08.05.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3432
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 20.07.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Bank va banklar guruhida auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazishning oʻziga xos xususiyatlari hamda banklarning auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish huquqi uchun auditorning malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 8-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3432]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi va “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bank va banklar guruhida auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazishning oʻziga xos xususiyatlari hamda banklarning auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish huquqi uchun auditorning malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais M. NURMURATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 31-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8/9-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vaziri Sh. KUDBIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 30-mart

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 31-martdagi 8/9-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank va banklar guruhida auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazishning oʻziga xos xususiyatlari hamda banklarning auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish huquqi uchun auditorning malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom tijorat banklari, shu jumladan mikromoliya banklari, shuningdek islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklar va mikromoliya banklari (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi) va banklar guruhida auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazishning oʻziga xos xususiyatlarini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan banklarning auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish huquqi uchun auditorning malaka sertifikatini (bundan buyon matnda malaka sertifikati deb yuritiladi) berish, qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini uzaytirish va tugatish hamda auditorlarning reyestrini yuritish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 8-iyuldagi 19/14-sonli qarori (roʻyxat raqami 3902, 18.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.07.2026-y., 10/26/3902/0758-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Bank va banklar guruhini auditorlik tekshiruvidan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Bank va banklar guruhini auditorlik tekshiruvidan oʻtkazuvchi auditorlik tashkilotiga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bank moliyaviy hisobotining va banklar guruhi konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotining auditorlik tekshiruvi shtatida malaka sertifikatiga ega kamida ikki nafar auditori (auditorlik tashkiloti rahbarini hisobga olgan holda) mavjud boʻlgan auditorlik tashkiloti tomonidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bank va banklar guruhini auditorlik tekshiruvidan oʻtkazuvchi auditorlik tashkiloti tomonidan tayinlangan auditorlar guruhiga rahbarlikni malaka sertifikatiga ega boʻlgan auditor amalga oshirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bankning audit qoʻmitasi (bundan buyon matnda audit qoʻmitasi deb yuritiladi) auditorlik tashkilotini tayinlash boʻyicha tanlovlarni oʻtkazishga masʼul hisoblanadi. Bank kuzatuv kengashi (bundan buyon matnda kuzatuv kengashi deb yuritiladi) auditorlik tashkilotini tayinlash boʻyicha ochiq tanlovni oʻtkazish va ochiq tanlovda ishtirok etayotgan auditorlik tashkilotlari arizalarini baholash tartibini tasdiqlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bank aksiyadorlari umumiy yigʻilishida yillik auditorlik tekshiruvini oʻtkazuvchi auditorlik tashkilotini tanlash (tayinlash) haqida qaror qabul qilinadi. Bank tomonidan auditorlik tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma (bundan buyon matnda auditorlik tekshiruvi shartnomasi deb yuritiladi) nusxasi va tanlovda koʻrib chiqilgan boshqa nomzodlar haqidagi maʼlumotlar auditorlik tekshiruvi shartnomasi tuzilgan sanadan boshlab uch ish kuni ichida Markaziy bankka taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Bank va banklar guruhini auditorlik tekshiruvidan oʻtkazishning oʻziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Banklarning yillik moliyaviy hisobotlari va banklar guruhining yillik konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisoboti auditorlik tekshiruvidan oʻtkazilishi majburiydir. Bankning va banklar guruhining auditorlik tekshiruvi Markaziy bankning talabiga koʻra umuman bankning yoki banklar guruhining faoliyati boʻyicha ham, ular faoliyatining alohida yoʻnalishlari boʻyicha ham oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Auditorlik tashkiloti auditorlik tekshiruvini oʻtkazish jarayonida bankning ichki nazorat tizimi haqida maʼlumot olish maqsadida bankning ichki audit xizmati xodimlari bilan uchrashuvlar oʻtkazishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarining qoʻpol buzilishiga olib keluvchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy hisobotning ishonchliligi va buxgalteriya hisobini yuritish tartibi qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiqligi toʻgʻrisida fikr bildirishni auditorlik tashkiloti tomonidan rad etishga yoki fikrlarni qoʻshimcha shart bilan bildirishga olib kelishi mumkin boʻlgan holatlar toʻgʻrisida Markaziy bankni darhol xabardor etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Auditorlik tekshiruvi shartnomasida auditor tomonidan mazkur Nizomning 7-bandida belgilangan holatlar boʻyicha maʼlumotlarning Markaziy bankka taqdim etilishi boʻyicha cheklovchi qoidalar boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kuzatuv kengashi va bank boshqaruvi auditorlik tekshiruvi jarayonida auditorlik xulosasini tayyorlash uchun auditorga taqdim etiluvchi maʼlumotlar va hujjatlarning toʻliqligi va ishonchliligini taʼminlashga hamda ularni oʻz vaqtida taqdim etilishiga masʼuldirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Bank tomonidan auditorlik tekshiruvi jarayonida auditorlik tashkiloti oʻrganishi lozim boʻlgan maʼlumotlar va hujjatlardan foydalanishni cheklash, uning xulosasiga taʼsir oʻtkazish yoki xolis auditorlik xulosasini tayyorlashiga toʻsqinlik qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bank va banklar guruhining auditorlik tekshiruvini oʻtkazishdan avval yoki tekshiruv chogʻida yoxud tekshiruv yakunlangandan soʻng Markaziy bank auditorlik tashkiloti bilan ikki tomonlama yoki auditorlik tashkiloti va bank bilan uch tomonlama uchrashuvlarni tashkillashtirishi mumkin. Bunda, auditorlik tekshiruvi shartnomasida auditorning Markaziy bank tashkil etadigan uchrashuvlarda ishtirok etishini cheklovchi qoidalar boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Bank Markaziy bank talabiga binoan auditorlik tekshiruvi bilan bogʻliq maʼlumotlarni, shu jumladan