Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 2-mayda qabul qilingan
Senat tomonidan 2023-yil 4-mayda maʼqullangan
Senat tomonidan 2023-yil 4-mayda maʼqullangan
Keyingi yillarda mamlakatimizda saylov tizimini yanada takomillashtirishga, saylovchilarning va saylov jarayoni ishtirokchilarining huquqiy kafolatlarini kuchaytirishga, saylov va referendum oʻtkazishning ochiqligi, shaffofligi hamda mustaqilligining huquqiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov jarayoni boʻyicha bir qator muammolar va huquqiy boʻshliqlar mavjud boʻlib, shu munosabat bilan ularni bartaraf etish zaruriyati yuzaga keldi.
Bundan tashqari, “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining qabul qilinishi amaldagi qonun hujjatlariga ham oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini talab etmoqda.
Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun bilan har yilgi mahalliy budjetlarning boʻshab qolgan deputatlik oʻrinlari uchun saylovlarga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarini moliyalashtirish, ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud olib tashlanmagan fuqarolarning viloyat, tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyasi aʼzoligiga tayinlanishini taqiqlash nazarda tutilmoqda. Saylov va referendumda ishtirok etishning hamda fuqarolar yigʻinlari faoliyatining huquqiy asoslari ham mustahkamlanmoqda.
Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun saylov tizimini takomillashtirishga, saylov jarayoni ishtirokchilarining huquqiy kafolatlarini kuchaytirishga, fuqarolar yigʻinlari faoliyatining va referendumda ishtirok etishning huquqiy asoslarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi 417-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustda qabul qilingan 265-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 176-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; 2019-yil, № 9, 588-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 6, 574-modda, № 10, 983-modda) 6-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganlik uchun sudning hukmiga koʻra ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar referendumda ishtirok etish huquqidan faqat qonunga muvofiq hamda sudning qarori asosida mahrum etilishi mumkin. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning referendumda ishtirok etish huquqlarini toʻgʻridan toʻgʻri yoki bilvosita cheklashga yoʻl qoʻyilmaydi”.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi 915-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 22-aprelda qabul qilingan OʻRQ-350-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 96-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda, № 10, 674-modda, № 12, 781-modda; 2019-yil, № 9, 588, 591-moddalar; 2021-yil, 4-songa ilova, № 12, 1194-modda; 2022-yil, № 3, 213-modda, № 6, 574-modda, № 10, 983-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 7-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi, ularga qonunda belgilangan vakolatlarini amalga oshirishida koʻmaklashadi”;
2) 8-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi hamda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni fuqarolarning manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy oʻziga xos xususiyatlaridan, shuningdek milliy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va anʼanalardan kelib chiqqan holda, qonunga muvofiq mustaqil ravishda hal etishga haqli”;
3) 10-modda birinchi qismining yettinchi va oʻninchi xatboshilaridagi, 11-modda birinchi qismining ikkinchi, uchinchi va yettinchi xatboshilaridagi, 13-moddaning ikkinchi qismidagi va uchinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi, 14-moddaning nomidagi, birinchi qismining birinchi xatboshisidagi, ikkinchi va uchinchi qismlaridagi, 15-moddaning nomidagi, birinchi va ikkinchi qismlaridagi, 18-moddaning uchinchi qismidagi, 21-moddaning birinchi, uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlaridagi, 22-moddaning birinchi qismidagi, 23-moddaning nomidagi, birinchi va ikkinchi qismlaridagi, 24-moddaning nomidagi, birinchi qismining birinchi va uchinchi xatboshilaridagi, 25-moddaning birinchi — toʻrtinchi qismlaridagi tegishli son va kelishikdagi “(oqsoqoli)” degan soʻz chiqarib tashlansin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 607-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-songa ilova; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 157-modda; 2008-yil, № 4, 189-modda; 2009-yil, № 9, 328-modda; 2010-yil, № 9, 334, 335-moddalar; 2011-yil, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 8, 469-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 199-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 970-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 5, 464-modda) 203-moddasining birinchi qismidagi “(oqsoqollari)” degan soʻz chiqarib tashlansin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 4-aprelda qabul qilingan “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari toʻgʻrisida”gi 350-II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4-5, 60-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 637-modda; 2011-yil, № 12/1, 344-modda; 2012-yil, № 4, 104-modda; 2019-yil, № 9, 588-modda; 2021-yil, № 2, 139-modda, 4-songa ilova) 8-moddasining matnidagi “besh” degan soʻz “yetti” degan soʻz bilan almashtirilsin.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 15-oktabrda qabul qilingan “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-499-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 10, 675-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 3, 213-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) nomidagi “(oqsoqoli)” degan soʻz chiqarib tashlansin;
