14.04.2023 yildagi 3084-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining, Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qoʻshma qarori, 14.04.2023 yildagi 3084-IV-son
Кучга кириш санаси
14.04.2023
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOʻShMA QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining 2021-2022-yillardagi faoliyati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining (bundan buyon matnda Parlament komissiyasi deb yuritiladi) axborotini eshitib, 2021-2022-yillar davomida muayyan ishlar amalga oshirilganligini qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi (bundan buyon matnda Jamoat fondi deb yuritiladi) tomonidan 2021-yilda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash uchun jami 76,6 mlrd soʻm mablagʻ ajratilgan. Ajratilgan mablagʻlar hisobidan 474 ta loyiha va dasturlar moliyalashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, 2021-yilda 160 nafar tashkilotga yillik faoliyati dasturlarini qoʻllab-quvvatlash, ularning devonlari xarajatlarini qoplash hamda ijtimoiy ahamiyatga molik tadbirlarni amalga oshirishi uchun Parlament komissiyasining qarorlariga muvofiq 50,4 mlrd soʻm davlat subsidiyasi ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Parlament komissiyasi qarorlari bilan 23 ta tashkilotning davlat ijtimoiy buyurtmasi 14,3 mlrd soʻmga qoʻllab-quvvatlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qoʻllab-quvvatlash taʼlim, madaniyat, tibbiyot, ekologiya, kadastr, qurilish, kommunal xoʻjaligi, bandlik va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish kabi sohalarda nodavlat notijorat tashkilotlari faolligini oshirish, ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratining samaradorligini kuchaytirishga qaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, 2021-yilda grant tanlovlari natijalariga koʻra jami 290 ta loyiha uchun 11,9 mlrd soʻm davlat granti ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yilda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash uchun jami 97,7 mlrd soʻm ajratilgan. Jumladan, 2022-yilda 36 ta nodavlat notijorat tashkilotiga 71,7 mlrd soʻm davlat subsidiyasi ajratilgan boʻlib, ushbu mablagʻlar “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi” mazmun-mohiyatini aholi oʻrtasida targʻib qilish, yoshlarning salohiyatini yuksaltirish, milliy madaniy markazlarni qoʻllab-quvvatlash, nogironligi boʻlgan shaxslarga maʼnaviy-maʼrifiy va insonparvarlik yordamlari koʻrsatish kabi maqsadlarga yoʻnaltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yilda davlat ijtimoiy buyurtmasi boʻyicha 17 ta nodavlat notijorat tashkilotiga 14,0 mlrd soʻm ajratilgan. Ushbu loyihalar asosida 900 nafar xotin-qizlarning kasbiy malakasini oshirish va bandligini taʼminlash, “Biz birgamiz” shiori ostida nogironligi boʻlgan 3 859 nafar shaxsning hunarmandchilik mahsulotlarini sotishi uchun qulay shart-sharoit yaratish, Xorazm viloyatining 12 ta mahallasida “vorkaut” maydonchalari va “Salomatlik maktabi”ni tashkil etish, Nukus, Termiz, Guliston va Buxoro shaharlaridagi 8 ta mahallada chiqindilarni toʻplash va saralash joylarini tashkil etish kabi bir qator ishlar olib borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yilda grant tanlovlari natijalariga koʻra jami 160 ta loyiha uchun 12 mlrd soʻm davlat granti ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil davomida Parlament komissiyasi aʼzolari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyalariga uslubiy koʻmaklashish hamda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga yordam koʻrsatish maqsadida joylarda 30 marotaba “mahorat darslari” oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondlariga 52 ta ochiq tanlov tashkil etishga va natijalariga koʻra 243 ta loyiha va dasturlarni 9,9 mlrd soʻmga moliyalashtirilishiga, 137 ta milliy madaniy markazlariga 4,9 mlrd soʻm miqdorida davlat subsidiyasi ajratilishiga bevosita uslubiy-amaliy koʻmak berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 26-dekabrda 36 ta subsidiya oluvchi tashkilotning hisobotlari Parlament komissiyasi tomonidan eshitilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat fondi tomonidan hududlarda sogʻliqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, taʼlim va bandlik masalalarida 40 ta jamoatchilik eshituvi oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, Parlament komissiyasining nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini yanada rivojlantirish, ularning mamlakatda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish jarayonlaridagi ishtirokini yanada kengaytirishga koʻmaklashish borasidagi faoliyatida hali eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan masalalar ham mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, shu jumladan, ish faoliyatida maxsus dasturiy mahsulotlarni yaratish va Jamoat fondi faoliyatiga joriy etish masalalariga yetarli darajada eʼtibor qaratilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyalari faoliyatini samarali tashkil etish va ularga zarur uslubiy koʻmak berish borasidagi ishlar lozim darajada olib borilmagan. Ayrim xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyalari raislari xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining kotibiyatiga bogʻlanib qolgan boʻlib, oʻzlari mustaqil faoliyat yurita olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasini hamda jamoatchilik ekspertizasini tashkil etishda davlat organlariga yordam koʻrsatish borasida amalga oshirilgan ishlar axborotda yetarlicha yoritib berilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining 2021-2022-yillarda amalga oshirgan ishlari toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Parlament komissiyasi raisi A. Shadmanov va Jamoat fondi direktori O. Xusanovga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat subsidiyasi, davlat ijtimoiy buyurtmasi va davlat granti shaklida ajratilgan mablagʻlar hisobiga amalga oshirilgan dastur va loyihalarning natijadorligini tizimli ravishda monitoring qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyalashtirilayotgan dasturlar, loyihalar amalga oshirilishining borishi va natijalari toʻgʻrisida nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining hisobotlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborotini Parlament komissiyasi majlislarida eshitish hamda mazkur tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida yoritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalari uchun davlat grantlari, davlat ijtimoiy buyurtmalarining soni va miqdorini oshirib borish hamda bu borada alohida tanlovlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyalariga ularning faoliyatini samarali tashkil etish borasida zarur uslubiy koʻmak berib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish hamda faoliyatining samaradorligini oshirish, ularning jamiyat va davlat hayotidagi ishtiroki boʻyicha keng jamoatchilik orasida muhokamalar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash, Jamoat fondining veb-saytini yangilash, ish faoliyatini yuritishga doir maxsus dasturiy mahsulotlarni joriy etish va 2023-yil yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashiga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashiga axborot kiritish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga ular huzuridagi ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyalari faoliyatini samarali tashkil etish tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari bilan ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlar hamda loyihalarni amalga oshirishdagi hamkorlikni kuchaytirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qoʻshma qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari Z. Ibragimova va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 14-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3084-IV-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA

KQ-485-IV-son