12.05.2023 yildagi 4-1101-2101/1796-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI IQTISODIY IShLAR BOʻYIChA SUDLOV HAYʼATI KASSATSIYA INSTANSIYASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-1101-2101/1796-sonli iqtisodiy ish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati sudya B. Sayfullayevning raisligida, hayʼat aʼzolari sudyalar I. Tadjiyev va V. Sattorovadan iborat tarkibda, Z. Qodirovning kotibligida, “K” masʼuliyati cheklangan jamiyati vakili R.S. (2022-yil 27-iyuldagi ishonchnoma asosida), G. A. B. oʻgʻlining vakili R.S. (2021-yil 20-oktabrdagi ishonchnoma asosida), U. K. A.ning vakili R.S. (2022-yil 15-oktabrdagi ishonchnoma asosida), “R” masʼuliyati cheklangani jamiyati vakili O. M. (rahbar), Sh. A.ning ishtirokida, “K” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi A. Sh. U.ning javobgar “K” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga nisbatan Zangiota tumani tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyasida 2011-yil 14-oktabr va 2012-yil 29-martda roʻyxatdan oʻtkazilgan “K” masʼuliyati cheklangan jamiyatining taʼsis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi boʻyicha qoʻzgʻatilgan iqtisodiy ish yuzasidan qabul qilingan Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 25-avgustdagi hal qiluv qarori, Toshkent viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati apellatsiya instansiyasining 2022-yil 27-oktabrdagi qarori ustidan “K” masʼuliyati cheklangani jamiyati, “R” masʼuliyati cheklangani jamiyati, G. A. B. oʻgʻli, U. K. A. tomonidan berilgan kassatsiya shikoyatini ish bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi binosida oʻtkazilgan ochiq sud majlisida koʻrib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“K” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi A. Sh. U. (bundan buyon matnda daʼvogar deb yuritiladi) “K” masʼuliyati cheklangan jamiyati (bundan buyon matnda MChJ deb yuritiladi)ga nisbatan Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, Sergeli (Zangiota) tumani tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyasida 2011-yil 14-oktabr va 2012-yil 29-martda roʻyxatdan oʻtkazilgan MChJning taʼsis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlarni haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2021-yil 19-iyuldagi hal qiluv qarori bilan daʼvo arizasi qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2021-yil 18-noyabrdagi ajrimi bilan MChJning apellatsiya shikoyati koʻrmasdan qoldirilgan, A. G., J. M. va “R” MChJning apellatsiya shikoyati boʻyicha ish yuritish tugatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2022-yil 11-martdagi qarori bilan A. G., J. M. va “R” MChJ tomonidan keltirilgan kassatsiya shikoyatlari qisman qanoatlantirilgan, Toshkent viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2021-yil 18-noyabrdagi ajrimi bekor qilinib, ish yangidan koʻrish uchun Toshkent viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2022-yil 5-apreldagi ajrimi bilan MChJ, A. G., J. M. hamda “R” MChJning apellatsiya shikoyatlari boʻyicha ish yuritish tugatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2022-yil 6-iyundagi qarori bilan daʼvogar, A. G., J. M. va “R” MChJ tomonidan keltirilgan kassatsiya shikoyatlari qisman qanoatlantirilgan va Toshkent viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2022-yil 5-apreldagi ajrimi bekor qilinib, ish yangidan koʻrish uchun Toshkent viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga yuborilgan. A. G., J. M. va “R” MChJ tomonidan keltirilgan kassatsiya shikoyatlarining Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudining 2021-yil 19-iyuldagi hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi qismi boʻyicha ish yuritish tugatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2022-yil 5-iyuldagi qarori bilan A. G., J. M. va “R” MChJlarning apellatsiya shikoyatlari qisman qanoatlantirilgan va Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudining 2021-yil 19-iyuldagi hal qiluv qarori bekor qilinib, ish yangidan koʻrish uchun Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudiga yuborilgan. MChJning apellatsiya shikoyati esa koʻrmasdan qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 19-iyuldagi ajrimi bilan Toshkent viloyati adliya boshqarmasi, “R” MChJ, G. A. B. oʻgʻli va M. J. R. ishga javobgar, U. K. A. esa nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida ishga jalb qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur