02.05.2023 yildagi 4-1905-2203/2240-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati kassatsiya instansiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Birinchi instansiya sudida ishni koʻrgan sudya –– S. XUSANOV
Apellatsiya instansiyasida maʼruzachi sudya –– S. ALLABERDIYEV
Kassatsiya instansiyasida maʼruzachi sudya –– V. SATTOROVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati sudya B. Sayfullayevning raisligida, hayʼat aʼzolari sudyalar R. Sagatov va V. Sattorovadan iborat tarkibda, Z. Qodirovning kotibligida, javobgar AT Xalq banki vakillari F.N (2023-yil 4-yanvardagi 03-33-3/1-sonli ishonchnoma asosida), Sh.R (2022-yil 8-iyundagi 10/30-sonli ishonchnoma asosida), javobgar “D avtoshohbekati” masʼuliyati cheklangan jamiyati vakillari X.N (rahbar, taʼsischi), A.R (direktor oʻrinbosari), uchinchi shaxs A.F (jamiyat taʼsischisi)ning ishtirokida, daʼvogar “D avtoshohbekati” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi M.A javobgarlar AT Xalq banki, “D avtoshohbekati” masʼuliyati cheklangan jamiyati va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius S.J.Shga nisbatan AT Xalq banki va “D avtoshohbekati” masʼuliyati cheklangan jamiyati oʻrtasida 2021-yil 12-martda tuzilgan ipoteka shartnomasini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi arizasi boʻyicha qabul qilingan Denov tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 15-noyabrdagi hal qiluv qarori va Surxondaryo viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 14-fevraldagi qarori ustidan “D avtoshohbekati” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischilari X.N va A.F tomonidan berilgan kassatsiya shikoyati asosida ishni Oliy sudning binosida boʻlib oʻtgan ochiq sud majlisida koʻrib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AT Xalq banki (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi)ning Surxondaryo viloyat filiali va “D avtoshohbekati” masʼuliyati cheklangan jamiyati (bundan buyon matnda javobgar deb yuritiladi) oʻrtasida 2021-yil 12-fevralda 138-sonli kredit shartnomasi tuzilib, unga koʻra, bank javobgarga jamiyatni kapital taʼmirlash maqsadida 60 oy muddatga, 12 oylik imtiyozlik davri bilan, 5 000 000 000 soʻm miqdorida kredit ajratish, javobgar esa ajratilgan kredit mablagʻlari uchun belgilangan muddatlarda va miqdorda asosiy qarz va foizlarni toʻlash, kredit qarzini garov narsasi bilan taʼminlash majburiyatini olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga koʻra, bank tomonidan javobgarga 5 000 000 000 soʻm miqdorida kredit mablagʻlari ajratib berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit qaytarilishining taʼminoti sifatida bank filiali va javobgar oʻrtasida 2021-yil 12-martda ipoteka shartnomasi tuzilgan va u notarial tartibda tasdiqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ipoteka shartnomasiga koʻra, javobgar oʻziga tegishli boʻlgan Surxondaryo viloyati, D shahri, Sh.R koʻchasi, 352-uyda joylashgan, umumiy maydoni 2808,0 kv.m., foydalanish maydoni 3060,77 kv.m., umumiy yer maydoni 24000,0 kv.m.dan iborat boʻlgan bino-inshootlarini yerdan foydalanish huquqi bilan birga kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻygan hamda garov narsasi taraflarning kelishuviga muvofiq 6 250 000 000 soʻmga baholangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgar oʻz shartnomaviy majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi va kredit hamda unga hisoblangan foizlarni oʻz vaqtida toʻlamaganligi sababli Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi bank manfaatida Denov tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat etib, javobgar va “Buyuk Ipak Yoʻli” ixtisoslashtirilgan bozori masʼuliyati cheklangan jamiyatidan bank foydasiga 4 895 833 333 soʻm muddatli asosiy kredit qarzi, 104 166 667 soʻm muddati oʻtgan kredit qarzi, 294 405 820 soʻm muddati oʻtgan kredit foizi va 59 785 875 soʻm penya, jami 5 354 191 659 soʻmni undirishni, undiruvni javobgarga tegishli boʻlgan Denov tumani, Sh.R koʻchasida joylashgan yer uchastkasining maydoni 2,40 ga., boʻlgan bino va inshootlarga qaratishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2022-yil 10-avgustdagi 4-1905-2201/643-sonli iqtisodiy ish doirasida qabul qilingan hal qiluv qaroriga asosan, daʼvo talablari qisman qanoatlantirilib, javobgardan bank foydasiga 4 895 833 333 soʻm muddatli asosiy kredit qarzi, 104 166 667 soʻm muddati oʻtgan asosiy kredit qarzi, 294 405 820 soʻm kredit foizi, 15 942 899,5 soʻm penya, jami 5 310 348 719,5 soʻm va 24 000 soʻm pochta xarajati undirilib, undiruvning 5 000 000 000 soʻm qismi “Buyuk Ipak Yoʻli” ixtisoslashtirilgan bozori masʼuliyati