizmatlari uchun)” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 09/23/223/0305-son; 01.07.2026-y., 09/26/349/0660-son)