Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 110 va 128-moddalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 66-moddasiga asosan:
1. 2023-yil 9-iyul kuniga muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi tayinlansin.
2. Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga yuborilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 8-may,
PF-68-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 06/23/68/0261-son)