Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudi
iqtisodiy ishlar buyicha sudlov hayʼati apellatsiya instansiyasining Qarori
4-1001-2202/40538-sonli ish
Birinchi instansiya sudida ishni koʻrgan sudya M. Sultonov
Apellatsiya instansiyasi sudida maʼruzachi sudya M. Ergashev
Apellatsiya instansiyasi sudida maʼruzachi sudya M. Ergashev
2023-yil may oyining 3 kuni Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati:
raislik qiluvchi – sudya I. Alimov,
hayʼat aʼzolari – sudyalar R. Rashidov va M. Ergashevdan iborat tarkibda, sudya katta yordamchisi Sh. Boymurodovning kotibligida, daʼvogar “T.G.H.” MChJ taʼsischisi A.A, “T.G.H” MChJ taʼsischisi D.B. nisbatan “T.G.H” MChJ ishtirokchilarining 2022-yil 7-apreldagi umumiy yigʻilish qarori va unga asosan roʻyxatdan oʻtgan MChJ nizomini haqiqiy emas deb topish hamda haqiqiy emas deb topish oqibatlarini qoʻllash toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi boʻyicha qabul qilingan Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 2-fevraldagi hal qiluv qarori ustidan “T.G.H” MChJ taʼsischisi D.B. tomonidan berilgan apellatsiya shikoyati boʻyicha ishni daʼvogar A.A., vakillari B.Y., O.Z., “T.G.H” MChJ vakillari Sh.B., M.X., MChJ ishtirokchisi M.J. ishtirokida Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati binosida oʻtkazilgan ochiq sud majlisida koʻrib chiqib, quyidagilarni
A.A.M. (daʼvogar) Toshkent viloyati Nurafshon shahrida roʻyxatdan oʻtgan “T.G.H.” MChJ (MChJ)ning taʼsischisi hisoblanib, uning MChJ ustav fondidagi ulushi 10 foizni tashkil qilgan. Qolgan 90 foiz ulush B.D.G. oʻgʻli (javobgar)ga tegishli boʻlgan.
MChJ ishtirokchilarining 2022-yil 7-apreldagi umumiy yigʻilish qarori bilan daʼvogar boshqa faoliyat bilan shugʻullanayotganligi va oʻziga tegishli boʻlgan jamiyat ustav fondidagi ulushini javobgarga begʻaraz voz kechganligi koʻrsatilib, jamiyat taʼsischiligidan chiqarib yuborilgan. Ushbu yigʻilish qarori javobgar tomonidan Davlat xizmatlari markazi Nurafshon shahar markaziga taqdim qilingan va jamiyat nizomi yangidan roʻyxatdan oʻtkazilgan.
Daʼvogar ushbu holatdan xabar topganidan soʻng huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilganligi, javobgar va uning sherigi 2 Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi L.X ustidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganligi, tergov jarayonida MChJ ishtirokchilarining 2022-yil 7-apreldagi umumiy yigʻilish qaroridagi daʼvogarning imzosi javobgar tomonidan qalbakilashtirilganligi sudga oid xatshunoslik ekspertizasi xulosasi bilan isbotlanganligi, javobgar qalbaki hujjatlar bilan MChJning faoliyatini toʻliq oʻz nazoratiga olganidan keyin MChJning ustav fondidagi 100 foiz ulushni boshqa shaxslarga sotib yuborganligi, jamiyatga tegishli mulklar talon-toroj qilinganligi vajlari bilan sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, MChJ ishtirokchilarining 2022-yil 7-apreldagi umumiy yigʻilish qarori va unga asosan roʻyxatdan oʻtgan MChJ nizomini haqiqiy emas deb topish hamda haqiqiy emas deb topish oqibatlarini qoʻllashni soʻragan.
Sudning 2022-yil 21-sentabrdagi ajrimi bilan MChJ, A.A. va M.J. qoʻshimcha javobgar sifatida, MChJning sobiq taʼsischilari B.Y. va M.M. nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar sifatida ishda ishtirok etish uchun jalb qilingan.
Jinoyat ishlari boʻyicha Oʻrtachirchiq tuman sudining 2022-yil 31-oktabrdagi hukmi bilan javobgar daʼvogarning xabardorligisiz, MChJ ishtirokchilarining 2022-yil 7-apreldagi yigʻilish qarorini qalbakilashtirganligi aniqlangan va javobgar Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 168-moddasi toʻrtinchi qismining “a” bandi va 228-moddasi ikkinchi qismining “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan.
