OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY KENGASHINING
Qarori
“JISMONIY TARBIYA VA SPORT TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISH TARTIBI HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasining 2026-yil 24-martdagi OʻRQ-1123-sonli “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan paytdan boshlab amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga uch oylik muddat ichida:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirish yuzasidan takliflar kiritish;
Hukumat qarorlari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa normativ hujjatlarini “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirish topshirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOSHEV
Toshkent sh.,
1992-yil 14-yanvar,
514–XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 3-son, 161-modda)