O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“ELEKTRON RAQAMLI IMZO TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasining 2022-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-793-sonli “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2023-yil 14-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati (Sh. Mirziyoyev) o‘z qarorlarini “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda idoralar mazkur Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2003-yil 11-dekabr,
563–II-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 13-modda)