Mazkur hukm Toshkent viloyat sudi jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati apellatsiya instansiyasining 2023-yil 13-yanvardagi ajrimi bilan oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ish iqtisodiy sudda koʻrilishi jarayonida daʼvogar daʼvo talablari yuzasidan aniqlik kiritib, haqiqiy emaslik oqibatlari sifatida daʼvogarni MChJning 10 foiz ulushdagi taʼsischisi sifatida tiklashni soʻragan.
Birinchi instansiya sudining 2023-yil 2-fevraldagi hal qiluv qarori bilan MChJ ishtirokchilarining 2022-yil 7-apreldagi umumiy yigʻilish qarori qonunga xilof, jinoiy xatti-harakatlar orqali qabul qilinganligi jinoyat ishlari boʻyicha sudning hukmi bilan aniqlanganligi sababli MChJ ishtirokchilarining 2022-yil 7-apreldagi umumiy yigʻilish qarori haqiqiy emas deb topilib, daʼvogar 10 foiz ulush bilan MChJ taʼsischiligiga tiklangan. MChJ nizomi sud tomonidan haqiqiy emas deb topiladigan hujjat emasligi uchun ushbu talab iqtisodiy sudga taalluqli boʻlmaganligi sababli daʼvo talabining jamiyat nizomini haqiqiy emas deb topish haqidagi qismi boʻyicha ish yuritish tugatilgan.
Mazkur hal qiluv qaroridan norozi boʻlib javobgar tomonidan rilgan apellatsiya shikoyatida “Masʼuliyati cheklangan va qoʻshimcha 3 masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (Qonun)ning 41-moddasida, agar jamiyat ishtirokchisi shikoyatga sabab boʻlgan qarorni qabul qilgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishida ishtirok etgan boʻlsa, mazkur ariza shunday qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran ikki oy ichida berilishi mumkinligi belgilanganligi, MChJ ishtirokchilarining 2022-yil 7-apreldagi umumiy yigʻilish qaroridagi daʼvogarning imzosi qalbakilashtiril- ganligi haqida 2022-yil 21-iyunda xatshunoslik ekspertizasi xulosasi olinganligi, daʼvogar ikki oylik daʼvo muddatini oʻtkazib yuborgan holda sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilganligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining daʼvo muddatiga oid normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2015-yil 19-iyundagi 282-sonli qarorining 22.3-bandida jamiyatdan chiqarilgan yoki chiqib ketgan ishtirokchining ulushi chiqarilish yoki chiqib ketish sanasidan oldingi oxirgi hisobot davri uchun jamiyatning buxgalteriya hisobotlari maʼlumotlari boʻyicha aniqlanishini inobatga olib, ishdagi hujjatlardan ulush qiymatini aniqlash imkoniyati boʻlmaganda yoki ushbu masala yuzasidan nizo vujudga kelganda taraflarning iltimosiga asosan ulush qiymati ekspertiza tayinlash yoʻli bilan aniqlanishi kerakligi koʻrsatilganligi, biroq birinchi instansiya sudi tomonidan javobgar MChJga haqiqatda kiritgan sarmoya va keyingi taʼsischilar oʻzgargandan keyin kiritilgan sarmoya inobatga olinmaganligi va ekspertiza tayinlanmaganligi maʼlum qilinib, hal qiluv qarorini bekor qilish va ishni yangidan koʻrish uchun quyi instansiya sudiga yuborish soʻralgan.
Bugungi sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida gibrid pochta tizimi orqali xabardor qilingan javobgarlar D.B., A.A., uchinchi shaxslar B.Y., M.M. sud majlisiga kelishmadi. Ushbu holatda sudlov hayʼati Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (IPK)ning 274-moddasiga muvofiq, ishni mazkur javobgarlar va uchinchi shaxslar ishtirokisiz koʻrib chiqishni lozim topdi.
Sud majlisida MChJ vakili sudga ogʻzaki iltimosnoma bilan murojaat qilib, birinchi instansiya sudining 2022-yil 21-sentabrdagi ajrimi bilan daʼvoni taʼminlash choralari qoʻllanilib, MChJning bank hisobvaraqalaridagi pul mablagʻlari va qurilayotgan binolari xatlab qoʻyilganligi sababli MChJ oʻz faoliyatini amalga oshira olmayotganligini maʼlum qilib, MChJning bank hisobvaraqalariga qoʻyilgan xatlovni bekor qilishni soʻradi va javobgarning apellatsiya shikoyatini qoʻllab-quvvatlab, daʼvogar ikki oylik daʼvo muddatini oʻtkazib yuborgan holda sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilganligi sababli daʼvo muddatini qoʻllash lozimligi, birinchi instansiya sudi tomonidan hal qiluv qarori qabul qilishda javobgar MChJga haqiqatda 4 kiritgan sarmoya va keyingi taʼsischilar oʻzgargandan keyin kiritilgan sarmoya inobatga olinmaganligi, jinoyat ishlari boʻyicha Oʻrtachirchiq tuman sudining 2022-yil 31-oktabrdagi hukmi va Toshkent viloyat sudi jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati apellatsiya instansiyasining 2023-yil 13-yanvardagi ajrimi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan kassatsiya instansiyasida koʻrib chiqilib, quyi sud hujjatlari bekor qilinib, ish yangidan koʻrish uchun yuborilganligini maʼlum qilib, hal qiluv qarorini bekor qilishni va apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni soʻradi.