2) 1-moddaning matnidagi, 2-moddaning nomidagi va matnidagi, 3-moddaning nomidagi, birinchi — toʻrtinchi qismlaridagi, 4-moddaning nomidagi va matnidagi, 5-moddaning nomidagi, birinchi — toʻrtinchi qismlaridagi, 6-moddaning nomidagi va matnidagi, 7-moddaning nomidagi, birinchi va ikkinchi qismlaridagi, 8-moddaning nomidagi va matnidagi, 9-moddaning nomidagi va matnidagi, 2-bobning nomidagi, 10-moddaning nomidagi, birinchi va ikkinchi qismlaridagi, 101-moddaning nomidagi va matnidagi, 11-moddaning nomidagi, birinchi qismidagi, uchinchi qismining ikkinchi, uchinchi, beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilaridagi, 12-moddaning nomidagi, birinchi, ikkinchi va toʻrtinchi qismlaridagi, 13-moddaning ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi, oltinchi, yettinchi, sakkizinchi, toʻqqizinchi, oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilaridagi, 14-moddaning nomidagi, birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlaridagi, 15-moddaning beshinchi — sakkizinchi xatboshilaridagi, 3-bobning nomidagi, 16-moddaning nomidagi, birinchi — toʻrtinchi qismlaridagi, 17-moddaning nomidagi, birinchi va ikkinchi qismlaridagi, 4-bobning nomidagi, 18-moddaning nomidagi va toʻrtinchi qismidagi, 19-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi, uchinchi — oltinchi qismlaridagi, 20-moddaning nomidagi va matnidagi, 21-moddaning birinchi — toʻrtinchi qismlaridagi, 22-moddaning matnidagi, 23-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisidagi, 24-moddaning nomidagi, birinchi va toʻrtinchi qismlaridagi, 25-moddaning nomidagi, birinchi va ikkinchi qismlaridagi, 26-moddaning nomidagi, birinchi va uchinchi qismlaridagi, 27-moddaning nomidagi, birinchi qismining birinchi, uchinchi, toʻrtinchi xatboshilaridagi va ikkinchi qismidagi, 28-moddaning nomidagi va matnidagi, 29-moddaning nomidagi va matnidagi, 30-moddaning nomidagi va matnidagi, 31-moddaning nomidagi va matnidagi tegishli son va kelishikdagi “(oqsoqoli)” degan soʻz chiqarib tashlansin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyunda qabul qilingan OʻRQ-544-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 6, 327-modda; 2021-yil, № 2, 139-modda, 4-songa ilova, № 6, 518-modda; 2022-yil, № 3, 213-modda, № 6, 574-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 5-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganlik uchun sudning hukmiga koʻra ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok etish huquqidan faqat qonunga muvofiq hamda sudning qarori asosida mahrum etilishi mumkin. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini toʻgʻridan toʻgʻri yoki bilvosita cheklashga yoʻl qoʻyilmaydi”;
2) 13-modda beshinchi qismining sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“u Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganda yoki Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqqanda”;
3) 14-modda quyidagi mazmundagi oʻttiz oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan oʻzga vakolatlarni amalga oshiradi”;
4) 25-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“25-modda. Viloyat, tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyasiga aʼzolik
Yigirma bir yoshga toʻlgan, oʻrta yoki oliy maʼlumotga, qoida tariqasida, saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish borasida ish tajribasiga ega boʻlgan, aholi oʻrtasida obroʻ-eʼtibor qozongan fuqarolar viloyat, tuman va shahar saylov komissiyasining, okrug va uchastka saylov komissiyasining aʼzosi boʻlishi mumkin.
Quyidagilar viloyat, tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyasining aʼzosi boʻlishi mumkin emas:
Qonunchilik palatasi deputati, mahalliy Kengash deputati, Senat aʼzosi;
boshqa saylov komissiyasining aʼzolari;
siyosiy partiyalarning aʼzolari va vakolatli vakillari;
viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari hamda ularning oʻrinbosarlari;
prokuratura organlarining, sudlarning mansabdor shaxslari;
nomzodlar, nomzodlarning yaqin qarindoshlari va ishonchli vakillari;
nomzodlarga bevosita boʻysunuvchi shaxslar;
ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar.
Uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining yarmidan koʻpi bitta tashkilotdan tavsiya etilishi mumkin emas, bundan Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida, harbiy qismlarda, sanatoriylarda va dam olish uylarida, kasalxonalarda hamda boshqa statsionar davolash muassasalarida, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum qilish joylarida tashkil etilgan uchastka saylov komissiyalari mustasno.
