05.05.2023 yildagi 4-14-2203/6-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI IQTISODIY IShLAR BOʻYIChA SUDLOV HAYʼATI KASSATSIYA INSTANSIYASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati sudya B. Sayfullayevning raisligida, hayʼat aʼzolari sudyalar V. Sattorova va Sh. Mirzaxakimovdan iborat tarkibda, Z. Qodirovning kotibligida, ishni videokonferensaloqa rejimida koʻrishga koʻmaklashayotgan Samarqand viloyat sudining xodimi D. Mamatazimov, ATB “Turon bank” vakillari Sh.K (2023-yil 5-yanvardagi ishonchnoma asosida), D.Q (2023-yil 25-apreldagi ishonchnoma asosida), “BPE” masʼuliyati cheklangan jamiyati vakili O.S (taʼsischi), “SIP” masʼuliyati cheklangan jamiyati ishtirokchisi M.Bning vakili Sh.D (2022-yil 2-martdagi 000081-sonli order asosida)ning ishtirokida, daʼvogar “S.I.P” masʼuliyati cheklangan jamiyati ishtirokchisi M.Bning javobgarlar “S.I.P” masʼuliyati cheklangan jamiyati va “B.P.E” masʼuliyati cheklangan jamiyati hamda uchinchi shaxs “S.I.P” masʼuliyati cheklangan jamiyati ishtirokchisi Sh.Sga nisbatan “S.I.P” masʼuliyati cheklangan jamiyati va “B.P.E” masʼuliyati cheklangan jamiyati oʻrtasida 2021-yil 20-dekabrda tuzilgan koʻchmas mulk oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topish va bitimning haqiqiy emasligining oqibatlarini qoʻllash toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi yuzasidan qoʻzgʻatilgan iqtisodiy ish boʻyicha qabul qilingan Samarqand viloyat sudining 2022-yil 10-maydagi hal qiluv qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati apellatsiya instansiyasining 2022-yil 14-iyuldagi qarori ustidan ATB “Turon bank” tomonidan berilgan kassatsiya shikoyati asosida ishni Oliy sud binosida videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilgan ochiq sud majlisida koʻrib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand shahar Davlat xizmatlari markazi tomonidan 2018-yil 29-dekabrda 127426-sonli raqam bilan roʻyxatga olingan “S.I.P” masʼuliyati cheklangan jamiyati (bundan buyon matnda MChJ yoki jamiyat deb yuritiladi) ustaviga koʻra, jamiyatning ustav jamgʻarmasi quyidagicha taqsimlangan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro S.Sh.Oʻ — ustav fondidagi ulushi 7 000 000 soʻm (0,39 foiz);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el (Qrim Avtonom Respublikasi) fuqarosi M.B.M — ustav fondidagi ulushi 1 756 375 871 soʻm (99,61 foiz).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat (sotuvchi) va “B.P.E” MChJ (bundan buyon matnda sotib oluvchi yoki xaridor deb yuritiladi) oʻrtasida 2021-yil 20-dekabrda MChJga tegishli Jomboy tumani, Qoramuyin mahallasi, Oqqovun qishlogʻida joylashgan umumiy foydali maydoni 6 404,0 kv.metr, qurilish osti maydoni 6 901,20 kv.metr boʻlgan parrandachilik fermasi va parranda goʻshtini qayta ishlash sexi binosini (bundan buyon matnda mol-mulklar deb yuritiladi) 30 000 000 soʻmga sotish toʻgʻrisida oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma taraflari oʻrtasida 2021-yil 20-dekabrda sotilgan mol-mulklarni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ishtirokchisi M.B.M (bundan buyon matnda daʼvogar deb yuritiladi) oldi-sotdi shartnomasi yirik bitim hisoblanishi va u MChJ ishtirokchilarining umumiy yigʻilish qarorisiz tuzilganligi, bu bilan daʼvogarning manfaati buzilganligini asos qilib, javobgarlar MChJ hamda sotib oluvchi va uchinchi shaxs MChJ ishtirokchisi Sh.Sga nisbatan iqtisodiy sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, MChJ hamda sotib oluvchi oʻrtasida 2021-yil 20-dekabrda tuzilgan koʻchmas mulk oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topishni va bitimning haqiqiy emasligining oqibatlarini qoʻllashni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2022-yil 27-apreldagi ajrimi bilan ATB “Turon