M.J. hozirda MChJ ishtirokchisi ekanligini, MChJning bank hisobvaraqalariga xatlov qoʻyilganligi sababli oʻzining naqd pullari hisobidan qurilish ishlarini olib borayotganligini maʼlum qilib, shikoyatni qanoatlantirishni soʻradi.
Daʼvogar sudga iltimosnoma bilan murojaat qilib, Mirzo Ulugʻbek tuman Davlat xizmatlari markazi tomonidan 2022-yil 20-maydagi va 5-iyuldagi MChJning ulushlarini yangi taqsimot asosida oʻtkazilgan qismini qonunga xilof deb topishni, Mirzo Ulugʻbek tuman Davlat xizmatlari markazi va Mirzo Ulugʻbek tuman soliq inspeksiyasiga MChJning elektron kalit orqali faoliyat olib borishini toʻxtatib qoʻyish, Mirzo Ulugʻbek tuman ichki ishlar boʻlimiga MChJning muhrini olib qoʻyish majburiyatini yuklashni, sudning ijro varaqasi Mirzo Ulugʻbek tuman Davlat xizmatlari markaziga taqdim etilganda daʼvogarga tegishli MChJning 10 foizlik ulush tiklanishini soʻradi va apellatsiya shikoyatiga nisbatan eʼtiroz bildirib, javobgar MChJ ishtirokchilarining 2022-yil 7-apreldagi yigʻilish qarorini qalbakilashtirganligi ekspertiza xulosasi bilan aniqlanganligi, jinoyat ishlari boʻyicha Oʻrtachirchiq tuman sudining 2022-yil 31-oktabrdagi hukmi va Toshkent viloyat sudi jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati apellatsiya instansiyasining 2023-yil 13-yanvardagi ajrimi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan kassatsiya instansiyasida koʻrib chiqilib, quyi sud hujjatlari bekor qilingan boʻlsa-da, buning ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat berilganligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi oʻrinbosarining 2023-yil 28-apreldagi ajrimi bilan jinoyat ishi jinoyat ishlari boʻyicha Oʻrtachirchiq tuman sudidan talab qilib olinib, oʻrganib chiqilayotganligini maʼlum qilib, hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz, apellatsiya shikoyatini qanoatlantirmasdan qoldirishni soʻradi.
Sudlov hayʼati maʼruzachi sudyani, taraflar vakillarining tushuntirishlarini tinglab, apellatsiya shikoyatini ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagilarga asosan taraflarning iltimosnomalarini va apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etib, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz ldirishni lozim topadi.
Ish hujjatlariga koʻra, jinoyat ishlari boʻyicha Oʻrtachirchiq tuman sudining 2022-yil 31-oktabrdagi hukmi bilan javobgar daʼvogarning xabardorligisiz, MChJ ishtirokchilarining 2022-yil 7-apreldagi yigʻilish qarorini qalbakilashtirganligi aniqlangan va javobgar Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 168-moddasi toʻrtinchi qismining “a” bandi va 228-moddasi ikkinchi qismining “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan.
Mazkur hukm Toshkent viloyat sudi jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati apellatsiya instansiyasining 2023-yil 13-yanvardagi ajrimi bilan oʻzgarishsiz qoldirilgan.
IPK 73-moddasining toʻrtinchi qismiga koʻra, jinoyat ishlari boʻyicha sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi muayyan harakatlar sodir etilganligi yoki sodir etilmaganligi va ular kimlar tomonidan sodir etilganligi masalalari boʻyicha iqtisodiy sud uchun majburiydir.
