20.05.2023 yildagi 209-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 22.05.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zamonaviy talablar va jamiyat ehtiyojlariga javob beradigan yangi oʻquv rejalari, dasturlari va oʻquv-metodik adabiyotlarni ishlab chiqish hamda amaliyotga kiritish munosabati bilan Taʼlim muassasalari uchun matbaa mahsulotlari xavfsizligi talablarini belgilashning umumiy texnik reglamentiga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda taʼlim tashkilotlarida oʻqitish metodikasini takomillashtirish, zamonaviy talablar va ilgʻor xorijiy tajriba asosida yangi darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni nashr qilish, ularni tajriba-sinovdan oʻtkazish hamda ekspertiza qilishni tashkillashtirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, taʼlim jarayoniga innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy qilish, zamonaviy talablar va jamiyat ehtiyojlariga javob beradigan yangi oʻquv rejalari, dasturlari va oʻquv-metodik adabiyotlarni ishlab chiqish hamda amaliyotga kiritish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy-metodik va tadqiqot ishlari sifatini oshirish orqali taʼlim tizimini kompleks rivojlantirishni jadallashtirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 20-apreldagi PQ-128-son qarori bilan ilmiy-metodik va tadqiqot ishlari sifatini oshirish orqali taʼlim tizimini kompleks rivojlantirishni jadallashtirish choralari belgilandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan, ushbu qarorga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini muvofiqlashtirish zarurati yuzaga kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy-metodik va tadqiqot ishlari sifatini oshirish orqali taʼlim tizimini kompleks rivojlantirishni jadallashtirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 20-apreldagi PQ-128-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-dekabrdagi 726-son qarori bilan tasdiqlangan Taʼlim muassasalari uchun matbaa mahsulotlari xavfsizligi talablarini belgilashning umumiy texnik reglamentiga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X.U. Umarova zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 20-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
209-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-maydagi 209-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim muassasalari uchun matbaa mahsulotlari xavfsizligi talablarini belgilashning umumiy texnik reglamentiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“17. Oʻquv nashrlari hamda oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanmalar parametrlari ushbu Reglamentga 4-ilovada keltirilgan talablarga javob berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv nashrlarini ishlab chiqarishda faqat ushbu maqsadlar uchun moʻljallangan qogʻozdan, shu jumladan ofset, tipografik, kitob-jurnal, mashinada yengil boʻrlangan (Machine Finished Coated) va shunga oʻxshash turdagi qogʻozlardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv nashrlarini ishlab chiqarishda gazeta qogʻozi va yaltiroq (toʻliq boʻrlangan) qogʻozdan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv nashrlarining muqovasini ishlab chiqarishda yaltiroq (toʻliq boʻrlangan) qogʻozdan foydalanishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta foydalanish uchun moʻljallanmagan bosma mahsulotlarni (imtihon biletlari, topshiriqli kartochkalar, test savollari, krossvordlar va shu turdagilar) ishlab chiqarishda gazeta qogʻozi va yaltiroq (toʻliq boʻrlangan) qogʻozlardan foydalanishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv nashrlari hamda qoʻshimcha taʼlim uchun nashrlarning muqovalari va matnida rangli rasm, kollaj yoki kompozitsion tasvir, illyustratsiya va dizayn elementlarini hosil qilishda toʻrt xilgacha rangli boʻyoqlar (CMYK)dan foydalanishga ruxsat etiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “b” kichik banddagi “18” raqami “12” raqami bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “d” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“d) qoʻllash mumkin emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tor yoziladigan shriftlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
matnning asosiy qismini boʻyoq fonida chop etish (vivorotka);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yozuv, mashq va ish daftarlarida yozish uchun moʻljallangan maydonlarda rangli va kulrang fon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy va qoʻshimcha matn uchun uchta yoki undan ortiq ustunli terish”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “b” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“b) ustunlardagi soʻzlar roʻyxati va ustunlar orasidagi masofa 12 mm dan kam boʻlmagan holatda yoʻl qoʻyiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “g” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“g) qator uzunligi tartibga solinmaydi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 28-bandning “b” — “d” kichik bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“b) rangli (kulrang) fonda 200 belgidan koʻproq hajmdagi matnni chop etishda oq qolip-plashkadan (nashr qogʻozining belgilangan oqlik darajasi) foydalaniladi — shriftning qoʻshimcha ajratilishi talab etilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) soʻzlararo oraliq asosiy matn shrifti balandligining 110 foizdan 150 foizgacha qismini tashkil etishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 1 — 4-sinflar nashrlaridagi shriftli ajratishda ranglardan foydalanishda 4 xil rangdan, shuningdek, ularning tuslaridan oshishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Matnni qolip-plashkali ajratishda ranglar intensivligi 70 foizdan kam boʻlmasligi zarur. Ushbu talablar bilan metodik materiallarni (sxemalar, diagrammalar, jadvallar) tartibga solinishi majburiy emas. 5 — 11-sinflar nashrlari uchun ikkidan koʻp rang boʻyogʻidan, oʻrta maxsus taʼlim nashrlari uchun umuman rang boʻyoqlaridan foydalanish tavsiya etilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) rasm ostiga yozuv qoʻyish uchun balandligi asosiy matn shrifti balandligidan 4 punktdan koʻp boʻlmagan shriftdan foydalanish tavsiya etiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 4-ilova (Taʼlim muassasalari uchun oʻquv nashrlari parametrlari)ning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Taʼlim muassasalari uchun oʻquv nashrlari
PARAMETRLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Nomlanishi

