19.04.2023 yildagi 4-2202-2201/27-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XORAZM VILOYAT SUDINING IQTISODIY IShLAR BOʻYIChA SUDLOV HAYʼATI APELLATSIYA INSTANSIYASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI

Birinchi instansiya sudida ishni koʻrgan sudya — X. Raximov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasida maʼruzachi sudya — Sh. Djamolov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyat sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati Sh. Djamolov raisligida, hayʼat aʼzolari M. Kurbanov va M. Bobonazarovdan iborat tarkibda, sudya katta yordamchisi S. Ruzmetov kotibligida, Urganch tumanlararo iqtisodiy sudining 4-2202-2201/27-sonli iqtisodiy ishi doirasida 2023-yil 13-fevralda qabul qilingan hal qiluv qaroriga nisbatan daʼvogar I.M.M. tomonidan berilgan apellatsiya shikoyatini taraflardan daʼvogar I.M.M., javobgar “G.P.” masʼuliyati cheklangan jamiyati vakillari A.A. (rahbar), R.M. (2022-yil 4-martdagi orderga asosan), guvohlar B.S. va A.A. ishtirokida, viloyat sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati joylashgan binosida, ochiq sud majlisida koʻrib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I.M.M. (keyingi matnlarda — daʼvogar deb yuritiladi) Shovot tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, “G.P.” masʼuliyati cheklangan jamiyati (keyingi matnlarda — javobgar deb yuritiladi)ga taʼsischisi hisoblanishini koʻrsatib, jamiyat ishtirokchilarining 12.02.2018-yildagi 1-sonli, 02.03.2018-yildagi 2-sonli, 24.12.2018-yildagi 3-sonli, 01.11.2019-yildagi 9/1-sonli, 19.06.2020-yildagi 1-sonli umumiy yigʻilish bayonlarini hamda 02.07.2018-yildagi 111-sonli raqam bilan roʻyxatga olingan taʼsis shartnomasini, jamiyatning 29.07.2019-yildagi 5-sonli qarori bilan 02.08.2019-yilda davlat xizmatlari markazidan (raqamsiz) roʻyxatdan oʻtkazilgan Ustavini, jamiyat taʼsischilarining 18.02.2021-yildagi 5-sonli qarori bilan 2021-yilda davlat xizmatlari markazidan (raqamsiz) roʻyxatdan oʻtkazilgan yangi tahrirdagi Ustavini haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shovot tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 21-yanvardagi ajrimi bilan daʼvogarning daʼvo arizasi qaytarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyat sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2022-yil 4-martdagi qarori bilan Shovot tumanlararo iqtisodiy sudining 4-2202-2201/27-sonli iqtisodiy ish doirasida qabul qilingan daʼvo arizasini qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimi bekor qilinib, ish mazmunan koʻrib chiqish uchun Urganch tumanlararo iqtisodiy sudiga yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urganch tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 18-martdagi hal qiluv qarori bilan daʼvogarning daʼvo talablarini qanoatlantirish rad qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyat sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2022-yil 06-maydaga qarori bilan Urganch tumanlararo iqtisodiy sudining 4-2202-2201/27-sonli iqtisodiy ishi doirasida 2022-yil 18-martda qabul qilingan hal qiluv qarori oʻzgarishsiz, daʼvogar I.M.M. tomonidan berilgan apellatsiya shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2022-yil 04-avgustdagi qarori bilan Xorazm viloyat sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2022-yil 06-maydagi qarorining “daʼvogar I.M.M.dan Respublika budjetiga ishni apellatsiya instansiyasi sudida koʻrish bilan bogʻliq 8 100 000 soʻm davlat boji undirilsin” qismi “daʼvogar I.M.M.dan Respublika budjetiga ishni apellatsiya instansiyasi sudida koʻrish bilan bogʻliq 6.750.000 soʻm davlat boji undirilsin” deb oʻzgartirilgan va sud qarorlarining qolgan qismi oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2022-yil 16-dekabrdagi qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi oʻrinbosarining protesti qanoatlantirilib, Urganch tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 18-martdagi hal qiluv qarori, Xorazm viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2022-yil 6-maydagi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2022-yil 4-avgustdagi qarori bekor qilingan hamda ish yangidan koʻrish uchun Urganch tumanlararo iqtisodiy sudiga yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urganch tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 13-fevraldagi hal qiluv qarori bilan daʼvoning