Birinchi instansiya sudida ishni koʻrgan sudya O. Qurbonov
Apellatsiya instansiyasida maʼruzachi sudya — M. Bozorov
Apellatsiya instansiyasida maʼruzachi sudya — M. Bozorov
Qashqadaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati apellatsiya instansiyasining
Qarori
4-1802-2204/1148-sonli ish
Qashqadaryo viloyat sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha apellatsiya instansiyasi sudlov xayʼati sudʼya M. Bozorovning raisligida, hayʼat aʼzolari sudyalar D. Raximov va H. Tursunovlardan iborat tarkibda, sudya katta yordamchisi B. Xolmurodovning kotibligida, daʼvogardan “O” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi Avloqulov Sulton, vakili R. Hudoyberdiyev, javobgardan H. Aning ishonchli vakili S. A va S. Alar ishtirokida, Shahrisabz tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 5-sentabrdagi hal qiluv qarorining qonuniyligi va asosliligini “O” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi Avloqulov Sultonning apellatsiya shikoyati asosida iqtisodiy ish hujjatlari bilan birgalikda, Qashqadaryo viloyat sudi binosida ochiq sud majlisida VKA orqali (Shahrisabz va Kitob tuman sudlar koʻmaklashuvida) koʻrib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Daʼvogar “O” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi Avloqulov Sulton, “O” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischilari X. A, R. A, N. U, S. A va “O” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga nisbatan daʼvo arizasi bilan sudga murojaat qilib, javobgar “O” masʼuliyati cheklangan jamiyati balansida boʻlgan Kitob shahri, Katta Yoʻl koʻchasi hududida joylashgan “S” sining birinchi qavatidagi bir xonasi va shunga mutanosib yer toʻlasi A. S 2.54 %, A. X 2.54 %, A. R. 2.30 %, U. N. 2.54 % va A. S 2.54 % jami 5 kishidan iborat ulushdorlar oʻrtasida ulushiga teng miqdorda (qismiga) foydalanishni sud tartibida belgilab berishni soʻragan.
Birinchi bosqich sudining 2022-yil 5-sentabrdagi hal qiluv qarori bilan daʼvo qanoatlantirilib, javobgar “O” masʼuliyati cheklangan jamiyati balansida boʻlgan Kitob tuman A. Qushchi MFY, Katta Yoʻl koʻchasida joylashgan “S” ning birinchi qavatidagi bir xonasi va shunga mutanosib ravishda yer toʻlasidan 2.54 % ulushdor A.S.Y. 2.54 % ulushdor A.X.X. 2.30 % ulushdor A.R. R. 2.54 % ulushdor U.N.T va 2.54 % ulushdor A.S.M jami 5 (besh) nafar ulushdorlar oʻrtasida ulushiga teng miqdorda (qismiga) foydalanish belgilangan, javobgar “O” masʼuliyati cheklangan jamiyati hisobidan daʼvogar A.S.Y. foydasiga oldindan toʻlangan 3 000 000 soʻm davlat boji va 24 000 soʻm pochta xarajati undirilgan.
Ish yuzasidan “O” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi A. S. tomonidan apellatsiya shikoyati keltirilib, unda birinchi instansiya sudi hal qiluv qarori qabul qilishda protsessual huquq normalari notoʻgʻri qoʻllanilganligi, 28 kv.metrdan iborat bino xonasining ulushdorlar oʻrtasida chegaralari belgilanmaganligi, foydalanish tartibi aniq koʻrsatilmaganligini bayon etib, hal qiluv qarorini oʻzgartirish soʻralgan.
Qashqadaryo viloyat sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha apellatsiya instansiyasi sudlov hayʼatining 2023-yil 23-fevraldagi ajrimi bilan ekspert xulosasini olish uchun H. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi Qashqadaryo viloyat boʻlimiga ekspertiza tayinlanib, ish yuritish toʻxtailgan.
Qashqadaryo viloyat sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha apellatsiya instansiyasi sudlov hayʼatining 2023-yil 5-apreldagi ajrimi bilan ish yuritish tiklangan.
Sud majlisida ishtirok etgan daʼvogar va uning vakili, apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni, hal qiluv qarorini oʻzgartirishni soʻradi.