Sahifalar uchun ishlatiladigan qogʻoz turi

Qogʻozning oqligi, %

Bichimi*

Qogʻozning zichligi g/m2

Noshaffoflik, %

Muqova bilan biriktirish**

Oʻquv nashrlari

Maktabgacha taʼlim uchun
oʻquv nashrlari

Ofset qogʻozi

84 dan kam boʻlmagan

60 x 84 1/8,
60 x 84 1/16,
60 x 90 1/8,
60 x 90 1/16,

62 x 84 1/8,

62 x 90 1/16,

70 x 90 1/16,

70 x 1001/16,

70 x 1081/16,
84 x 1081/16,
84 x 1081/32,

70,0 ± 3,0 dan kam boʻlmagan

86 91

1. Muqova 13mkm ± 3 laminatsiya plyonkasi bilan qoʻshib biriktiriladi1.

Sahifalarni bloklarga va bloklarni muqova bilan biriktirish uchun notch yoki burst binding texnologiyasi boʻyicha maxsus kuchaytirilgan yelimlangan choksiz birikmalardan foydalaniladi.

Shuningdek, sahifalarni bloklarga va bloklarni muqova bilan biriktirish uchun oʻquv nashrlar kapron (yoki armirlangan) ipda kamida 5 ta chok2 bilan tikilishi yoki belgilangan yelimlash texnologiyasidan foydalangan holda biriktirilishi mumkin.

2. Blokni jamlashda koreshok va uning ikki tomonidagi bigovka uchun ajratilgan qattiq muqova uchun 10 mm, yumshoq muqova uchun 5-6 mm gacha qismlari toʻliq muqovaga yelimlanadi.

Muqova orqa va old tomonidan bigovkaqilinadi.

3. Darsliklar va amaliy qoʻllanmalar uch tomonidan toʻgʻri va tekis qirqiladi.

Darsliklarning tepadagi oʻng va pastdagi oʻng burchaklari radiusi 5 — 10 mmga teng boʻlgan yumaloq shaklga keltiriladi.

4. Amaliy qoʻllanmalar uchun muqova va sahifalar oʻrtadan (bukilgan holatda) ikkita sim halqa bilan mustahkamlanadi.

1-sinf uchun darsliklar

Mashinada yengil boʻrlangan kitob-jurnal qogʻozi (Machine Finished Coated Paper)

87 dan kam boʻlmagan

80,0 ± 4,0 dan kam boʻlmagan

88 dan kam boʻlmagan

Ofset qogʻozi

87 dan kam boʻlmagan

80,0 ± 4,0 dan kam boʻlmagan

1-sinf uchun oʻquv qoʻllanmalar

Ofset qogʻozi

86 dan kam boʻlmagan

60 dan kam boʻlmagan yengil vaznli qogʻoz***

2 4-sinflar uchun darsliklar

Mashinada yengil boʻrlangan kitob-jurnal qogʻozi (Machine Finished Coated Paper)