bir qismini qanoatlantirish rad etilib, daʼvogar I.M.M.dan Respublika budjetiga 13.500.000 soʻm davlat boji undirilgan hamda daʼvoning qolgan 29.07.2019-yildagi 5-sonli qarori bilan 02.08.2019-yilda davlat xizmatlari markazidan (raqamsiz) roʻyxatdan oʻtkazilgan Ustavini, jamiyat taʼsischilarining 18.02.2021-yildagi 5-sonli qarori bilan 2021-yilda davlat xizmatlari markazidan (raqamsiz) roʻyxatdan oʻtkazilgan yangi tahrirdagi Ustavini haqiqiy emas deb topish qismi boʻyicha ish yuritish tugatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qaroriga nisbatan daʼvogar tomonidan apellatsiya shikoyati berilib, hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvoni qanoatlantirish haqida yangi qaror qabul qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida ishtirok etgan daʼvogar vakili apellatsiya shikoyatida bayon etilgan vajlarni qoʻllab-quvvatlab, shikoyatni toʻliq qanoatlantirishni, hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvoni qanoatlantirish toʻgʻrisida yangi qaror qabul qilishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida ishtirok etgan javobgar vakillari apellatsiya shikoyatiga eʼtiroz bildirib, apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etib, hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni soʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvoh A.A. umumiy yigʻilish oʻtkazilishidan taxminan 5,6 kun oldin 2019-yil avgust oyining boshlarida yigʻilishga chaqirish toʻgʻrisidagi xabarnomani M.I.ning uyiga olib borib berganligi toʻgʻrisida koʻrsatma bergan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvoh, B.S. jamiyatning umumiy yigʻilishlariga M.I. chiqartirilgan boʻlsada, kelmaganligi toʻgʻrisida koʻrsatma bergan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati, taraflar vakillarining tushuntirishlarini tinglab, apellatsiya shikoyatida bayon etilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birgalikda muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra apellatsiya shikoyatini qisman qanoatlantirib, hal qiluv qarorini oʻzgartirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishdagi hujjatlaridan maʼlum boʻlishicha, I.M.M. “G.P.” aksiyadorlik jamiyatining nominal qiymati 1.000 soʻm boʻlgan 80 dona aksiyalariga egalik qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“G.P.” ochiq aksiyadorlik jamiyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 24-yanvardagi PF-3202-sonli Farmoniga asosan jamiyat aksiyadorlarining 2003-yil 21-apreldagi navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi qarori bilan masʼuliyati cheklangan jamiyatiga aylantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“G.P.” masʼuliyati cheklangan jamiyati 2004-yil 7-aprelda 111-sonli raqam bilan Gurlan tuman hokimligi huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyasida masʼuliyati cheklangan jamiyat sifatida qayta roʻyxatga olingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I.M.M. “G.P.” masʼuliyati cheklangan jamiyatining 80.000 soʻmlik 1,23 foiz ulushiga ega boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jamiyat ishtirokchilarining 2018-yil 12-fevraldagi 1-sonli yigʻilish bayonnomasi bilan direktor A.A.ning jamiyatni boshqa faoliyat turiga aylantirish va ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish yoki ortiqcha, jamiyatga foydasiz, soliq majburiyati hisoblanib turgan binolarni sotish takliflarini maʼqullash, direktor A.A.ga jamiyatni faoliyat turini oʻzgartirib, ortiqcha ishlamasdan turgan binolarni sotish orqali investitsiya jalb qilib, ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish va hisoblangan soliq va majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlash majburiyatini yuklash haqida qaror qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamiyat ishtirokchilarining 2018-yil 2-martdagi 2-sonli yigʻilish bayonnomasi bilan jamiyatning foydalanmasdan turgan va ishlab chiqarishga yaroqsiz boʻlgan qoʻshimcha bostirma binosini (umumiy yer maydoni 4920,0 kv.m., qurilish osti bostirma binosi 1012,74 kv.m.) belgilangan tartibda muzokara oʻtkazish yoʻli bilan “G.M.S.” MChJga 54.500.000 soʻmga sotish va sotuvdan tushgan mablagʻlarni jamiyat ehtiyojlariga ishlatish haqida qaror qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Gurlan tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan 2018-yil 2-iyulda 111-sonli reyestr tartib raqami bilan