sudning 2022-yil 25-avgustdagi hal qiluv qarori bilan daʼvogarning “R” MChJ, G. A. B. oʻgʻli va M. J. R.ning huquqiy maqomini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi iltimosnomasini qanoatlantirish rad etilgan. MChJ, G. A. B. oʻgʻli, “R.” MChJ hamda M. J. R.ning daʼvo muddatini qoʻllash va nizo yuzasidan ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi iltimosnomalarini qanoatlantirish rad etilgan. Daʼvo qanoatlantirilib, Sergeli tumani tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyasida roʻyxatdan oʻtgan MChJning 2011-yil 14-oktabr va 2012-yil 29-martdagi taʼsis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar haqiqiy emas deb topilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjatlari ustidan MChJ, “R ” MChJ, G. A. B. oʻgʻli, U. K. A. tomonidan kassatsiya shikoyati berilgan. Unda sud hujjatlarini bekor qilib, ish yuritishni tugatish, agar sudlov hayʼati ish yuritishni tugatish haqidagi fikr bilan kelishmasa, daʼvogarning daʼvo talabini qanoatlantirishni rad etish haqida yangi qaror qabul qilish soʻralgan. Bunga asos qilib, sud qarorlarida fuqarolik ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudining 2016-yil 21-noyabr hamda 2016-yil 6-dekabrdagi ajrimlari bilan fuqarolik ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudining 2011-yil 11-maydagi va Yakkasaroy tumanlararo sudining 2011-yil 31-dekabrdagi hal qiluv qarorlari bekor qilinganligi koʻrsatilganligi, biroq sud hujjatlarida ushbu ishlar fuqarolik ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudining 2016-yil 29-dekabrdagi ajrimi bilan bitta ish yuritishga birlashtirilganligi, qayd etilgan, biroq keyinchalik sudning 2017-yil 30-yanvardagi ajrimi bilan ish sudga taalluqli boʻlmaganligi sababli ish yuritish tugatilganligi sud qarorlarida koʻrsatilmaganligi, birinchi va apellatsiya instansiyasi sudi jinoyat ishlari boʻyicha Olmazor tuman sudining 2009-yil 26-avgustdagi hukmi bilan daʼvogar 15 epizoddan iborat, taʼmagirlik, oʻgʻrilik, hujjatlarni qalbakilashtirganlik, soliq qonunchiligini buzish va boshqa bir qator ogʻir jinoyatlarni sodir etganligi uchun aybdor deb topilganligi, daʼvogar sudning ushbu hukmi ustidan apellatsiya shikoyati berganligi, jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudi apellatsiya instansiyasining 2022-yil 18-oktabrdagi ajrimi bilan apellatsiya shikoyati qanoatlantirmasdan qoldirilganligi inobatga olmaganligi, daʼvogar va U. A. Toshkent shahar xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, MChJ ustav fondidagi ulushlarni oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topib, dastalabki taʼsischilar U. A.ning 95,06 foiz, daʼvogarning 4,94 foiz ulushlarini tiklashni soʻraganligi, Toshkent shahar xoʻjalik sudining 2017-yil 6-maydagi hal qiluv qarori bilan ushbu daʼvo qisman qanoatlantirilganligi, biroq ushbu hal qiluv qarori keyinchalik yangi ochilgan holatlar boʻyicha bekor qilinib, ushbu sudning 2017-yil 30-avgustdagi hal qiluv qarori bilan daʼvoni qanoatlantirish rad etilganligi, MChJ taʼsischisi U. A.ning vafoti munosabati bilan Toshkent shahar iqtisodiy sudining 2017-yil 30-avgustdagi ajrimi bilan uning daʼvosi alohida ish yuritishga ajratilib, uning huquqiy vorisi aniqlangunga qadar ish yuritish toʻxtatilganligi, sudning 2018-yil 30-iyuldagi ajrimi bilan ish yuritish tiklanganligi, natijada sudining 2018-yil 27-avgustdagi ajrimi bilan U. A.ning daʼvosi boʻyicha ish yuritish tugatilganligi, ushbu holatlar nizo iqtisodiy sudda koʻrib boʻlinganligidan dalolat berishi, sudlar ushbu holatlarni ham inobatga olmaganligi, hal qiluv qarorida daʼvogarning ishda ishtirok etuvchi shaxslarning protsessual maqomini oʻzgartirish haqidagi iltimosnomasini qanoatlantirish rad etilganligi, biroq ushbu iltimosnoma muhokama qilinmaganligi, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 111-moddasida sud qonunga muvofiq buzilgan huquqni tiklashi nazarda tutilganligi, sud MChJ taʼsis hujjatlairning 2011-yil 14-oktabrdagi va 2012-yil 29-martdagi oʻzgartirishlarini haqiqiy emas deb topganligi, biroq MChJ taʼsis hujjatlariga 2012-2014-yillardagi oʻzgartirishlar yuridik kuchda ekanligi, mazkur holatda sud kimning hukuqini va qanday tiklaganligi haqida savol tugʻilishi, Toshkent shahar xoʻjalik sudining 2017-yil 6-maydagi hal qiluv qarori bilan MChJ ustav fondidagi ulushlar quyidagicha taqsimlanganligi, U. A.da 5160 dona aksiya, “R” MChJda 2134 dona aksiya, Sh. A.da 1102 dona aksiya, yaʼni