auditorlar tomonidan berilgan moliyaviy hisobotlarni tushuntiruvchi izohlarini Markaziy bankka taqdim etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Auditorlik tekshiruvi yakuni boʻyicha taqdim etiladigan auditorlik xulosasida yoki unga ilova qilinadigan moliyaviy hisobotda quyidagilar aks ettirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tekshiruvining borishi va uning tashkil etilishi yuzasidan taklif va mulohazalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibidan aniqlangan chetga chiqishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy hisobotdagi qoidabuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki nazorat tizimida, shu jumladan korporativ boshqaruv, tavakkalchiliklarni boshqarish va ichki audit xizmati faoliyatida aniqlangan kamchiliklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish holatlari va ularni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha tavsiya va takliflar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Audit qoʻmitasi tomonidan auditorlik tekshiruvi natijasida taqdim etilgan takliflar va aniqlangan kamchiliklar asosida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilishi va hisobot yilidan keyingi yilning 31-iyuliga qadar kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Bankning yillik moliyaviy hisoboti va banklar guruhining yillik konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisoboti bank aksiyadorlarining yillik umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan sanadan kamida ikki hafta oldin auditorlik xulosasi bilan birga Markaziy bankka taqdim etilishi va eʼlon qilinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Bank hisobot yilidan keyingi yilning 31-iyuliga qadar quyidagilarni Markaziy bankka taqdim etishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik xulosasi koʻrib chiqilgan aksiyadorlar umumiy yigʻilishi bayonnomasidan koʻchirmani hamda auditorlik tekshiruvi natijasi asosida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning yillik moliyaviy hisoboti yoki banklar guruhining yillik konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotiga qilingan izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Auditorlik tekshiruvi natijasi asosida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi auditorlik xulosasida izohlar bilan yoki salbiy fikr bildirilishiga sabab boʻlgan holatlarni, shu jumladan bank buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari hamda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga rioya etmaganlik (moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga rioya etmaslik bank nazoratidan tashqarida boʻlgan hollar bundan mustasno) holatlarini bartaraf etishga qaratilgan choralarni oʻz ichiga olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Markaziy bank quyidagi holatlarda hisobot yilidan keyingi yilning 31-dekabriga qadar bank va banklar guruhidan boshqa auditorlik tashkilotini jalb qilgan holda auditorlik tekshiruvini qaytadan oʻtkazishni talab qilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tashkiloti yoki auditor (auditorlar) tomonidan uning mustaqilligiga monelik qiladigan holatlar mavjud boʻlgan holda auditorlik tekshiruvi oʻtkazilganligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tekshiruvi mazkur Nizomning 1 va 2-bandlarida koʻrsatilgan talablarga muvofiq boʻlmagan auditorlik tashkiloti tomonidan oʻtkazilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Auditorlik tashkiloti va audit qoʻmitasi oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Audit qoʻmitasi auditorlik tashkilotining mustaqilligi, xolisligi va oʻtkazilayotgan auditorlik tekshiruvi samaradorligini baholab borishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Audit qoʻmitasi bank boshqaruvi ishtirokisiz auditor bilan uchrashuvlar oʻtkazishi va uchrashuvlarda quyidagi masalalarni muhokama qilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning ichki nazorat, tavakkalchiliklarni boshqarish va buxgalteriya hisobini yuritish tizimlarida yuzaga kelgan kamchiliklar mavjudligi hamda bank boshqaruvi tomonidan ularni bartaraf etishga qaratilgan choralarning yetarliligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, ularning vujudga kelish sabablari va bartaraf etish yoʻllari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditor tomonidan auditorlik tekshiruvini oʻtkazishda yuzaga kelgan qiyinchiliklar toʻgʻrisidagi holatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, auditor tomonidan auditorlik tekshiruvini amalga oshirish chogʻida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan qiyinchiliklarga quyidagi holatlar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank boshqaruvi tomonidan auditorlik tekshiruviga toʻsqinlik qiluvchi biron-bir harakat (harakatsizlik) sodir etilishi, jumladan zarur boʻlgan maʼlumot taqdim etilmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tekshiruvini belgilangan muddatlarda yakunlashning imkoni yoʻqligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Auditorning malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish va tugatish hamda malaka imtihonlarini oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Auditorning malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish va tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Malaka sertifikatini olishga daʼvogar boʻlgan jismoniy shaxs — talabgor (bundan buyon matnda talabgor deb yuritiladi) oliy iqtisodiy maʼlumotga va bank sohasida rahbarlik lavozimlarida yoki xalqaro auditorlik tashkilotiga aʼzo auditorlik tashkilotida auditor lavozimida kamida 3 yillik ish tajribasiga hamda auditorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organi yoki auditorlarning respublika jamoat birlashmasi tomonidan berilgan auditorning malaka sertifikatiga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Talabgor Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlganda Markaziy bankka quyidagilarni ilova qilgan holda malaka sertifikatini berish toʻgʻrisida ariza (bundan buyon matnda ariza deb yuritiladi) taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shakldagi anketa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy iqtisodiy maʼlumot chet davlatda olingan boʻlsa, oliy iqtisodiy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom nusxasi va uni tan olish haqidagi tegishli vakolatli davlat organining guvohnomasi nusxasi (qonunchilik hujjatlarida talab etilgan hollarda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet davlatda ishlagan boʻlsa, ish tajribasini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sertifikatlangan diplomli buxgalter (ACCA)”, “Sertifikatlangan jamoatchi buxgalter (CRA)”, “Sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter (CIPA)” yoki “Sertifikatlangan moliyaviy tahlilchi (CFA)” sertifikatidan (bundan buyon matnda xalqaro sertifikatlar deb yuritiladi) koʻchirma nusxasi (mavjud boʻlgan taqdirda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandda koʻrsatilgan ariza va hujjatlar Markaziy bankka yozma yoki elektron shaklda taqdim etiladi.