MChJ ishtirokchilarining 2022-yil 7-apreldagi umumiy yigʻilish qarori qonunga xilof, jinoiy xatti-harakatlar orqali qabul qilinganligi, undagi daʼvogarning imzosi qalbakilashtirilganligi jinoyat ishlari boʻyicha sudning hukmi bilan aniqlanganligi, mazkur umumiy yigʻilish qarori asosida daʼvogar oʻzining jamiyat ustav fondidagi 10 foizlik ulushidan mahrum boʻlganligi sababli birinchi instansiya sudi tomonidan MChJ ishtirokchilarining 2022-yil 7-apreldagi umumiy yigʻilish qarori haqiqiy emas deb topish va haqiqiy emaslik oqibatlarini qoʻllagan holda daʼvogarni 10 foiz ulush bilan MChJ taʼsischiligiga tiklash haqida qonuniy toʻxtamga kelingan.
Shuningdek, birinchi instansiya sudi tomonidan MChJ nizomi sud tomonidan haqiqiy emas deb topiladigan hujjat emasligi, ushbu talab iqtisodiy sudga taalluqli boʻlmaganligi sababli daʼvo talabining jamiyat nizomini haqiqiy emas deb topish haqidagi qismi boʻyicha ish yuritish tugatilib, asosli xulosaga kelingan.
Javobgarning apellatsiya shikoyatida Qonunning 41-moddasida, agar jamiyat ishtirokchisi shikoyatga sabab boʻlgan qarorni qabul qilgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishida ishtirok etgan boʻlsa, mazkur ariza shunday qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran ikki oy ichida berilishi mumkinligi belgilanganligi, MChJ ishtirokchi- larining 2022-yil 7-apreldagi umumiy yigʻilish qaroridagi daʼvogarning imzosi qalbakilashtirilganligi haqida 2022-yil 21-iyunda xatshunoslik ekspertizasi xulosasi olinganligi, daʼvogar ikki oylik daʼvo muddatini oʻtkazib yuborgan holda sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilganligi haqida vajlar keltirilgan.
Biroq, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 153-moddasining ikkinchi qismiga asosan, daʼvo muddati sud tomonidan faqat nizodagi tarafning sud qaror chiqargunicha bergan arizasiga muvofiq qoʻllanadi.
Mazkur holatda birinchi instansiya sudi tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar javobgar tomonidan daʼvo muddatini qoʻllash haqida arz qilinmaganligi, daʼvo muddati oʻtkazib yuborilganligi haqidagi vajlar apellatsiya instansiyasi sudiga taqdim etilganligi sababli sudlov hayʼati javobgarning daʼvo muddatini qoʻllash toʻgʻrisidagi vajlarini asossiz deb hisoblaydi.
Shuningdek, apellatsiya shikoyatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining daʼvo muddatiga oid normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2015-yil 19-iyundagi 282-sonli qarorining 22.3-bandida jamiyatdan chiqarilgan yoki chiqib ketgan ishtirokchining ulushi chiqarilish yoki chiqib ketish sanasidan oldingi oxirgi hisobot davri uchun jamiyatning buxgalteriya hisobotlari maʼlumotlari boʻyicha aniqlanishini inobatga olib, ishdagi hujjatlardan ulush qiymatini aniqlash imkoniyati boʻlmaganda yoki ushbu masala yuzasidan nizo vujudga kelganda taraflarning iltimosiga asosan ulush qiymati ekspertiza tayinlash yoʻli bilan aniqlanishi kerakligi koʻrsatilganligi, biroq birinchi instansiya sudi tomonidan javobgar MChJga haqiqatda kiritgan sarmoya va keyingi taʼsischilar oʻzgargandan keyin kiritilgan sarmoya inobatga olinmaganligi va ekspertiza tayinlanmaganligi haqida vaj keltirilgan.
Ushbu holatda sud tomonidan ishtirokchining MChJ ustav fondidagi ulushi qiymatini aniqlash yoki undirish haqidagi nizo koʻrib chiqilmayotganligi sababli sudlov hayʼati javobgarning yuqoridagi vajlari bilan kelishmaydi.
Bundan tashqari, javobgar vakili sud majlisida jinoyat ishlari boʻyicha Oʻrtachirchiq tuman sudining 2022-yil 31-oktabrdagi hukmi va Toshkent viloyat sudi jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati apellatsiya instansiyasining 2023-yil 13-yanvardagi ajrimi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan kassatsiya instansiyasida koʻrib chiqilib, quyi sud hujjatlari bekor qilinib, ish yangidan koʻrish uchun yuborilganligini maʼlum qildi. Biroq, bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi kassatsiya instansiyasining ajrimi sudga taqdim etilmadi.