Sud majlisida ishtirok etgan javobgar H. Aning ishonchli vakili S. A. apellatsiya shikoyatini qanoatlantirib, hal qiluv qarorini oʻzgartirishni soʻradi.
Sud majlisi muhokamasida qatnashgan javobgar S.A. qonuniy qaror qabul qilishni soʻradi.
Bugungi sud majlisining oʻtkazilish vaqti va joyi toʻgʻrisida “O” masʼuliyati cheklangan jamiyati, A. X., A. R., U. Nlar qonunda belgilangan tartibda xabardor qilingan boʻlsa-da, uning vakili ishtirok etmadi, apellatsiya shikoyati yuzasidan fikr bildirmadi.
Bunday holda sud ishni Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi 274-moddasiga asosan sud majlisini daʼvogar vakillarining ishtirokisiz koʻrib chiqishni lozim deb hisoblaydi.
Apellatsiya instansiya sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini tinglab, apellatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagilarga koʻra birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgartirishni, apellatsiya shikoyatini qisman qanoatlantirishni lozim topdi.
Ishdagi hujjatlarga koʻra, javobgar “O” masʼuliyati cheklangan jamiyati ustavi Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Davlat xizmatlari markazi tomonidan 2021-yil 8-iyulda 524372-son reyestr raqami bilan qayta roʻyxatga olingan boʻlib, unga koʻra A.S.S. 12,43 %, A.R.R. 2.30%, B.R.S. 12,6 7%, A.S.M 2.54 %, A.X.X. 2.54 %, A.O.A. 12,45 %, U.N.T. 2.54 %, S.Gʻ.K. 50 %, A.S.Y. 2.54 % ulushga ega boʻlgan jamiyat ishtirokchilari hisoblagan.
Javobgar “O” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli Kitob tuman A.Qushchi MFY, Katta Yoʻl koʻchasida joylashgan “S” 2021-yil 1-noyabrda davlat roʻyxatiga olinib, unga egalik huquqi berilgan.
Bino foydalanishga topshirilgandan soʻng jamiyat aʼzolari oʻzaro kelishib, binoning kirishda chap tomondagi toʻrt xonadan iborat qismi va shunga mutanosib ravishda yer toʻlasi bilan 50% ulushdor S.Gʻ. K., oʻng tomondagi toʻrt xonadan iborat boʻlgan qismining bir xonasi va shunga mutanosib ravishda yer toʻlasi bilan 12.67% ulushdor B.R. S., ikkinchi xonasi va shunga mutanosib ravishda yer toʻlasi bilan 12.45% ulushdor A.O. A., uchinchi xonasi va shunga mutanosib yer toʻlasi bilan 12,43% ulushdor A.S. Slarga berilgan.
Qolgan bir xonasi, yer toʻlasi bilan 2.54 % ulushdor A.S.Y., 2.54 % ulushdor A.X.X, 2.30 % ulushdor A.R.R, 2.54% ulushdor U.N.T. va 2.54 % ulushdor A.S.Mlar oʻrtasida ulushlariga mutanosib ravishda foydalanish uchun taqsimlanmaganligi va ular oʻzaro kelishuvga erishilmaganligi sababli undan foydalanish boʻyicha nizo chiqqan.
Shu sababli, daʼvogar sudga daʼvo arizasi bilan murojaat etib, 5 kishidan iborat ulushdorlar oʻrtasida ulushiga teng miqdorda (qismiga) foydalanishni sud tartibida belgilab berishni soʻragan.
Birinchi bosqich shunday hal qiluv qarori qabul qilishda ertachi xulosaga kelgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 216-moddasi birinchi qismiga muvofiq, ikki yoki undan ortiq shaxsning egaligida boʻlgan mol-mulk ularga umumiy mulk huquqi asosida tegishli boʻladi, ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq, mol-mulk mulkdorlardan har birining mulk huquqidagi ulushi aniqlab qoʻyilgan (ulushli mulk) yoki bunday ulushlar aniqlab qoʻyilmagan (birgalikdagi mulk) holda umumiy mulk boʻlishi mumkin, ushbu moddaning oltinchi qismiga muvofiq, birgalikdagi mulk ishtirokchilarining kelishuviga muvofiq, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa sudning qaroriga muvofiq umumiy mol-mulk bu shaxslarning ulushli mulki qilib belgilab qoʻyilishi mumkin.