jamiyatning taʼsis shartnomasi roʻyxatga olingan boʻlib, unda taʼsischilarning ustav fondidagi ulushlari quyidagicha belgilangan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. A.A.A. — 2.412.000 soʻm — 37,22 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. A.A.A. — 210.000 soʻm — 3,24 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. I.D. — 1.620.000 soʻm — 25,0 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. B.D. — 1.549.000 soʻm — 23,9 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. I.Q. — 116.000 soʻm — 1,79 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. R.T. — 33.000 soʻm — 0,51 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Q.Gʻ. — 24.000 soʻm — 0,37 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. A.K. — 27.000 soʻm — 0,42 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. R.Y. — 52.000 soʻm — 0,8 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. M.S. — 22.000 soʻm — 0,34 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. T.O. — 64.000 soʻm — 0,99 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. X.D. — 47.000 soʻm — 0,73 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. I.S. — 25.000 soʻm — 0,39 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. B.S. — 37.000 soʻm — 0,57 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Y.Y. — 2.000 soʻm — 0,03 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. N.Oʻ. — 80.000 soʻm — 1,23 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. I.M. — 80.000 soʻm — 1,23 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. N.G. — 80.000 soʻm — 1,23 foizini tashkil qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jamiyat ishtirokchilarining 2018-yil 24-dekabrdagi 3-sonli yigʻilish bayonnomasi bilan jamiyat ustav fondidagi koʻp yillardan buyon foydalanmasdan, oʻzining foydalanish muddatini oʻtab boʻlgan avariya holatidagi umumiy yer maydoni 3351,2 kv.m., shundan qurilish osti maydoni 1288,8 kv.m. boʻlgan bino va inshootlarni sotish va sotuvdan tushgan mablagʻlarni soliq va majburiy toʻlovlarga oʻtkazish, ishchi xodimlarning oylik maoshlarini berishni taʼminlash, S.J.A. bilan oldi-sotdi shartnomasi tuzish haqida qaror qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Gurlan tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan 2019-yil 2-avgustda 111-sonli reyestr tartib raqami bilan jamiyatning ustavi roʻyxatga olingan boʻlib, unda taʼsischilarning ustav fondidagi ulushlari quyidagicha belgilangan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“G.P.” MChJ — 689.000 soʻm — 10,63 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A.A.A. — 2.412.000 soʻm — 37,22 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A.A.A. — 210.000 soʻm — 3,24 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I.D. — 1.620.000 soʻm — 25,0 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
B.D. — 1.549.000 soʻm — 23,9 foizini tashkil qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jamiyat ishtirokchilarining 2019-yil 1-noyabrdagi 9/1-sonli yigʻilish bayonnomasi bilan jamiyat ustav fondidagi koʻp yillardan buyon foydalanmasdan, oʻzining foydalanish muddatini oʻtab boʻlgan, avariya holatidagi Gurlan shaharchasi, Mangʻit koʻchasi, 5-uyda joylashgan umumiy yer maydoni 4200,0 kv.m., shundan qurilish osti maydoni 842,99 kv.m. boʻlgan bino va inshootlarni sotish va sotuvdan tushgan mablagʻlarni soliq va majburiy toʻlovlarga oʻtkazish, ishchi xodimlarning oylik maoshlarini berishni taʼminlash, A. oil biznes MChJ bilan 21.200.000 soʻmga oldi-sotdi shartnomasi tuzish haqida qaror qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jamiyat ishtirokchilarining 2020-yil 19-iyundagi 1-sonli yigʻilish bayonnomasi bilan jamiyat ustav fondidagi koʻp yillardan buyon foydalanmasdan, oʻzining foydalanish muddatini oʻtab boʻlgan, avariya holatidagi umumiy yer maydoni 3588,0 kv.m., shundan qurilish osti maydoni 1712,29 kv.m. boʻlgan bino va inshootlarni sotish va sotuvdan tushgan mablagʻlarni soliq va majburiy toʻlovlarga oʻtkazish, ishchi xodimlarning oylik maoshlarini berishni taʼminlash, G.T.T. MChJ (A.D.) bilan oldi-sotdi shartnomasi tuzish haqida qaror qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Gurlan tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan taʼsischilarning 2021-yil 18-fevraldagi 5-sonli qaroriga asosan jamiyatning ustavi roʻyxatga