bank” (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi) nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida ishga jalb qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2022-yil 10-maydagi hal qiluv qarori bilan daʼvogarning daʼvo arizasi qanoatlantirilib, 2021-yil 20-dekabrda taraflar oʻrtasida tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi haqiqiy emas deb topilgan hamda bitimning haqiqiy emasligining oqibatlari qoʻllanilib, unga koʻra shartnoma boʻyicha qabul qilib olingan Jomboy tumani, Qoramuyin mahallasi, Oqqovun qishlogʻida joylashgan umumiy foydali maydoni 6 404,0 kv.metr, qurilish osti maydoni 6 901,20 kv.metr boʻlgan parrandachilik fermasi va parranda goʻshtini qayta ishlash sexi binosini MChJga qaytarish, Jamiyat tomonidan 2021-yil 20-dekabrdagi shartnoma boʻyicha olingan 30 000 000 soʻm pul mablagʻlarini sotib oluvchiga qaytarish belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati apellatsiya instansiyasining 2022-yil 14-iyuldagi qarori bilan hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankning kassatsiya shikoyatida hal qiluv qarori hamda apellatsiya instansiyasi sudining qarorini bekor qilib, daʼvogarning daʼvo talabini qanoatlantirishni rad etish soʻralgan. Bunga asos qilib, sotib oluvchi tomonidan jamiyatdan sotib olingan mol-mulklar bankdan olingan kreditning qaytarilishining taʼminoti sifatida garovga qoʻyilganligi, sud tomonidan bank manfaatlari umuman oʻrganilmaganligi, apellatsiya instansiyasi sudi bankni ishga jalb qilmaganligi, bank manfaatlari hech kim tomonidan himoyalanmaganligi, sotib oluvchi bilan bank oʻrtasida kredit shartnomasi tuzilganidan soʻng ushbu taraflar oʻrtasida 2022-yil 17-martda garov shartnomasi qonun talablari asosida tuzilganligi, kreditning maqsadli ishlatilishi boʻyicha bank xodimlari tomonidan motinoring olib borilganligi haqida vajlar keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida ishtirok etgan bank hamda sotib oluvchi vakillari kassatsiya shikoyatini qoʻllab-quvvatlab, mol-mulklarni sotish boʻyicha daʼvogar MChJ rahbariga ishonchnoma berganligini, aslida oldi-sotdi shartnomasini tuzish haqida MChJ ishtirokchilarining umumiy yigʻilish qarori mavjud boʻlganligi, biroq u sotib oluvchiga taqdim etilmaganligini bildirishdi va sud qarorlarini bekor qilishni soʻrashdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar vakili jamiyat direktoriga daʼvogar tomonidan berilgan ishonchnoma MChJ umumiy yigʻilishida ishtirok etish haqida berilmaganligi, qonun va MChJ ustavi talabiga koʻra MChJga tegishli mol-mulklarni sotish uchun jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilish qarori boʻlishi kerakligi, biroq bunday qaror mavjud emasligi, bundan tashqari bank tomonidan kassatsiya shikoyatida koʻrsatilgan garov shartnomasi sudning 2022-yil 5-oktabrdagi hal qiluv qarori bilan haqiqiy emas deb topilganligini bildirib, kassatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati ishda ishtirok etuvchi shaxslar vakillarining tushuntirishlarini, shikoyatda keltirilgan vajlarni ishdagi va taqdim etilgan qoʻshimcha hujjatlar bilan birga muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra sud hujjatlarini bekor qilib, ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishni, kassatsiya shikoyatini qisman qanoatlantirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan aniqlanishicha, Samarqand shahar Davlat xizmatlari markazi tomonidan 2018-yil 29-dekabrda 127426-sonli raqam bilan roʻyxatga olingan MChJning ustaviga koʻra, jamiyatning ustav jamgʻarmasi quyidagicha taqsimlangan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro S.Sh.Oʻ — ustav fondidagi ulushi 7 000 000 soʻm (0,39 foiz);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el (Qrim Avtonom Respublikasi) fuqarosi M.B.M — ustav fondidagi ulushi 1 756 375 871 soʻm (99,61 foiz).