FKning 219-moddasi birinchi qismiga muvofiq, ulushli mulkdagi umumiy mol-mulkka egalik qilish va undan foydalanish uning barcha ishtirokchilari kelishuviga muvofiq amalga oshiriladi. Bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda, ulushli mulkdagi umumiy mol-mulkka egalik qilish va undan foydalanish sud tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq, ulushli mulk ishtirokchisi umumiy mol-mulkning ishtirokchi ulushiga teng boʻlgan qismi oʻzining egaligiga va foydalanishiga berilishiga, buning iloji boʻlmagan taqdirda esa - oʻz ulushi boʻlgan mol-mulkka egalik qilayotgan va undan foydalanayotgan boshqa ishtirokchilardan tegishli haq talab qilish huquqiga ega.
Shu bois, daʼvogar javobgar “O” masʼuliyati cheklangan jamiyati balansida boʻlgan Kitob tuman A. Qushchi MFY, Katta Yoʻl koʻchasida joylashgan “S”ning birinchi qavatidagi bir xonasi va shunga mutanosib ravishda yer toʻlasi bilan 2.54 % ulushdor A.S.Y., 2.54 % ulushdor A.X.X, 2.30 % ulushdor A.R.R, 2.54% ulushdor U.N.T. va 2.54 % ulushdor A.S.Mlar oʻrtasida ulushiga teng miqdorda (qismiga) foydalanishni sud tartibida belgilab berish soʻragan.
Oʻzbekiston Respblikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi Qashqadaryo viloyat boʻlimining 2023-yil 28-martdagi xulosasida “O” masʼuliyati cheklangan jamiyati balansida boʻlgan Kitob tuman A. Qushchi MFY, Katta Yoʻl koʻchasida joylashgan “S”ning birinchi qavatidagi bir xonasi va shunga mutanosib ravishda yer toʻlasi bilan 2.54 % ulushdor A.S. Y. (1.01 kv.m) , 2.54 % ulushdor A.X.X (1.01 kv.m), 2.30 % ulushdor A.R.R. (0,90 kv.m), 2.54 % ulushdor U.N.T (1.01 kv.m) va 2.54 % ulushdor A.S.M. (1.01 kv.m) miqdorda foydalanish miqdori belgilab berilgan.
Birinchi bosqich sudi taʼsischilar oʻrtasidagi ulushlarni teng miqdorda foydalanishni belgilab bergan boʻlsada, lekin uning miqdorini yaʼni kv.m aniqlashtirib berilmagan.
Chunki, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 176-moddasi 6-qismida sudning hal qiluv qarori qonuniy va asoslantirilgan boʻlishi kerak. U sud majlisida tekshirilgan dalillargagina asoslangan boʻlishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi IPK ning 278-moddasi birinchi qismi 3-bandida apellatsiya instansiyasi hal qiluv qarorini oʻzgartirish vakolatiga ega ekanligi belgilangan.
IPK 279-moddasi birinchi qismi 3-bandiga koʻra, hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq emasligi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asos boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 118-moddasiga asosan sud xarajatlari ishda ishtirok etuvchi shaxslarning qanoatlantirilgan daʼvo talablari miqdoriga mutanosib ravishda ularning zimmasiga yuklatiladi, daʼvogar toʻlashdan belgilangan tartibda ozod qilingan davlat boji, agar javobgar boj toʻlashdan ozod qilinmagan boʻlsa, qanoatlantirilgan daʼvo talablari miqdoriga mutanosib ravishda javobgardan respublika budjeti daromadiga undiriladi.