olingan boʻlib, unda taʼsischilarning ustav fondidagi ulushlari quyidagicha belgilangan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. A.A.A. — 2.412.000 soʻm — 41,65 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. A.A.A. — 210.000 soʻm — 3,63 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. I.D. — 1.620.000 soʻm — 27,97 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. B.D. — 1.549.000 soʻm-26,75 foizini tashkil qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar I.M.M. mazkur holatlardan norozi boʻlib, sudga daʼvo ariza bilan murojaat qilib, yuqorida koʻrsatilgan jamiyatning 5 ta umumiy yigʻilish bayonini, 1 ta taʼsis shartnomasini va 2 ta jamiyat ustavini haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizoni hal etishda birinchi instansiya sudi 2 ta jamiyat ustavini haqiqiy emas deb topish haqidagi talab yuzasidan ish yuritishni tugatish yuzasidan asosli xulosaga kelgan boʻlsada, 5 ta umumiy yigʻilish bayonini, 1 ta taʼsis shartnomasini haqiqiy emas deb topish haqidagi talabni toʻliq rad etish haqida barvaqt xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni 41-moddasiga koʻra jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari, jamiyatning ustavi talablari buzilgan holda qabul qilingan hamda jamiyat ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan qarori ovoz berishda ishtirok etmagan yoki bahsli qarorga qarshi ovoz bergan jamiyat ishtirokchisining arizasiga koʻra sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Bunday ariza jamiyat ishtirokchisi qabul qilingan qaror toʻgʻrisida bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan kundan eʼtiboran ikki oy ichida berilishi mumkin. Agar jamiyat ishtirokchisi shikoyatga sabab boʻlgan qarorni qabul qilgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishida ishtirok etgan boʻlsa, mazkur ariza shunday qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran ikki oy ichida berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ishning barcha holatlarini hisobga olgan holda, agar ariza bergan jamiyat ishtirokchisining ovozi ovoz berish natijalariga taʼsir koʻrsata olishi mumkin boʻlmasa va (yoki) yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarlik jiddiy boʻlmasa va (yoki) qaror jamiyatning ana shu ishtirokchisiga zarar yetkazmagan boʻlsa, shikoyatga sabab boʻlgan qarorni oʻz kuchida qoldirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni 33-moddasining birinchi qismiga koʻra, jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishini chaqiruvchi organ yoki shaxslar uni oʻtkazishdan kamida oʻttiz kun oldin bu haqda jamiyatning har bir ishtirokchisini jamiyat ishtirokchilarining roʻyxatida koʻrsatilgan manzil boʻyicha buyurtma xat bilan yoki jamiyatning ustavida nazarda tutilgan boshqa usulda xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ammo, birinchi instansiya sudi “G.P.” MChJning Gurlan tuman davlat xizmatlari markazida 2019-yil 02-avgustda 11-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan Ustaviga asosan daʼvogar I.M.M.ning nomi taʼsischilar roʻyxatida koʻrsatilmaganligi va shunga koʻra jamiyatning taʼsischisi sifatida vakolatga ega boʻlmaganligi, “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 41-moddasiga asosan jamiyat Jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining qarori ushbu qarorni qabul qilish boʻyicha ovoz berishda ishtirok etmagan yoki bahsli qarorga qarshi ovoz bergan jamiyat ishtirokchisining daʼvosi bilan haqiqiy emas deb topilishi mumkinligidan kelib chiqib, daʼvo talabining 5 ta umumiy yigʻilish bayonini, 1 ta taʼsis shartnomasini haqiqiy emas deb topish qismini toʻliq rad etish haqida notoʻgʻri xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaholanki, Gurlan tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan 2018-yil 2-iyulda 111-sonli reyestr tartib raqami bilan jamiyatning taʼsis shartnomasi roʻyxatga olingan boʻlib unga koʻra, I.M.M.ning taʼsischi sifatida jamiyat Ustav fondidagi ulushi — 80.000 soʻm — 1,23 foizni tashkil qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, I.M.M. taʼsischi boʻlsada, “G.P.” masʼuliyati cheklangan jamiyati ishtirokchilarining 2018-yil 12-fevralda, 2018-yil 02-martda va 2018-yil 24-dekabrda oʻtkazilgan umumiy yigʻilishiga chaqirilmagan va/yoki uni lozim darajada xabardor qilinmasdan uning ishtirokisiz umumiy yigʻilish qarorlari qabul