Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yuridik shaxslar tomonidan xorijiy ijtimoiy tarmoqlarda reklama berish xarajatlarini chet el valyutasidagi korporativ bank kartalari yordamida toʻlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek yuridik shaxslar tomonidan xorijiy ijtimoiy tarmoqlarda reklama berish xarajatlarini chet el valyutasidagi korporativ bank kartalari yordamida toʻlash hamda ushbu xarajatlarni soliq va boshqa hisobotlarda aks ettirish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qarori bilan tasdiqlangan 2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yanada takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ning 11-bandida yuridik shaxslar tomonidan xorijiy ijtimoiy tarmoqlarda reklama berish xarajatlarini korporativ xalqaro valyuta kartalari yordamida toʻlash hamda ushbu xarajatlarni soliq va boshqa hisobotlarda aks ettirish tizimini takomillashtirish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Markaziy bankning 2023-yil 1-iyuldan boshlab yuridik shaxslarga xorijiy ijtimoiy tarmoqlarda va internet-resurslarda reklama berish xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni chet el valyutasidagi korporativ bank kartalari orqali kalendar oyida 5 000 (besh ming) AQSh dollaridan oshmagan miqdorda amalga oshirishlariga ruxsat berish hamda ushbu toʻlovlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — TSOYEAT) kiritish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2023-yil 1-iyulga qadar TSOYEATga ushbu qaror talablaridan kelib chiqqan holda tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Bunda, yuridik shaxslarning xorijiy ijtimoiy tarmoqlarda va internet-resurslarda reklama berish xarajatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali TSOYEATga kiritish imkoniyatini yaratish nazarda tutilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 19-may,
207-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-maydagi 207-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasiiing 2020-yil 14-maydagi 283-son qarori bilan tasdiqlangan Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 2-bandda:
a) uchinchi xatboshi “, reklama bitimi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) oʻninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“xoʻjalik yurituvchi subyektlar — Nizomning ushbu bandida keltirilgan kontraktlar (invoyslar) va/yoki bitimlarni tuzgan Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari”;
v) quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“reklama bitimi — tashqi savdo operatsiyalari doirasida xorijiy ijtimoiy tarmoqlarda va internet-resurslarda reklama berish yuzasidan shartnoma tuzmagan va toʻlovlarni chet el valyutasidagi korporativ bank kartalari yordamida amalga oshirgan holda ommaviy ofertaga asosan tuziladigan bitim”.
2. 16-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tashqi savdo operatsiyalari doirasida xorijiy ijtimoiy tarmoqlarda va internet-resurslarda reklama berish xizmatlari uchun chet el valyutasidagi korporativ bank kartalari orqali kalendar oyida 5 000 (besh ming) AQSh dollaridan oshmagan miqdorda toʻlovlarni amalga oshirishlari mumkin. Bunda, toʻlovlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar TSOYEATga kiritiladi.
TSOYEATga maʼlumot kiritishda xorijiy ijtimoiy tarmoq, internet-resurs nomi va u roʻyxatdan oʻtgan davlat, reklama xizmati koʻrsatuvchi xorijiy tashkilot nomi, toʻlov sanasi va summasi, xizmat koʻrsatilganligini tasdiqlovchi hujjat raqami, sanasi va summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritilishi lozim.
Bunda, koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha xorijiy tashkilot tomonidan hujjat taqdim etilmagan hollarda, xizmat koʻrsatish sanasi oyning oxirgi sanasi deb hisoblanadi”.
3. 17-bandning ikkinchi xatboshisi “tovarlar” soʻzidan keyin “(ishlar, xizmatlar)” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
4. 1-ilova (Tashqi savdo kontraktlari va invoyslarga identifikatsiya raqamlarini berish tartibi)ning 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. TSOYEATda identifikatsiya raqamlari quyidagi tartibda shakllantiriladi:
|
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
7 |
8 |
9 |
10 |
11 |
12 |
13 |
14 |
15 |
16 |
17 |
19 |
20 |
21 |
22 |
23 | ||||||||
|
A |
B | ||||||||||||||||||||||||||||
|
|
|||||||||||||||||||||||||||||
|
24 |
25 |
26 |
27 |
28 |
29 |
30 |
31 |
32 |
|||||||||||||||||||||
|
V |
G |
D |
|||||||||||||||||||||||||||
“A” qismi 9 ta raqamdan iborat boʻlib, tashqi savdo kelishuviga oid hujjat boʻyicha bank operatsiyalarini amalga oshirayotgan tijorat bankining STIR koʻrsatiladi. Tashqi savdo kontrakti birja (yarmarka)da tuzilgan taqdirda, “A” qismida ushbu birja (yarmarka)ning STIR koʻrsatiladi.
“B” qismi (import qiluvchi/eksport qiluvchi — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentining) yuridik shaxslar uchun STIRni, jismoniy shaxslar uchun JShShIRni ifoda etadigan 14 ta raqamdan iborat boʻladi. Bunda, STIR ifoda etilgan taqdirda, STIRdan keyin 5 ta “0” qoʻyiladi.
“V” qismi 2 ta raqamdan iborat boʻlib, yilning oxirgi 2 ta raqami koʻrsatiladi (masalan: 2019 boʻlsa, unda 19 koʻrsatiladi).
“G” qismi tashqi savdo operatsiyalarini ifoda etadigan 2 ta raqamdan iborat boʻladi, yaʼni:
01 — eksport kontrakti;
02 — import kontrakti;
03 — barter kontrakti;
04 — markazlashtirilgan eksport kontrakti;
05 — markazlashtirilgan import kontrakti;
06 — import birja (yarmarka) kontrakti;
07 — eksport birja (yarmarka) kontrakti;
08 — eksport-konsignatsiya kontrakti;
09 — respublika hududida eksport kontrakti;
10 — Internet jahon axborot tarmogʻi orqali dasturiy taʼminot eksporti;
11 — qayta ishlash (respublika hududida) boʻyicha eksport kontrakti;
12 — qayta ishlash (respublikadan tashqarida) boʻyicha import kontrakti;
13 — Internet jahon axborot tarmogʻidagi savdo maydonchalari orqali eksport kontrakti;
14 — invoys asosida eksport;
15 — invoys asosida import;
16 — olib kirish kontrakti;
17 — olib chiqish kontrakti;
18 — sotib olish kontrakti;
19 — sotish kontrakti;
20 — lizing asosidagi eksport shartnomalari;
21 — lizing asosidagi import shartnomalari;
22 — reklama bitimi.
“D” qismi kontrakt yoki invoysning TSOYEAT tomonidan avtomatik ravishda beriladigan tartib raqamini ifoda etadigan 5 ta raqamdan iborat boʻladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2023-y., 09/23/207/0288-son)