MChJning taʼsis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar bekor qilinmaganligi, keyinchalik ushbu hal qiluv qarori bekor qilinganligi va daʼvoni qanoatlantirish rad etilganligi, MChJning taʼsis hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritilganligi, boshqa ish doirasida muhokama qilinganligi, shuning uchun ish yurtish IPK 110-moddasining 2-bandiga asosan tugatilishi lozimligi, daʼvogar MChJ taʼsis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyxatga olishni haqiqiy emas deb topishni soʻraganligi, ushbu talab maʼmuriy sudga taalluqli ekanligi, mazkur holatda ish yuritish IPK 110-moddasining 1-bandiga asosan tugatilishi lozimligi, daʼvogar MChJ taʼsis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyxatga olishni haqiqiy emas deb topishni soʻragan boʻlsa-da, sud oʻz tashabbusi bilan daʼvo talabini oʻzgartirib, daʼvogar MChJ taʼsis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlarni haqiqiy emas deb topganligi, daʼvogar sudga murojaat qilishda biror-bir uzrli sababsiz daʼvo muddatini oʻtkazib yuborganligi, sud javobgarning daʼvo muddatini tiklash haqidagi iltimosnomasi asossiz rad etilganligi koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida ishtirok etgan MChJ, G. A. B. oʻgʻli, U. K. A. hamda “R” masʼuliyati cheklangan jamiyati vakillari shikoyatni qanotlantirishni soʻrashdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida ishtirok etgan daʼvogar sud hujjatlarini oʻzgarishsiz, shikoyatni qanotlantirmasdan qoldirishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisi vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilingan Toshkent viloyati adliya boshqarmasi, M. J. R. sud majlisida oʻz vakili ishtirokini taʼminlamadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) 297-moddasining toʻrtinchi qismiga koʻra, kassatsiya instansiyasi sudining sud majlisiga sud muhokamasini oʻtkazish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan, kassatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning kelmaganligi ishni ularning ishtirokisiz koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati joyida maslahatlashib, ishni ular vakilining ishtirokisiz koʻrib chiqish mumkinligi haqida xulosaga keldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati ishda ishtirok etuvchilar shaxslar vakillarining tushuntirishlarini tinglab, shikoyatda keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra sud qarorlarini oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini esa qanoatlantirmasdan qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniqlanishicha, Sergeli tuman hokimligi huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatga olish inspeksiyasida 2007-yil 7-fevralda roʻyxatga olingan MChJning ustaviga va taʼsis shartnomasiga asosan uning ustav fondi 236 962 915 soʻmni tashkil qilgan hamda ulushlar ishtirokchilar oʻrtasida quyidagicha taqsimlangan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
U. A.ning ulushi 95,06 % - 225 268 641 soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daʼvogarning ulushi 4,94 % - 11 694 274 soʻm.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudining 2011-yil 11-maydagi hal qiluv qarori bilan fuqaro A. G.ning daʼvo arizasi qisman qanoatlantirilgan va taʼsischi daʼvogarga tegishli boʻlgan MChJdagi 41 705 473,04 soʻm yoki 17,6 foizni tashkil qiluvchi 1102 dona “K” OAJning aksiyalariga mutanosib boʻlgan ulushi A. G.ga topshirilgan. A. G.ning foydasiga daʼvogardan 1 908 136 soʻm, T. B.dan 11 704 000 soʻm, U. A.dan 28 892 392,32 soʻm miqdorida dividendlar undirilgan va daʼvogardan dividendlar miqdorini undirish uning jamiyatdagi ulushiga qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Natijada, jamiyat ishtirokchilarining ulushlari quyidagicha taqsimlangan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