qilinib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, Jamiyat ishtirokchilarining 2018-yil 12-fevraldagi 1-sonli yigʻilish bayonnomasi bilan direktor A.A.ning jamiyatni boshqa faoliyat turiga aylantirish va ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish yoki ortiqcha, jamiyatga foydasiz, soliq majburiyati hisoblanib turgan binolarni sotish takliflarini maʼqullash, direktor A.A.ga jamiyatni faoliyat turini oʻzgartirib, ortiqcha ishlamasdan turgan binolarni sotish orqali investitsiya jalb qilib, ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish va hisoblangan soliq va majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlash majburiyatini yuklash haqida qaror qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ishtirokchilarining 2018-yil 2-martdagi 2-sonli yigʻilish bayonnomasi bilan jamiyatning foydalanmasdan turgan va ishlab chiqarishga yaroqsiz boʻlgan qoʻshimcha bostirma binosini (umumiy yer maydoni 4920,0 kv.m., qurilish osti bostirma binosi 1012,74 kv.m.) belgilangan tartibda muzokara oʻtkazish yoʻli bilan G.M.S. MChJga 54.500.000 soʻmga sotish va sotuvdan tushgan mablagʻlarni jamiyat ehtiyojlariga ishlatish haqida qaror qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ishtirokchilarining 2018-yil 24-dekabrdagi 3-sonli yigʻilish bayonnomasi bilan jamiyat ustav fondidagi koʻp yillardan buyon foydalanmasdan, oʻzining foydalanish muddatini oʻtab boʻlgan avariya holatidagi umumiy yer maydoni 3351,2 kv.m., shundan qurilish osti maydoni 1288,8 kv.m. boʻlgan bino va inshootlarni sotish va sotuvdan tushgan mablagʻlarni soliq va majburiy toʻlovlarga oʻtkazish, ishchi xodimlarning oylik maoshlarini berishni taʼminlash, S.J.A. bilan oldi-sotdi shartnomasi tuzish haqida qaror qabul qilingan va bu bilan jiddiy qoidabuzarlikka yoʻl qoʻyilgan va bu bilan jamiyat ishtirokchisiga zarar yetkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga birinchi instansiya sudi daʼvo talabining 2019-yil 01-noyabrdagi 9/1-sonli, 2020-yil 19-iyundagi 1-sonli umumiy yigʻilish bayonlarini hamda 2018-yil 02-iyuldagi 111-sonli raqam bilan roʻyxatga olingan taʼsis shartnomasini haqiqiy emas deb topish qismini rad qilish haqida asosli toʻxtamga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chunki, Gurlan tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan 2019-yil 02-avgustda 111-sonli reyestr tartib raqami bilan jamiyatning ustavi roʻyxatga olingan boʻlib, unda taʼsischilarning ustav fondidagi ulushlari quyidagicha belgilangan, yaʼni “G.P.” MChJ — 689.000 soʻm — 10,63 foiz; A.A.A. — 2.412.000 soʻm — 37,22 foiz; A.A.A. — 210.000 soʻm — 3,24 foiz; I.D. — 1.620.000 soʻm — 25,0 foiz; B.D. — 1.549.000 soʻm — 23,9 foizini tashkil qilib, M.I.ning taʼsischi sifatida ulushi koʻrsatilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, birinchi instansiya sudi daʼvo talabining jamiyatning 29.07.2019-yildagi 5-sonli qarori bilan 02.08.2019-yilda davlat xizmatlari markazidan (raqamsiz) roʻyxatdan oʻtkazilgan Ustavini, jamiyat taʼsischilarining 18.02.2021-yildagi 5-sonli qarori bilan 2021-yilda davlat xizmatlari markazidan (raqamsiz) roʻyxatdan oʻtkazilgan yangi tahrirdagi Ustavini haqiqiy emas deb topish qismi boʻyicha ham ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida qonuniy xulosa kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi 110-moddasining 1-bandiga muvofiq ish sudga taalluqli boʻlmasa iqtisodiy sudi ish yuritishni tugatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 279-moddasining birinchi qismiga asosan birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun kuyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ish uchun ahamiyatli holatlarning toʻliq aniqlanmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlarning isbotlanmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida qayd etilganlarga asosan sudlov hayʼati, hal qiluv qarorini oʻzgartirishni va uning asoslantiruvchi va xulosa qismlaridagi “G.P.” masʼuliyati cheklangan jamiyati ishtirokchilarining 2018-yil 12-fevraldagi 1-sonli, 2018-yil 02-martdagi 2-sonli va 2018-yil 24-dekabrdagi 3-sonli umumiy yigʻilish bayonlarini haqiqiy emas deb topishni rad qilinsin qismini bekor qilib, talabning ushbu qismi boʻyicha yangi qaror qabul qilishni va “G.P.” masʼuliyati cheklangan jamiyati ishtirokchilarining 2018-yil 12-fevraldagi 1-sonli, 2018-yil 02-martdagi 2-sonli va 2018-yil 