Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
“Retseptsiz beriladigan dori vositalari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 4-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3315-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-oktabrdagi PQ-411-son “Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2021-yil 12-iyuldagi 8-son “Retseptsiz beriladigan dori vositalari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3315, 2021-yil 30-iyul) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2021-y., 10/21/3315/0734-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. INOYATOV
Toshkent sh.,
2023-yil 29-aprel,
9-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2023-y., 10/23/3315-1/0252-son)