cheklangan jamiyatidan solidar tartibda undirilgan, undiruv garov narsasiga qaratilishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgarning 27,37 foiz ulushga ega ishtirokchisi M.A.Yo Denov tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar va qoʻshimcha javobgar xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius J.Sh.Sga nisbatan bank va javobgar oʻrtasida 2021-yil 12-martda tuzilgan 202002009001276-sonli raqam bilan qayd etilgan ipoteka shartnomasini haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2022-yil 10-oktabrdagi ajrimi bilan ishga javobgarning 30 foiz ulushga ega taʼsischisi A.F va 10 foiz ulushga ega taʼsischisi “D Fayz trans” masʼuliyati cheklangan jamiyatining yagona taʼsischisi X.N nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs sifatida, 2022-yil 10-noyabrdagi ajrimi bilan Davlat kadastrlari palatasi Denov tuman boʻlimi nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida jalb qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Denov tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 15-noyabrdagi hal qiluv qarori bilan daʼvogarning daʼvo talabi qisman qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiya sudining 2023-yil 14-fevraldagi qarori bilan hal qiluv qarori bekor qilinib, yangi qaror qabul qilingan, daʼvo talabini qanoatlantirish rad qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish boʻyicha nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs sifatida jalb qilingan javobgar taʼsischilari X.N va A.Flarning kassatsiya shikoyatida sud qarorlarini bekor qilib, ishni yangidan koʻrib chiqish uchun birinchi instansiya sudiga yuborish soʻralgan. Bunga asos qilib, bank va javobgar oʻrtasida tuzilgan ipoteka shartnomasi yirik bitim hisoblanishi, biroq yirik bitim tuzish toʻgʻrisida jamiyat mulkdorlarining roziligi olinmaganligi, jamiyat sobiq rahbari koʻchmas mulklarni ikki barovar arzon baholatganligi, jamiyat balansidagi 2,40 ga yer maydonini baholatmagan holda garovga qoʻyganligi, ular bu toʻgʻrisida birinchi instansiyada ish koʻrish jarayonida bilganliklarini, birinchi va apellatsiya instansiyasi sudlari ularning bu vajlariga baho bermaganligini koʻrsatgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida ishtirok etgan taʼsischilar kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni quvvatlab, sud hujjatlarini bekor qilishni va ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishni soʻrashdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida ishtirok etgan bank vakili kassatsiya shikoyatiga eʼtiroz bildirib, baholashda yer maydoni inobatga olinganligi, garovdagi mulk bahosi bank bilan kelishilganligini bildirib, kassatsiya shikoyatini qanoatlantirmasdan, apellatsiya instansiyasining qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tartibda xabardor qilingan daʼvogar va xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius sud majlisida oʻz vakili ishtirokini taʼminlamadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) 297-moddasining toʻrtinchi qismiga koʻra, kassatsiya instansiyasi sudining sud majlisiga sud muhokamasini oʻtkazish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan, kassatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning kelmaganligi ishni ularning ishtirokisiz koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuning uchun sudlov hayʼati ishni ularning vakillari ishtirokisiz koʻrib chiqishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati taraflar vakillarining tushuntirishlarini tinglab, shikoyatda keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra sud hujjatlarini bekor qilishni, ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, 2010-yil 16-iyunda berilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaga koʻra, D shahri, Sh.R koʻchasida joylashgan avtoshohbekat binolari 2,40 ga yer maydoni bilan birgalikda doimiy foydalanish huquqi asosida javobgarga tegishli boʻlib hisoblanadi (kadastr raqami 19:04:18:01:18:890).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“D baholash” masʼuliyati cheklangan jamiyatining 2021-yil 5-fevraldagi 020/02-21-sonli baholash hisobotiga koʻra, javobgarga tegishli mol-mulklar 12 541 422 032 soʻmga baholangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“D baholash” masʼuliyati cheklangan jamiyatining 2022-yil 7-dekabrdagi 22-sonli xati bilan, 2021-yil 5-fevraldagi hisobotda javobgarga qarashli yerdan foydalanish huquqi 19 000 kv.metr va qurilish osti maydoni 2728,0 kv.metrdan iboratligi, bozor bahosini aniqlashda foydalanilganligi, javobgarning 19 000 kv.metr yer maydoni va qurilish osti maydoni 2728,0 kv.metr boʻlgan qismi bino va inshootlarga qoʻshib baholanganligi maʼlum qilingan (yer uchastkasining kadastr raqami 19:04:18:01:18:0803).