02.05.2023 yildagi 179-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxitektura, qurilish, muhandislik sohalari rahbar va mutaxassislari hamda ishchi kasb egalarining malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 8-noyabrdagi PQ-416-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek arxitektura, qurilish, muhandislik sohalari rahbar va mutaxassislari hamda ishchi kasb egalarining malakasini oshirish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 8-noyabrdagi PQ-416-son qaroriga muvofiq arxitektura, qurilish, muhandislik sohalari rahbar kadrlari, mutaxassislari va ishchi kasb egalarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent arxitektura-qurilish instituti huzuridagi Qurilish sohasidagi menejerlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi negizida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzurida Kasbiy faoliyatni rivojlantirish markazi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti huzuridagi Arxitektura-qurilish yoʻnalishidagi mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi hamda Jizzax politexnika instituti qoshidagi Arxitektor-loyihachilar va quruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi negizida Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzurida Kasbiy faoliyatni rivojlantirish markazi (keyingi oʻrinlarda — markazlar) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar markazlarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayoniga innovatsion texnologiyalar hamda ilgʻor xorijiy tajribani joriy etishga moʻljallangan malaka talablari, oʻquv rejasi va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning akkreditatsiyasidan oʻtgan oʻquv dasturlari asosida qayta tayyorlash va malaka oshirishning oʻquv-metodik hujjatlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohadagi yetakchi professor-oʻqituvchilar, mahalliy konstruktorlik-texnologik muassasalar va respublikadagi yirik loyihalash tashkilotlarining tajribali amaliyotchi mutaxassislarini taklif etgan holda, sohadagi yuqori va innovatsion texnologiyalarga asoslangan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma asosida tegishli yoʻnalishlar boʻyicha xorijiy oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari va soha mutaxassislarini qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlariga jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim va ishlab chiqarish boʻyicha oʻzaro hamkorlikni taʼminlab, qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonini, shu jumladan, koʻchma mashgʻulotlarni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan tashkilotlar bazasida tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy hamkor tashkilot va oliy taʼlim muassasalari bilan birgalikda talabalarning arxitektura, qurilish, muhandislik, dizayn yoʻnalishlari boʻyicha xalqaro kasbiy sertifikatlarni olishini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumeʼtirof etilgan xalqaro taʼlim standartlari va talablari, ilgʻor pedagogik, axborot-kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalari asosida oʻquv jarayonini sifatli tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxitektura va qurilish sohasining ilgʻor yutuqlari, masofadan oʻqitish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda malaka oshirishning innovatsion shakllarini joriy etish, oʻquv-metodik resurslarni ishlab chiqish, taʼlim dasturlarini takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlar davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi Kasbiy faoliyatni rivojlantirish markazi — Toshkent arxitektura-qurilish instituti huzuridagi Qurilish sohasidagi menejerlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazining, Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi Kasbiy faoliyatni rivojlantirish markazi — Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti huzuridagi Arxitektura-qurilish yoʻnalishidagi mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlarga Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tegishlicha Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rektorlari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan direktorlar rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlar direktorlari — oliy taʼlim muassasasi fakulteti dekaniga, direktor oʻrinbosarlari — oliy taʼlim muassasasi fakulteti dekani oʻrinbosariga, markazning boshqa xodimlari — oliy taʼlim muassasalarining tegishli lavozimlariga tenglashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli axborot-metodik va tashkiliy-texnik baza mavjud boʻlgan taqdirda, qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv kurslari masofadan oʻqitish usullari qoʻllanilgan holda tashkil etiladi. Bunda masofadan oʻqitish usullari asosidagi kurslarda oʻquv mashgʻulotlari onlayn va oflayn shakllarida oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlarda malaka oshirish Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-maydagi 451-qarori bilan tasdiqlangan Loyihalash va qurilish sohasidagi mutaxassislarning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxitektura, qurilish, muhandislik sohalari rahbar va mutaxassislari hamda ishchi kasb egalari har besh yilda kamida bir marta markazlarda tashkil etiladigan malaka oshirish kurslaridan oʻtadi va ularni muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga sertifikat taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim jarayoniga oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari hamda soha boʻyicha yetakchi mutaxassislar jalb etilganda, ularga belgilangan tartibda soatbay asosida ish haqi toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi Kasbiy faoliyatni rivojlantirish markazi Toshkent arxitektura-qurilish universitetiga tegishli Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Yangi shahar koʻchasi, 9-uy manzilida joylashgan binoga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi Kasbiy faoliyatni rivojlantirish markazi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga tegishli Samarqand shahar, Lolazor koʻchasi, 70-uy manzilida joylashgan binoga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti hamda Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti kuzatuv kengashlari bir oy muddatda markazlar ustavini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar markazlar faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro grantlar, shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili 1-dekabrga qadar qurilish va arxitektura sohasidagi tashkilotlar xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha buyurtmalarni, shu jumladan, tinglovchilar kontingenti, dolzarb mavzu va yoʻnalishlar boʻyicha takliflarni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqitish samaradorligi va sifatini oshirish maqsadida markazlar moddiy-texnik bazalarini mustahkamlashga koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri I.Yu. Abduraxmonov hamda qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 2-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
179-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.05.2023-y., 09/23/179/0243-son)