84 dan kam boʻlmagan

80,0 ± 4,0 dan kam boʻlmagan

86 91

Ofset qogʻozi

84 dan kam boʻlmagan

80,0 ± 3,0 dan kam boʻlmagan

2 4-sinflar uchun oʻquv qoʻllanmalar

Ofset qogʻozi

86 dan kam boʻlmagan

60 dan kam boʻlmagan yengil vaznli qogʻoz***

5 9-sinflar uchun darsliklar

Ofset
qogʻozi

80 dan kam boʻlmagan

70,0 ± 3,0 dan kam boʻlmagan

86 91

5 9-sinflar uchun oʻquv qoʻllanmalar

Ofset qogʻozi

86 dan kam boʻlmagan

60 dan kam boʻlmagan yengil vaznli qogʻoz

10-11-sinflar va OʻMPTlar uchun darsliklar

Ofset qogʻozi

74 dan kam boʻlmagan

70,0 ± 3,0 dan kam boʻlmagan

86 dan kam boʻlmagan

10-11-sinflar va va OʻMPTlar uchun oʻquv qoʻllanmalar

Ofset qogʻozi

86 dan kam boʻlmagan

60 dan kam boʻlmagan yengil vaznli qogʻoz

1-sinf uchun mashq, husnixat,
ish va ijodiy vazifalar daftarlari

Ofset qogʻozi

86 dan kam boʻlmagan

70,0 ± 3,0 dan kam boʻlmagan

88 dan kam boʻlmagan

2- va undan yuqori sinflar uchun mashq, husnixat,
ish va ijodiy vazifalar daftarlari

Ofset qogʻozi

86 dan kam boʻlmagan

70,0 ± 3,0 dan kam boʻlmagan

86 dan kam boʻlmagan

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Bichim (oʻlcham) boʻyicha chegaraviy farqlanishlar ±2 mm dan koʻp boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Oʻquv qoʻllanmalarining muqovasi uchun 190±5 g/m2 dan kam boʻlmagan qogʻozdan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** Yengil vaznli qogʻozning gʻovaklilik darajasi 1,4 — 1,8 sm3/g., zichligi 70 g\m² va 80 g\m² boʻlgan ofset qogʻozning gʻovaklilik darajasi — 1,2 sm3/g, zichligi 80 g\m² boʻlgan mashinada yengil boʻrlangan kitob-jurnal qogʻozining (Machine Finished Coated Paper) gʻovaklilik darajasi — 1,0 sm3/g boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mashq daftarlari muqovasi plyonka bilan qoplanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bichimi 70 x 1081/16, 70 x 1001/16, 70 x 90 1/16, 60 x 90 1/16 boʻlgan va boshqa kichik formatdagi oʻquv nashrlar kamida 4 ta chok bilan tikilgan yoki belgilangan yelimlash texnologiyasidan foydalangan holda biriktirilgan boʻlishi lozim”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 5 va 6-ilovalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Umumiy texnik reglamentga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Matbaa mahsulotlarida matn shrifti
OʻLCHAMLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Shrift kegli

Bosh harf balandligi (mm)

5

1,25

6

1,5

7

1,75

8

2

9

2,25

10

2,5

11

2,75

12

3,0

14

3,5

16

4,0

18

4,5

20

5,0

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy texnik reglamentga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv nashrlarining matnli bezatilishiga qoʻyiladigan
TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Sinflar

Kegl

Interlinyajni oshirish, punktdan kam boʻlmagan

Maksimal qator uzunligi

Bl/kv sigʻimi, koʻpi bilan

kvadrat

mm

Birinchi

18

2

9 1/4

167

6,0

Ikkinchi

16/14*

2

9 1/4

167

6,0 (6,3)**

Uchinchi

14/12*

2

8 1/2

153

6,7 (7,2)**

Toʻrtinchi

14/12*

2

7 3/4

140

7,7 (8,0)**

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Hajmi 200 belgidan koʻp boʻlmagan qoʻshimcha matn uchun ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Qavslarda lotin alifbosida chiqariladigan nashrlar uchun shrift sigʻimi koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Katta bichimlardan, yaʼni 60 x 90 1/8, 70 x 90 1/8, 60 x 84 1/8 formatlardan foydalanganda, sahifada qator uzunligi maksimum 185 mm dan oshmasligi kerak”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2023-y., 09/23/209/0290-son)