05.05.2023 yildagi 188-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmolchilar huquqlari himoya qilinishini taʼminlash, kontrafakt va isteʼmolga yaroqsiz tovarlarni ishlab chiqarish hamda aylanmasiga chek qoʻyishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmolchilar huquqlari himoya qilinishini taʼminlash, kontrafakt va isteʼmolga yaroqsiz tovarlarni ishlab chiqarish hamda aylanmasiga chek qoʻyishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini sifatli isteʼmol tovarlari bilan taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 4-apreldagi PQ-110-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-apreldagi PQ-110-son qarori bilan isteʼmolchilar huquqlari himoya qilinishini taʼminlash, sertifikatlanmagan, saqlash muddati oʻtib ketgan, kontrafakt va isteʼmolga yaroqsiz tovarlarni ishlab chiqarish hamda aylanmasiga chek qoʻyishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2023-yil 1-iyundan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-apreldagi PQ-110-son qarori bilan tasdiqlangan 2-ilovaga muvofiq murojaatlar “Soliq hamkor” axborot tizimi orqali qabul qilinsin va koʻrib chiqilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, “Soliq hamkor” axborot tizimi orqali murojaatlarni qabul qilish, koʻrib chiqish hamda huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarni ragʻbatlantirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot tizimi orqali kelib tushgan murojaatlar nazorat va boshqa tadbirlarni oʻtkazish uchun asos boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatlar vakolatli organlar tomonidan 10 ish kunida majburiy tartibda koʻrib chiqilib, natijasi boʻyicha murojaat yoʻllagan shaxs xabardor qilinadi, bundan qonunchilikda belgilangan holatlar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdigʻini topgan qonun buzilishi holatlari boʻyicha maʼmuriy huquqbuzarlik uchun jarimaning 20 foizi, jinoyatlar uchun esa bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha miqdorda ragʻbatlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda vakolatli organlar tomonidan “Soliq hamkor” axborot tizimidan foydalangan holda qonun buzilishi holatlari haqidagi xabarlarni toʻgʻridan-toʻgʻri qabul qilish imkoniyatini yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, “Soliq hamkor” axborot tizimini takomillashtirish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi vakolatli organlar bilan birgalikda bir oy muddatda “Soliq hamkor” axborot tizimi orqali yuboriladigan huquqbuzarlik faktlari haqidagi maʼlumotlarni qabul qilish, koʻrib chiqish hamda xabar bergan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 5-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
188-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/188/0256-son)