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat (sotuvchi) va sotib oluvchi oʻrtasida 2021-yil 20-dekabrda tuzilgan shartnomaga koʻra MChJga tegishli mol-mulklar “B.P.E” MChJga sotilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma taraflari oʻrtasida 2021-yil 20-dekabrda sotilgan mol-mulklarni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi tuzilgan. Unda sotilgan mol-mulklarning qiymati xaridor tomonidan toʻliq toʻlab berilganligi sababli, mol-mulklar sotib oluvchiga topshirilganligi koʻrsatilgan. Shartnoma va dalolatnoma jamiyat direktori M.A tomonidan imzolangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Masʼuliyati cheklangan va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi)ning 44-moddasiga binoan, agar jamiyatning ustavida yirik bitimlarning ancha katta miqdori nazarda tutilgan boʻlmasa, bunday bitimlarni tuzish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinadigan kundan oldingi oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya hisobotlari maʼlumotlari asosida aniqlangan jamiyat mol-mulki qiymatining yigirma besh foizidan ortiq qiymatga ega boʻlgan mol-mulkni jamiyatning olishi, tasarrufidan chiqarishi yoki jamiyat bevosita yoxud bilvosita mol-mulkni tasarrufidan chiqarishi ehtimoli bilan bogʻliq boʻlgan bitim yoki oʻzaro bogʻliq bir necha bitim yirik bitim deb hisoblanadi. Jamiyatning odatdagi xoʻjalik faoliyati jarayonida tuziladigan bitimlar yirik bitimlar deb eʼtirof etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning maqsadlari uchun yirik bitim natijasida jamiyatning tasarrufidan chiqariladigan mol-mulkning qiymati uning buxgalteriya hisobi maʼlumotlari asosida, jamiyat oladigan mol-mulkning qiymati esa — taklif qilingan baho asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yirik bitimni tuzish toʻgʻrisidagi qaror jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi va apellatsiya instansiyasi sudlari tomonidan Qonunning ushbu normasiga asoslangan holda oldi-sotdi shartnomasi yirik bitim hisoblansa-da, jamiyat direktori M.A MChJ ishtirokchilarining roziligini olmasdan, umumiy yigʻilish chaqirmasdan, mazkur masalani jamiyat ishtirokchilari muhokamasiga qoʻymasdan, balans qoldiq qiymati 5 869 765 000 soʻm boʻlgan koʻchmas mulkni 30 000 000 soʻmga sotib, ishtirokchilar manfaatiga xilof bitim tuzganligi haqida xulosaga kelingan va daʼvo qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati quyi sudlar tomonidan ish holatlari toʻliq aniqlanmasdan, daʼvoni qanoatlantirish haqida barvaqt xulosaga kelgan deb hisoblaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, kassatsiya instansiyasi sudi majlisida ishtirok etgan bank hamda sotib oluvchi vakillari daʼvogar tomonidan 2021-yil 8-dekabrda imzolangan va notarial tasdiqlangan ishonchnoma nusxasini taqdim etgan. Ushbu ishonchnomada daʼvogar MChJ direktori M.Aga oʻziga tegishli mol-mulklarni tasarruf etish va uning nomidan harakatlarni amalga oshirish vakolatini bergan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) 299-moddasining birinchi-ikkinchi qismlariga koʻra sud ishni kassatsiya tartibida koʻrish chogʻida birinchi instansiya va apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan moddiy huquq normalari toʻgʻri qoʻllanilganligini va protsessual qonun talablariga rioya etilganligini ish materiallari boʻyicha tekshiradi. Kassatsiya instansiyasi sudi yangi dalillarni tekshirishga va yangi faktlarni aniqlashga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudi ushbu ishonchnoma yangi dalil ekanligini inobatga olib, u quyi instansiya sudi tomonidan tekshirilishi lozim deb hisoblaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, birinchi instansiya sudi daʼvogarning shartnomaning haqiqiy emasligi oqibatini qoʻllash haqidagi talabini qanoatlantirgan va