Shu bilan birga, jinoyat ishlari boʻyicha sudning hukmi birinchi instansiya sudining hal qiluv qaroriga asos boʻlgan boʻlib, IPK 327-moddasining 4-bandiga asosan, iqtisodiy sudning, fuqarolik ishlari boʻyicha sudning, jinoyat ishlari boʻyicha sudning yoki maʼmuriy sudning mazkur ish boʻyicha sud hujjatini qabul qilishga asos boʻlgan sud hujjati yoxud boshqa organning shunday hujjati bekor qilinganligi qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish uchun asos boʻladi.
IPK 279-moddasining birinchi qismiga koʻra, birinchi instansiya dining hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun ish uchun 7 ahamiyatli holatlarning toʻliq aniqlanmaganligi, sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlarning isbotlanmaganligi, hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq emasligi, moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilganligi asos boʻladi.
Mazkur holatda birinchi instansiya sudi tomonidan ishni koʻrishda moddiy va protsessual huquq normalari buzilmagan, hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalar ish holatlariga muvofiq boʻlib, sud hujjatini bekor qilish yoki oʻzgartirish uchun asoslar mavjud emas.
MChJ tomonidan birinchi instansiya sudining daʼvoni taʼminlash choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan shikoyat qilinmaganligi, IPK 99-moddasining birinchi qismiga asosan, daʼvoni taʼminlash choralari ishni koʻrayotgan sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasiga koʻra bekor qilinishi mumkinligi sababli sudlov hayʼati MChJ vakilining MChJning bank hisobvaraqalariga qoʻyilgan xatlovni bekor qilish toʻgʻrisidagi ogʻzaki iltimosnomasini qanoatlantirishni rad etishni lozim topadi.
Shuningdek, daʼvogar sudga iltimosnoma bilan murojaat qilib, Mirzo Ulugʻbek tuman Davlat xizmatlari markazi tomonidan 2022-yil 20-maydagi va 5-iyuldagi MChJning ulushlarini yangi taqsimot asosida oʻtkazilgan qismini qonunga xilof deb topishni, Mirzo Ulugʻbek tuman Davlat xizmatlari markazi va Mirzo Ulugʻbek tuman soliq inspeksiyasiga MChJning elektron kalit orqali faoliyat olib borishini toʻxtatib qoʻyish Mirzo Ulugʻbek tuman ichki ishlar boʻlimiga MChJning muhrini olib qoʻyish majburiyatini yuklashni, sudning ijro varaqasi Mirzo Ulugʻbek tuman Davlat xizmatlari markaziga taqdim etilganda daʼvogarga tegishli MChJning 10 foizlik ulush tiklanishini soʻradi.
IPK 276-moddasining uchinchi qismiga koʻra, birinchi instansiya sudida koʻrib chiqish predmeti boʻlmagan yangi talablar apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan qabul qilinmaydi va koʻrilmaydi.
Shu sababli sudlov hayʼati daʼvogarning iltimosnomasini qanoatlantirishni rad etishni lozim topadi.
IPK 118-moddasiga asosan sud xarajatlari ishda ishtirok etuvchi shaxslarning qanoatlantirilgan daʼvo talablari miqdoriga mutanosib ravishda ularning zimmasiga yuklatiladi.
Ushbu holatda apellatsiya shikoyati uchun 3.000.000 soʻm davlat boji toʻlanishi lozim boʻlgan holda MChJ tomonidan oldindan 1.650.000 soʻm toʻlanganligi sababli, yetishmayotgan 1.350.000 soʻm davlat boji summasi MChJdan respublika budjetiga undirilishi, apellatsiya shikoyati uchun oldindan toʻlangan pochta xarajatlari MChJning zimmasida qoldirilishi lozim.
Bayon etilganlarga asosan, sudlov hayʼati apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etishni, hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topadi.
Binobarin, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi 278-moddasining 1-bandi va 280-moddasiga asoslanib, sudlov hayʼati
Taraflarning iltimosnomalarini qanoatlantirish rad etilsin.
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 2-fevraldagi hal qiluv qarori oʻzgarishsiz, “T.G.H” MChJ taʼsischisi D.B. apellatsiya shikoyati esa qanoatlantirmasdan qoldirilsin.
“T.G.H.” MChJ hisobidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga 1.350.000 soʻm davlat boji undirilsin.
Ijro varaqasi berilsin.
Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi va mazkur qaror ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir yil ichida kassatsiya shikoyati berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Raislik qiluvchi I. ALIMOV
Hayʼat aʼzolari R. RAShIDOV
M. ERGAShEV
M. ERGAShEV
Toshkent sh.,
2023-yil 3-may,
4-1001-2202/40538-son