23. Talabgor chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlganda, Markaziy bankka quyidagilarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 22-bandi ikkinchi — beshinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hujjatlar va maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza taqdim etilgan kunga qadar soʻnggi 90 kun ichida chet davlatning vakolatli organi tomonidan berilgan talabgorning sudlanmaganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorning ariza taqdim etilgan kunga qadar soʻnggi olti oy ichida tushgan rangli fotosurati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandda koʻrsatilgan ariza va hujjatlar Markaziy bankka yozma yoki elektron shaklda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Markaziy bank talabgorning quyidagi hujjat va maʼlumotlarini masʼul davlat organlari va tashkilotlaridan, shu jumladan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi maʼlumotlari, fotosurati va manzil-maʼlumot axboroti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organi yoki auditorlarning respublika jamoat birlashmasi tomonidan berilgan auditorning malaka sertifikati maʼlumotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida berilgan oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom maʼlumotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidagi ish tajribasini tasdiqlovchi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida sudlanmaganligi toʻgʻrisida maʼlumot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Talabgorda xalqaro sertifikat mavjud boʻlganda hamda u ushbu Nizomning 21 — 23-bandlarida nazarda tutilgan talablarga rioya etganda, malaka sertifikati unga malaka imtihonini topshirmagan holda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Quyidagi hollarda malaka imtihonini oʻtkazmasdan talabgorga malaka sertifikatini berish rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor mazkur Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan talablarga nomuvofiq boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 22 va 23-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq hajmda taqdim etilmaganda yoki ularda notoʻgʻri yoxud buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorga auditor lavozimini egallash yoki auditorlik faoliyati bilan shugʻullanish sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan taqiqlangan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor sudning qarori bilan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Markaziy bank tomonidan malaka imtihonini oʻtkazmasdan talabgorga malaka sertifikatini berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, malaka sertifikatini berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi yozma xabarnoma talabgorga mazkur qaror qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida rad etish sabablari koʻrsatilgan holda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Malaka imtihonini topshirishiga ruxsat berish rad etilgan talabgor kamchiliklar bartaraf etilganidan keyin ariza bilan takroran murojaat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Markaziy bank malaka imtihoni oʻtkazilgan sanadan boshlab oʻn kun ichida malaka sertifikatini berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Talabgorning malaka imtihoni natijalari “qoniqarli” deb baholanganda yoki mazkur Nizomning 25-bandi talablariga muvofiq boʻlganda, Markaziy bank talabgorga malaka sertifikatini berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va qaror qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida talabgorga malaka sertifikatini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorning malaka imtihoni natijalari “qoniqarsiz” deb baholanganda, Markaziy bank tomonidan talabgorga malaka sertifikatini berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi hamda ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida bu haqda talabgorga xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Malaka imtihoni natijalari “qoniqarsiz” deb baholanganligi sababli malaka sertifikatini berish rad etilgan taqdirda, talabgor tegishli qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kamida uch oydan soʻng Markaziy bankka takroran ariza taqdim etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Malaka sertifikati uning haqqoniyligini onlayn tekshirish imkonini beradigan, Internet butunjahon axborot tarmogʻidagi tegishli axborot resursi manziliga havolani oʻz ichiga olgan QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan elektron hujjat koʻrinishida 5 yil muddatga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish malaka sertifikatini berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka sertifikatining amal qilish muddati har safar 5 yil muddatga uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish uchun auditor malaka sertifikatining amal qilish muddati tugashidan kamida uch oy, biroq uzogʻi bilan olti oy oldin Markaziy bankka ariza taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Markaziy bank quyidagi maʼlumotlarni nazarda tutuvchi malaka sertifikati berilgan Auditorlarning reyestrini yuritadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorning familiyasi, ismi, otasining ismi;