mol-mullarni MChJga, 30 000 000 soʻm pul mablagʻini esa sotib oluvchiga qaytarish haqida hal qiluv qarori qabul qilgan. Biroq, ish hujjatlarida xaridor tomonidan 30 000 000 soʻm pul mablagʻi toʻlanganligi haqida toʻlov hujjati mavjud emas. Qolaversa, xaridorning apellatsiya shikoyatida ham mol-mulk uchun 30 000 000 soʻm toʻlanganligi koʻrsatilmagan. Shikoyatda MChJ direktori bilan mol-mulkni 500 000 AQSh dollariga sotib olishga kelishilganligi, 110 000 AQSh dollarini MChJ direktoriga berilganligi va boshqa vajlar keltirilgan. Apellatsiya instansiyasi sudi ham ushbu holatga eʼtibor bermagan va hal qiluv qarorini toʻliq oʻz kuchida qoldirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 301-moddasining 3-bandida kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha ushbu Kodeks 302-moddasi birinchi qismining 1-bandida va toʻrtinchi qismining 4 va 7-bandlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda, hal qiluv qarorini, qarorni bekor qilishga va ishni yangidan koʻrish uchun sud hujjati bekor qilingan sud instansiyasiga yuborishga haqli ekanligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 302-moddasining birinchi qismiga koʻra, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun ish uchun ahamiyatli holatlarning toʻliq aniqlanmaganligi, sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlarning isbotlanmaganligi, hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq emasligi, moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilganligi asos boʻladi. Mazkur holatda birinchi va apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan ish uchun ahamiyatli holatlar toʻliq oʻrganilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatini qisman qanoatlantirishni, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori va apellatsiya instansiyasi sudining qarorini bekor qilib, ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishni lozim deb topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi ishni yangidan koʻrishda ishda ishtirok etuvchi shaxslarning vajlarini toʻliq oʻrganishi, xususan kassatsiya instansiyasi sudiga taqdim etilgan daʼvogar tomonidan MChJ direktoriga berilgan ishonchnomaning mazkur nizoga aloqadorligini oʻrganishi va unga baho berishi, daʼvoning shartnomaning haqiqiy emasligi oqibatini qoʻllash talabini muhokama qilishda mol-mulk uchun kimga va qancha miqdorda pul mablagʻi toʻlanganligini aniqlashi, ishdagi va yangidan taqdim etiladigan dalillarga baho berib, moddiy hamda protsessual huquq normalarini toʻgʻri qoʻllagan holda ishni koʻrish natijasi boʻyicha qonuniy va asoslantirilgan sud hujjati qabul qilishi, sud xarajatlarini IPKning 118-moddasiga asosan taqsimlashi, bunda ishni kassatsiya instansiyasi sudida videokonferensaloqa rejimida koʻrish bilan bogʻliq sud xarajatlarini undirishi lozim boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarga asosan va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 118, 301 — 305-moddalarini qoʻllab, sudlov hayʼati qaror qildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ATB “Turon bank”ning kassatsiya shikoyati qisman qanoatlantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyat sudining 2022-yil 10-maydagi hal qiluv qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati apellatsiya instansiyasining 2022-yil 14-iyuldagi qarori bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish yangidan birinchi instansiya sudida koʻrish uchun Samarqand shahar iqtisodiy sudiga yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi: B. SAYFULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayʼat aʼzolari: V. SATTOROVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sh. MIRZAXAKIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 5-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-14-2203/6-son