24-dekabrdagi 3-sonli umumiy yigʻilish bayonlarini haqiqiy emas deb topishni, shuningdek daʼvogar I.M.M.dan Respublika budjetiga 13.500.000 soʻm davlat boji undirilsin jumlasini, daʼvogar I.M.M.dan Respublika budjetiga 5.400.000 soʻm davlat boji undirilsin deb oʻzgartirishni, hal qiluv qarorining qolgan qismini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim deb topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birgalikda, hal qiluv qarori oʻzgartirilishi munosabati bilan ishni sudda koʻrish bilan bogʻliq davlat boji va pochta xarajatlari ham taraflar oʻrtasida ularning qanoatlantirilgan daʼvo talablariga mutanosib ravishda taqsimlanishi lozim boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati, hal qiluv qarorining oʻzgartirilishi sababli, Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi 118-moddasiga asosan qanoatlantirilgan 3 ta daʼvo talablari doirasidan kelib chiqib, javobgardan Respublika budjeti foydasiga 8.100.000 soʻm davlat boji undirishni, rad qilingan 3 ta daʼvo talabi boʻyicha davlat bojini daʼvogarning zimmasiga yuklashni va sudga daʼvo taqdim qilishda daʼvogar tomonidan bitta daʼvo talabi boʻyicha oldindan qisman, yaʼni 2.700.000 soʻm davlat boji, 21.600 soʻm pochta xarajati hamda apellatsiya instansiyasi uchun 30.000 soʻm pochta xarajati toʻlanganligini inobatga olib, oʻzining zimmasida qoldirishni, qolgan 2 ta daʼvo talabi boʻyicha 5.400.000 soʻm davlat bojini daʼvogardan Respublika budjeti foydasiga undirishni, sudga taalluqli boʻlmaganligi sababli tugatilgan 2 ta daʼvo talabi boʻyicha davlat boji undirilmaslikni lozim deb topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi 118, 278, 279, 280-moddalarini koʻllab, sudlov hayʼati qaror qildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urganch tumanlararo iqtisodiy sudining 4-2202-2201/27-sonli iqtisodiy ish doirasida 2023-yil 13-fevralda qabul qilingan hal qiluv qarori oʻzgartirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urganch tumanlararo iqtisodiy sudining 4-2202-2201/27-sonli iqtisodiy ishi doirasida 2023-yil 13-fevralda qabul qilingan hal qiluv qarorining asoslantiruvchi va xulosa qismlaridagi “G.P.” masʼuliyati cheklangan jamiyati ishtirokchilarining 2018-yil 12-fevraldagi 1-sonli, 2018-yil 02-martdagi 2-sonli va 2018-yil 24-dekabrdagi 3-sonli umumiy yigʻilish bayonlarini haqiqiy emas deb topish haqidagi daʼvo talablarini qanoatlantirish rad qilinsin qismi bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvo talabining ushbu qismi boʻyicha yangi qaror qabul qilinsin va daʼvo talablarining ushbu qismi qanoatlantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“G.P.” masʼuliyati cheklangan jamiyati ishtirokchilarining 2018-yil 12-fevraldagi 1-sonli, 2018-yil 02-martdagi 2-sonli va 2018-yil 24-dekabrdagi 3-sonli umumiy yigʻilish bayonnomalari haqiqiy emas deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urganch tumanlararo iqtisodiy sudining 4-2202-2201/27-sonli iqtisodiy ishi doirasida 2023-yil 13-fevralda qabul qilingan hal qiluv qarorining asoslantiruvchi va xulosa qismlaridagi “daʼvogar I.M.M.dan Respublika budjetiga 13.500.000 soʻm davlat boji undirilsin” jumlasini, daʼvogar I.M.M.dan Respublika budjetiga 5.400.000 soʻm davlat boji undirilsin deb oʻzgartirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarorining qolgan qismi oʻzgarishsiz qoldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgar “G.P.” masʼuliyati cheklangan jamiyatidan Respublika budjeti foydasiga 8.100.000 soʻm davlat boji undirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro varaqalari berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya shikoyati qisman qanoatlantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror qabul qilingan paytdan qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarorga nisbatan, u qabul qilingan kundan eʼtiboran bir yil ichida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga kassatsiya shikoyati berish (protest keltirish) mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik etuvchi Sh. DJAMOLOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayʼat aʼzolari M. BOBONAZAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
M. KURBANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urganch sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 19-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-2202-2201/27-son