auditorning shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari (pasport seriyasi, raqami va berilgan sanasi yoki identifikatsiya ID-kartaning shaxsiy raqami va berilgan sanasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka sertifikatining raqami va berilgan sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka sertifikatining amal qilish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorning ish joyi (auditorlik tashkilotining nomi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organi yoki auditorlarning respublika jamoat birlashmasi tomonidan berilgan auditorning malaka sertifikati raqami, berilgan sanasi va amal qilish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditor bilan bogʻlanish uchun raqamlar va elektron pochta manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish va malaka sertifikatining amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bankning veb-saytiga auditorlar reyestridagi tanishish uchun ochiq boʻlgan maʼlumotlar joylashtiriladi, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorning familiyasi, ismi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka sertifikatning raqami, berilgan sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka sertifikatning amal qilish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Auditorning ish joyi, u bilan bogʻlanish uchun telefon raqami va elektron pochta manzili oʻzgargan taqdirda, auditor oʻn kun muddat ichida Markaziy bankni mazkur oʻzgarishlar toʻgʻrisida yozma yoki elektron ravishda xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Auditorning shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari, shu jumladan familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgargan taqdirda, auditor tegishli oʻzgarishlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda ular sodir boʻlgan sanadan eʼtiboran bir oy ichida Markaziy bankka malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank tomonidan malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi qaror ariza qabul qilingan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida qabul qilinadi va qaror qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida talabgorga qayta rasmiylashtirilgan malaka sertifikati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Malaka sertifikatining amal qilishini tugatish Oʻzbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 26-moddasida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auditorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organi yoki auditorlarning respublika jamoat birlashmasi tomonidan berilgan auditorning malaka sertifikatining amal qilish muddati tugagan sanadan eʼtiboran Markaziy bank tomonidan berilgan malaka sertifikatining ham amal qilish muddati tugagan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Malaka sertifikatining amal qilishi tugatilganligi toʻgʻrisidagi axborot Markaziy bankning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Malaka imtihonini oʻtkazish va apellyatsiya berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilgan talabgor malaka imtihoni oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy haqida ariza qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida, biroq malaka imtihoni oʻtkaziladigan kundan kamida oʻn ish kuni oldin yozma ravishda xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Malaka imtihoni 100 ta savoldan iborat boʻlgan va davomiyligi 120 daqiqani tashkil etuvchi test sinovlari shaklida oʻtkazilib, talabgorning quyidagi sohalardagi bilim va koʻnikmalari baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank faoliyatining asosiy yoʻnalishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklarda buxgalteriya hisobi va audit;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning ichki nazorat va tavakkalchiliklarni boshqarish tizimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklarda korporativ boshqaruv;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank tomonidan banklar uchun belgilangan prudensial normativlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Test sinovlari kompyuter vositasida talabgorning tanloviga koʻra oʻzbek yoki rus tilida oʻtkaziladi va natijasi malaka imtihoni tugashi bilanoq talabgorga maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Malaka imtihonining shaffofligi va xolisligini taʼminlash maqsadida malaka imtihonini oʻtkazish jarayoni uzluksiz ravishda ovozli videotasvirga