U. A.ning ulushi 67,7% - 166 365 049,64 soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A. G.ning ulushi 32,3% - 70 597 865,36 soʻm qiymatida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik ishlari boʻyicha Yakkasaroy tumanlararo sudining 2011-yil 31-dekabrdagi hal qiluv qarori bilan “R” MChJning U. A.ga nisbatan daʼvo talablari qanoatlantirilgan. “R” MChJ ustav fondidagi 60 228 544,6 soʻm yoki 25,41 foizni tashkil qiluvchi 2134 dona aksiyalarga mutanosib boʻlgan ulushi bilan MChJning taʼsischilari safiga kiritilgan. 171 639 510,34 soʻm miqdoridagi zarar “R” MChJning foydasiga U. A.ning166 365 049,64 soʻmni tashkil etuvchi MChJdagi ulushiga qaratish yoʻli bilan undirilgan, qolgan 5 274 460,70 soʻmlik qismi esa A. G.ning jamiyatning ustav fondidagi ulushiga qaratilgan va bu 4 662 934,2 soʻmni tashkil etuvchi ulushini 4,475 foizga kamaytirish yoʻli bilan undirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Natijada, MChJ ishtirokchilarining ustav fondidagi ulushlari quyidagicha taqsimlangan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“R” MChJning ulushi 72,175 % - 171 027 983,9 soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A. G.ning ulushi 27,825 % - 65 934 931,9 soʻm.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudining 2011-yil 11-maydagi hal qiluv qarori va Yakkasaroy tumanlararo sudining 2011-yil 31-dekabrdagi hal qiluv qarori bilan MChJning taʼsis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlarga asosan jamiyatning taʼsis hujjatlari Sergeli tuman hokimligi huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyasida qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudining 2016-yil 21-noyabr hamda 2016-yil 6-dekabrdagi ajrimlari bilan yuqoridagi fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarning hal qiluv qarorlari yangi ochilgan holatlar boʻyicha koʻrib chiqilib, bekor qilingan va daʼvolar boʻyicha nizo fuqarolik sudiga taalluqli boʻlmaganligi uchun ish yuritish tugatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 43-moddasining uchinchi qismiga koʻra, taʼsis hujjatlaridagi oʻzgartishlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab, qonunda belgilangan hollarda esa - davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organ ana shunday oʻzgartishlar haqida xabardor qilingan paytdan boshlab uchinchi shaxslar uchun kuchga ega boʻladi. Yuridik shaxslar va ularning muassislari mazkur oʻzgartishlarni hisobga olib ish yuritgan uchinchi shaxslar bilan munosabatlarda ana shunday oʻzgartishlar roʻyxatga olinmaganligini vaj qilib koʻrsatishga haqli emaslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 11-moddasining toʻrtinchi qismiga koʻra, jamiyatning taʼsis hujjatlariga oʻzgartishlar jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi qaroriga binoan kiritiladi. Jamiyatning taʼsis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartishlar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holatda MChJning taʼsis hujjatlariga oʻzgartirishlar keyinchalik bekor qilingan Fuqarolik ishlari boʻyicha sud qarorlariga asosan kiritilgan. Yaʼni, taʼsis hujjatlariga kirtish uchun asos boʻlgan sud hujjatlari hozirda mavjud boʻlmaganligi sababli birinchi instansiya sudi daʼvoni qanoatlantrish haqida toʻgʻri xulosaga kelgan. Apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining ushbu xulosasi bilan kelishgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuning uchun sudlov hayʼati mazkur holatda sud hujjatlarini bekor qilish uchun asos boʻla olmaydi deb hisoblaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatidagi sud qarorlarida fuqarolik ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudining 2016-yil 21-noyabr hamda 2016-yil 6-dekabrdagi ajrimlari bilan fuqarolik ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudining 2011-yil 11-maydagi va Yakkasaroy tumanlararo sudining 2011-yil 31-dekabrdagi hal qiluv qarorlari bekor qilinganligi koʻrsatilganligi, roq sud hujjatlarida ushbu ishlar fuqarolik ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudining 2016-yil 29-dekabrdagi ajrimi bilan bitta ish yuritishga birlashtirilganligi, qayd etilgan, biroq keyinchalik sudning 2017-yil 30-yanvardagi ajrimi bilan ish sudga taalluqli boʻlmaganligi sababli ish yuritish tugatilganligi sud qarorlarida koʻrsatilmaganligi toʻgʻrisidagi vajlar asossizdir.Chunki, sud qarorlarida fuqarolik ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudining 2016-yil 21-noyabr hamda 2016-yil 6-dekabrdagi ajrimlari bilan fuqarolik ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudining 2011-yil 11-maydagi va Yakkasaroy tumanlararo sudining 2011-yil 31-dekabrdagi hal qiluv qarorlari bekor qilinganligi koʻrsatilgan. Sud qarorlarida ushbu ishlar boʻyicha ish yuritish tugatilganganligi koʻrsatilmaganligi esa sud hujjatlarini bekor qilish uchun boʻla olmaydi. Chunki, daʼvoni qanoatlantirish uchun aynan fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarning qarorlari bekor qilinganligi asos boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatidagi sudlar tomonidan jinoyat ishlari