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar oʻrtasida 2021-yil 12-martda tuzilgan ipoteka shartnomasi bilan, javobgarga tegishli umumiy maydoni 2808,0 kv.metr, foydalanish maydoni 3060,77 kv.metr, umumiy yer maydoni 24 000 kv.metr boʻlgan avtoshohbekat binolari garovga qoʻyilgan (yer uchastkasining kadastr raqami 19:04:18:01:18:0803).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holatda sudlar tomonidan ipoteka shartnomasida koʻrsatilgan kadastr raqami 19:04:18:01:18:0803 boʻlgan yer maydoniga qoʻshib alohida kadastr raqami, yaʼni 19:04:18:01:18:890ga ega boʻlgan 2,40 gektarlik yer maydoni baholash hisobotiga kiritilganligi yoki kiritilmaganligiga, ushbu yer maydoni kiritilgan boʻlsa baholangan yoki baholanmaganligiga aniqlik kiritilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaholanki, ushbu masala ish uchun muhim hisoblanadi, chunki daʼvo asosi ham shu masala bilan bogʻliq. Bu esa qoʻyi sudlar tomonidan ish holatlari toʻliq aniqlanmaganligidan dalolat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, 2023-yil 30-aprel kuni MChJ sobiq rahbari va boshqarlarga nisbatan JKning 228-moddasi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va dastlabki tergov harakatlari olib borilayotganligi Denov tuman prokuraturasining 2023-yil 1-maydagi 4-187892/23-sonli xatida maʼlum qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga koʻra, qoʻzgʻatilgan jinoyat ishining mazkur iqtisodiy ishga aloqadorligini, shuningdek MChJning rahbarini aniqlab, MChJ nomidan tegishli tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomaga ega boʻlgan vakilining ishtirokini taʼminlash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 301-moddasining 3-bandida kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha ushbu Kodeks 302-moddasi birinchi qismining 1-bandida va toʻrtinchi qismining 4 va 7-bandlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda, hal qiluv qarorini, qarorni bekor qilishga va ishni yangidan koʻrish uchun sud hujjati bekor qilingan sud instansiyasiga yuborishga haqli ekanligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 302-moddasining birinchi qismiga koʻra, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun ish uchun ahamiyatli holatlarning toʻliq aniqlanmaganligi, sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlarning isbotlanmaganligi, hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq emasligi, moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilganligi asos boʻladi. Mazkur holatda quyi sudlar tomonidan ish uchun ahamiyatli holatilari toʻliq oʻrganilmagan. Shu sababli sudlov hayʼati, kassatsiya shikoyatini qisman qanoatlantirishni, sud hujjatlarini bekor qilib, ishni mazmunan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishni lozim deb topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi ishni yangidan koʻrishda 19:04:18:01:18:0803 va 19:04:18:01:18:890 kadastr raqamiga ega boʻlgan yer maydonlari ipoteka shartnomasi boʻyicha garovga garovga qoʻyilganligi, ushbu yer maydoni baholash hisobotida aks ettirilganligi holatiga, jinoyat ishining mazkur iqtisodiy ishga aloqadorligini, MChJ rahbari va vakilllarning vakolatlarini aniqlashtirib, moddiy hamda protsessual huquq normalarini toʻgʻri qoʻllagan holda ishni koʻrish natijasi boʻyicha qonuniy va asoslantirilgan sud hujjati qabul qilishi, sud harajatlarini taqsimlashda ishni kassatsiya instansiya sudida koʻrishi bilan bogʻliq VKS harajatlarini ham undirilishi lozim boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarga asosan va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 118, 301 — 303-moddalarini qoʻllab, sudlov hayʼati qaror qildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish boʻyicha nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs sifatida jalb qilingan javobgar taʼsischilari X.N va A.Fning kassatsiya shikoyati qisman qanoatlantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Denov tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 15-noyabrdagi hal qiluv qarori va Surxondaryo viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 14-fevraldagi qarori bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish yangidan birinchi instansiya sudda mazmunan koʻrish uchun Denov tumanlararo iqtisodiy sudiga yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi: B. SAYFULLAYEV
hayʼat aʼzolari: R. SAGATOV
V. SATTOROVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 2-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-1905-2203/2240-son