tushiriladi, videotasvir bir yil mobaynida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Malaka imtihonini topshirishda talabgor shaxsini tasdiqlovchi hujjatning aslini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka imtihonini topshirishda shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asliga ega boʻlmagan yoki malaka imtihoniga belgilangan vaqtda kelmagan talabgor uchun malaka imtihoni navbatdagi imtihonga qoldirilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar talabgor malaka imtihonini topshirishga ikki marta kelmagan boʻlsa, taqdim etilgan hujjatlar qaytariladi. Bunda talabgor ariza bilan takroran murojaat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Malaka imtihonini topshirish jarayonida talabgorga quyidagilar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari va maxsus adabiyotlardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mobil aloqa vositasi va boshqa elektron vositalaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihoni oʻtkazilayotgan xonadan tashqariga chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Malaka imtihoni natijalari “qoniqarli” va “qoniqarsiz” tizim boʻyicha baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorning malaka imtihoni natijalari boʻyicha toʻgʻri javoblar 75 foiz va undan yuqori koʻrsatkichni tashkil qilgan boʻlsa — “qoniqarli”, 75 foizdan past boʻlgan taqdirda yoki mazkur Nizomning 44-bandi talablarini buzganda — “qoniqarsiz” deb baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Malaka imtihoni natijalari “qoniqarsiz” deb baholangan talabgor malaka imtihoni oʻtkazilgan kundan boshlab oʻttiz kun ichida Markaziy bankning apellyatsiya kengashiga yozma ravishda apellyatsiya berish yoki qonunchilikda belgilangan tartibda sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bankning apellyatsiya kengashi apellyatsiya berilgan kundan boshlab oʻn besh kun ichida talabgorning apellyatsiyasini koʻrib chiqadi va talabgorni qabul qilingan qaror haqida yozma ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bankning apellyatsiya kengashi talabgorni apellyatsiyani koʻrib chiqishda ishtirok etish uchun oʻz tashabbusiga yoki talabgorning iltimosnomasiga koʻra jalb qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Markaziy bank apellyatsiyani koʻrib chiqish natijalari yuzasidan quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish va malaka imtihoni natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiyani qanoatlantirish va malaka imtihoni natijalarini “qoniqarli” deb hisoblash toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorning malaka imtihoni mazkur Nizom talablariga zid ravishda oʻtkazilganligi aniqlanganda, malaka imtihonini takroran oʻtkazish toʻgʻrisida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Apellyatsiya mazkur Nizomning 46-bandida belgilangan apellyatsiyani berish muddati va shaklini buzgan holda taqdim etilganda yoki apellyatsiyada keltirilgan vajlar oʻz tasdigʻini topmaganda, Markaziy bank apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish va malaka imtihoni natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Talabgor ayni bir malaka imtihoni natijalari boʻyicha Markaziy bankning apellyatsiya kengashiga takroran apellyatsiya berishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank va banklar guruhida auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazishning oʻziga xos xususiyatlari hamda banklarning auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish huquqi uchun auditorning malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ANKETASI

F.I.O.:

JSHSHIR:

Fuqaroligi:

Ish joyi:

Tugʻilgan sanasi:

Tugʻilgan joyi:

Maʼlumoti:

Oliy maʼlumotni tan olish toʻgʻrisidagi guvohnoma raqami va sanasi (mavjud boʻlsa)

Ilmiy unvoni:

Davlat mukofotlari:

Auditorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organi yoki auditorlarning respublika jamoat birlashmasi tomonidan berilgan auditorning malaka sertifikati raqami va sanasi ______________________

MEHNAT FAOLIYATI

Ishlagan davri

Tashkilot nomi va egallagan lavozimi

YAQIN QARINDOSHLARI HAQIDAGI MAʼLUMOTLAR

Qarindoshligi

F.I.O.

Tugʻilgan sanasi va joyi

Ish joyi va lavozimi

Yashash joyi

Toʻldirilgan sana: “___” ____________ 20 __ y.

Talabgor imzosi ______________

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2023-y., 10/23/3432/0266-son; 09.08.2025-y., 10/25/3658/0713-son; 20.07.2026-y., 10/26/3902/0758-son)