boʻyicha Olmazor tuman sudining 2009-yil 26-avgustdagi hukmi bilan daʼvogar 15 epizoddan iborat, taʼmagirlik, oʻgʻrilik, hujjatlarni qalbakilashtirganlik, soliq qonunchiligini buzish va boshqa bir qator ogʻir jinoyatlarni sodir etganligi uchun aybdor deb topilganligi, daʼvogar sudning ushbu hukmi ustidan apellatsiya shikoyati berganligi, jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudi apellatsiya instansiyasining 2022-yil 18-oktabrdagi ajrimi bilan apellatsiya shikoyati qanoatlantirmasdan qoldirilganligi toʻgʻrisidagi vajlarni ham inobatga olib boʻlmaydi. Chunki, ushbu holatlar mazkur daʼvo peredmeti doirasiga kirmaydi. Xuddi shu asos bilan shikoyatdagi daʼvogar va U. A. Toshkent shahar xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, MChJ ustav fondidagi ulushlarni oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topib, dastlabki taʼsischilar U. A.ning 95,06 foiz, daʼvogarning 4,94 foiz ulushlarini tiklashni soʻraganligi, Toshkent shahar xoʻjalik sudining 2017-yil 6-maydagi hal qiluv qarori bilan ushbu daʼvo qisman qanoatlantirilganligi, biroq ushbu hal qiluv qarori keyinchalik yangi ochilgan holatlar boʻyicha bekor qilinib, sudning 2017-yil 30-avgustdagi hal qiluv qarori bilan daʼvoni qanoatlantirish rad etilganligi, MChJ taʼsischisi U. A.ning vafoti munosabati bilan Toshkent shahar iqtisodiy sudining 2017-yil 30-avgustdagi ajrimi bilan uning daʼvosi alohida ish yuritishga ajratilib, uning huquqiy vorisi aniqlangunga qadar ish yuritish toʻxtatilganligi, sudning 2018-yil 30-iyuldagi ajrimi bilan ish yuritish tiklanganligi, natijada sudining 2018-yil 27-avgustdagi ajrimi bilan U.Abdualiyevning daʼvosi boʻyicha ish yuritish tugatilganligi, mazkur holatlar nizo iqtisodiy sudda koʻrib boʻlinganligidan dalolat berishi, sudlar ushbu holatlarni ham inobatga olmaganligi toʻgʻrisidagi vajlarni inobatga olib boʻlmaydi. Yaʼni, Toshkent shahar xoʻjalik sudida 2017-yilda qoʻzgʻatilgan daʼvo predmeti bilan, mazkur ishdagi daʼvo predmeti boshqa-boshqadir. Xuddi shu asos bilan MChJ taʼsis hujjatlariga 2012 — 2014-yillardagi oʻzgartirishlar yuridik kuchda ekanligi toʻgʻrisidagi vajni ham inobatga olib boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar MChJ taʼsis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyxatga olishni haqiqiy emas deb topishni soʻraganligi, ushbu talab maʼmuriy sudga taalluqli ekanligi toʻgʻrisidagi vajlarni ham inobatga olib boʻlmaydi. Chunki, MChJning taʼsis hujjatlari davlat organlari hujjati hisoblanmaydi va ularga kirtilgan oʻzgartirishlarni haqiqiy emas deb topish talabi qitisodiy sudga taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi javobgarlarning daʼvo muddatini qoʻllash haqidagi iltimosnomasini qanoatlantirishni ham asosli rad etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 302-moddasining birinchi qismiga koʻra, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun ish uchun ahamiyatli holatlarning toʻliq aniqlanmaganligi, sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlarning isbotlanmaganligi, hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq emasligi, moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilganligi asos boʻladi. Mazkur holatda bunday asoslar mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayon qilinganlarga asosan sudlov hayʼati, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgarishsiz, javobgarning kassatsiya shikoyatini esa qanoatlantirmasdan qoldirishni, ishni kassatsiya instansiyasi sudida koʻrish bilan bogʻliq oldindan toʻlangan sud xarajatlarini MChJning zimmasida qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarga asosan va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 118, 301 — 303-moddalarini qoʻllab, sudlov hayʼati qaror qildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 25-avgustdagi hal qiluv qarori, Toshkent viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati apellatsiya instansiyasining 2022-yil 27-oktabrdagi qarori oʻzgarishsiz, “K” masʼuliyati cheklangan jamiyati, “R” masʼuliyati cheklangan jamiyati, G. A. B. oʻgʻli, U. K. A.ning kassatsiya shikoyati qanoatlantirmasdan qoldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi: B. SAYFULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayʼat aʼzolari: I. TADJIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. SATTOROVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 12-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-1101-2101/1796-son