Apellatsiya sudlov hayʼati, apellatsiya shikoyatini qisman qanoatlantirishni, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgartirishni, hal qiluv qarorini javobgar “O” masʼuliyati cheklangan jamiyati balansida boʻlgan Kitob tuman A.Qushchi MFY, Katta Yoʻl koʻchasida joylashgan “S”ning birinchi qavatidagi bir xonasi va shunga mutanosib ravishda yer toʻlasi bilan 2.54% ulushdor A.S. Y., 2.54% ulushdor A.X. XXX, 2.30% ulushdor A.R. R., 2.54% ulushdor U.N. T. va 2.54% ulushdor A.S. Mlar 5 kishidan iborat ulushdorlar oʻrtasida ulushiga teng miqdorda (qismiga) foydalanishni” “O” masʼuliyati cheklangan jamiyati balansida boʻlgan Kitob tuman A.Qushchi MFY, Katta Yoʻl koʻchasida joylashgan “S”ning birinchi qavatidagi bir xonasi va shunga mutanosib ravishda yer toʻlasi bilan 2.54% ulushdor A.S. Y. (1.01 kv.m) , 2.54% ulushdor A.X. XXX (1.01 kv.m), 2.30% ulushdor A.R. R (0,90 kv.m), 2.54% ulushdor U.N. T. (1.01 kv.m) va 2.54% ulushdor A.S. M.(1.01 kv.m) miqdorda foydalanish miqdori belgilab berilsin deb oʻzgartirishni, hal qiluv qarorini qolgan qismini oʻzgarishsiz qoldirishni, daʼvogar tomonidan apellatsiya instansiyasi uchun toʻlab chiqilgan 1.500.000 soʻm davlat boji va 30.000 soʻm pochta harajatini “O” masʼuliyati cheklangan jamiyatidan, A. S. foydasiga undirishni, shuningdek “O” masʼuliyati cheklangan jamiyatidan 82.500 soʻm VKA harajatini undirishni lozim topdi.
Yuqoridagilarga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 118, 274 — 279, 280-moddalarini qoʻllab, sudlov hayʼati qaror qiladi:
“O” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi A.S. tomonidan keltirilgan apellatsiya shikoyati qisman qanoatlantirilsin.
Shahrisabz tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 5-sentabrdagi hal qiluv qarori oʻzgartirilsin.
Hal qiluv qarorini “O” masʼuliyati cheklangan jamiyati balansida boʻlgan Kitob tuman A. Qushchi MFY, Katta Yoʻl koʻchasida joylashgan “S”ning birinchi qavatidagi bir xonasi va shunga mutanosib ravishda yer toʻlasi bilan 2.54% ulushdor A.S. Y., 2.54% ulushdor A.X. XXX, 2.30% ulushdor A.R. R., 2.54% ulushdor U.N. T. va 2.54% ulushdor A.S. Mlar 5 kishidan iborat ulushdorlar oʻrtasida ulushiga teng miqdorda (qismiga) foydalanishni” “O” masʼuliyati cheklangan jamiyati balansida boʻlgan Kitob tuman A. Qushchi MFY, Katta Yoʻl koʻchasida joylashgan “S”ning birinchi qavatidagi bir xonasi va shunga mutanosib ravishda yer toʻlasi bilan 2.54% ulushdor A. S. Y. (1.01 kv.m) , 2.54% ulushdor A.X. XXX (1.01 kv.m), 2.30% ulushdor A.R. R. (0,90 kv.m), 2.54% ulushdor U.N. T. (1.01 kv.m) va 2.54% ulushdor A.S. M. (1.01 kv.m) miqdorda foydalanish miqdori belgilab berilsin deb oʻzgartirilsin.
Hal qiluv qarorini qolgan qismi oʻzgarishsiz qoldirilsin.
Apellatsiya instansiyasi uchun toʻlab chiqilgan 1.500.000 soʻm davlat boji va 30.000 soʻm pochta harajati “O” masʼuliyati cheklangan jamiyatidan, A. S. foydasiga undirilsin.
“O” masʼuliyati cheklangan jamiyatidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining depozit hisob raqamiga 82.500 soʻm sud harajati undirilsin.
Ijro varaqalari berilsin.
Qaror qabul qilingan paytdan boshlab qonuniy kuchga kiradi.
Qaror ustidan Oʻzbekistan Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy sudlov xayʼatiga kassatsiya tartibida shikoyat berish mumkin.
Raislik etuvchi: M. BOZOROV
Hayʼat aʼzolari: D. RAXIMOV
H. TURSUNOV
Qarshi sh.
2023-yil 18-may,
4-1802-2204/1148-son