Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining
buyrugʻi
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi magistraturasiga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 8-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3381-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-apreldagi 143-son “Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida oliy taʼlim va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga qabul qilish va oʻqitish tartibini belgilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2022-yil 13-avgustdagi 270-son “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi magistraturasiga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3381, 2022-yil 24-avgust) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2022-y., 10/22/3381/0768-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bosh prokuror N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2023-yil 3-may,
277-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri Sh. KUDBIYEV
2023-yil 24-aprel
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri I. ABDURAXMONOV
2023-yil 2-may
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 10/23/3381-1/0262-son)