Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy roʻyxatga olishni tashkil etish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 14-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 19-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3272-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2020-yil 6-iyundagi 390-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3272, 2020-yil 30-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3272/1144-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy roʻyxatga olishni tashkil etish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 14-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Davlat statistika qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. KURBANOV
Toshkent sh.,
2023-yil 6-may,
384-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2023-y., 10/23/3272-2/0285-son)