Saylov komissiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga, Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengash deputatligiga nomzod yoki ishonchli vakil etib roʻyxatga olingan aʼzosi saylov komissiyasi tarkibidan chiqib ketgan deb hisoblanadi.
Saylov komissiyasi aʼzosining vakolatlari mazkur saylov komissiyasini tuzgan organ tomonidan bevosita yoxud uni aʼzolikka tavsiya etgan organning taqdimnomasiga binoan quyidagi hollarda tugatilishi mumkin:
u oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilish toʻgʻrisida yozma ariza berganda;
u sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
u oʻz vazifalarini muntazam ravishda bajarmay kelganda;
qonunga koʻra u saylov komissiyasi aʼzosining vakolatlarini amalga oshirish bilan bir vaqtda shugʻullanib boʻlmaydigan lavozimga saylanganda yoki tayinlanganda;
u sudning qonuniy kuchga kirgan qaroriga asosan bedarak yoʻqolgan deb topilganda yoxud vafot etgan deb eʼlon qilinganda;
u Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganda yoki Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqqanda;
u vafot etganda.
Zarur boʻlgan taqdirda, ushbu Kodeksda belgilangan tartibda saylov komissiyasining yangi aʼzosi saylanadi”;
5) 36-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi boʻyicha saylov kampaniyasi boshlanganligi ularning vakolatlari muddati tugashidan kamida uch oy oldin Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi, bundan ushbu Kodeksning 66 va 741-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno”;
6) 60-moddaning:
birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Bunda saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi”;
oltinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Bunda saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi”;
7) 61-moddaning birinchi qismidagi “besh” degan soʻz “yetti” degan soʻz bilan almashtirilsin;
8) 66-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“66-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga muddatidan ilgari saylov
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti oʻz vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha Senat Raisining zimmasiga yuklatiladi, bunda uch oy muddat ichida, ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlagan taqdirda, saylov ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda ikki oy ichida oʻtkaziladi. Bunda saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi”;
9) 74-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Saylov Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov oʻtkazilishiga kamida bir oy qolganida tayinlanadi va ushbu Kodeksning talablariga rioya qilgan holda tashkil etiladi. Bunda saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi”;
10) 13-bob quyidagi mazmundagi 741-modda bilan toʻldirilsin:
“741-modda. Qonunchilik palatasi deputatlarining muddatidan ilgarigi saylovi
Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tarqatib yuborilgan taqdirda, Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovi ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda uch oy ichida oʻtkaziladi.
Qonunchilik palatasi tomonidan oʻzini oʻzi tarqatib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovi ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda ikki oy ichida oʻtkaziladi. Bunda saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi”;
11) 14-bob quyidagi mazmundagi 871-modda bilan toʻldirilsin:
“871-modda. Senat aʼzolarining muddatidan ilgarigi saylovi
Senat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tarqatib yuborilgan taqdirda, Senat aʼzolarining saylovi ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda uch oy ichida oʻtkaziladi.
Senat tomonidan oʻzini oʻzi tarqatib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Senat aʼzolarining saylovi ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda bir oy ichida oʻtkaziladi”;
12) 93-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Saylov tegishli mahalliy Kengash tomonidan saylov oʻtkazilishiga kamida bir oy qolganida tayinlanadi va ushbu Kodeksning talablariga rioya etilgan holda tashkil etiladi. Bunda saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi”;
13) 931-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yangi tashkil etilgan maʼmuriy-hududiy birlikda xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari saylovi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan, xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari deputatlari saylovi esa tegishli xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan saylov oʻtkazilishiga kamida ikki oy qolganida tayinlanadi va ushbu Kodeksning talablariga rioya etilgan holda tashkil etiladi. Bunda saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi”;
14) 98-modda:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovga, mahalliy Kengashlarga saylovga, shu jumladan boʻshab qolgan deputatlik oʻrinlari uchun saylovlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Mahalliy Kengashlarning boʻshab qolgan deputatlik oʻrinlari uchun saylovlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar har yili qabul qilinadigan mahalliy budjetlarning xarajatlari qismida nazarda tutiladi”;
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 15-dekabrda qabul qilingan “Favqulodda holat toʻgʻrisida”gi OʻRQ-737-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 12, 1195-modda) 15-moddasining ikkinchi qismidagi “(oqsoqollari)” degan soʻz chiqarib tashlansin.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Konstitutsiyaviy Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Konstitutsiyaviy Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Konstitutsiyaviy Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
10-modda. Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 6-may,
OʻRQ-838-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)