11.04.2023 yildagi 4-1101-2203/4984-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyat sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati apellatsiya instansiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Birinchi instansiya sudida ishni koʻrgan sudya — P. Zakirova
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiya sudida maʼruzachi sudya — A. Ibragimova
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati apellatsiya instansiyasida, sudya J. Suyarovning raisligida, hayʼat aʼzolari, sudyalar X. Karimov va A. Ibragimovadan iborat tarkibda, sudya katta yordamchisi Sh. Nuraliyevaning kotibligida, daʼvogar vakili _______________ (2022-yil 21-iyundagi ishonchnoma asosida), javobgar vakili _______________ (2021-yil 14-dekabrdagi ishonchnoma asosida) ishtirokida, daʼvogar _______________ ning javobgarlar “_______________” masʼuliyati cheklangan jamiyati va Zangiota tuman davlat xizmatlari markaziga nisbatan 2021-yil 4-maydagi “_______________” masʼuliyati cheklangan jamiyatining ustav fondidagi ulush oldi-sotdi shartnomasi, 2021-yil 4-maydagi 5-sonli umumiy yigʻilish bayonnomasi, jamiyatning 2021-yil 4-maydagi yangi tahrirdagi ustavi, 2021-yil 4-maydan keyingi jamiyatning taʼsis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga oid maʼlumotlarni haqiqiy emas deb topish va haqiqiy emaslik oqibatlarini qoʻllash toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi boʻyicha qoʻzgʻatilgan iqtisodiy ish yuzasidan qabul qilingan Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 13-fevraldagi hal qiluv qarori ustidan javobgar “_______________” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan berilgan apellatsiya shikoyati asosida ishni Toshkent viloyat sudi binosida, ochiq sud majlisi muhokamasida koʻrib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishdagi hujjatlarga koʻra, Turkiya Respublikasi fuqarolari _______________ hamda _______________ hamkorlikda 2018-yil 3-oktabrda Oʻzbekiston Respublikasida “_______________” masʼuliyati cheklangan jamiyatini taʼsis etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning ustav fondi 8 000 000 soʻmni tashkil etib, har bir ishtirokchiga 4 000 000 soʻmlik ulush taqsimlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani 9-son notarial idorasida tasdiqlangan 2019-yil 3-iyuldagi ishonchnoma bilan _______________ _______________ ga oʻz nomidan barcha harakatlarni, shu jumladan ulushlar, aksiyalar sertifikatlar, zayomlar, foiz toʻlovlarini toʻlash va boshqa harakatlarni amalga oshirishi uchun ishonch bildirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu ishonchnoma asosida 2021-yil 4-maydagi “_______________” masʼuliyati cheklangan jamiyatining ustav fondidagi ulush oldi-sotdi shartnomasi tuzilib, unga koʻra taʼsischi _______________ oʻz ulushini taʼsischi _______________ ga 4 000 000 soʻm evaziga sotgan. Mazkur shartnomani taʼsischi _______________ ham sotuvchi, ham xaridor nomidan imzolagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, jamiyatning 2021-yil 4-maydagi 5-sonli umumiy yigʻilish bayonnomasi (qarori) bilan taʼsischi _______________ ulush oldi-sotdi shartnomasi asosida taʼsischilar safidan chiqarilgan, _______________ esa jamiyatning 100 foizlik taʼsischisi etib belgilangan. Umumiy yigʻilish qarorini _______________ oʻzi va _______________ nomidan imzolagan va ushbu qaror asosida jamiyatning taʼsis hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur shartnoma va umumiy yigʻilish qaroridan bexabar boʻlgan taʼsischi _______________ oʻzining huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan deb hisoblab, sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, FKning 129-moddasiga koʻra ulush oldi-sotdi shartnomasi qonunga zid ekanligi vaji bilan javobgarlar “_______________” masʼuliyati cheklangan jamiyati va _______________ ga nisbatan 2021-yil 4-maydagi “_______________” masʼuliyati cheklangan jamiyatining ustav fondidagi ulush oldi-sotdi shartnomasini, 2021-yil 4-maydagi 5-sonli umumiy yigʻilish bayonnomasini, jamiyatning 2021-yil 4-maydagi yangi tahrirdagi ustavini, 2021-yil 4-maydan keyingi jamiyatning taʼsis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga oid maʼlumotlarni haqiqiy emas deb topishni va haqiqiy emaslik oqibatlarini qoʻllashni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2023-yil 12-yanvardagi ajrimi bilan “_______________” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, taʼsischi _______________ ishga javobgar sifatida jalb qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2023-yil 13-fevraldagi hal qiluv qarori bilan daʼvo talablarining jamiyatni 2021-yil 4-maydagi yangi tahrirdagi ustavini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi qismi boʻyicha ish yuritish tugatilgan, daʼvo talablari qisman qanoatlantirilib, “_______________” masʼuliyati cheklangan jamiyatining 2021-yil 4-maydagi ulush oldi-sotdi shartnomasi, 5-sonli umumiy yigʻilish bayonnomasi (qarori) va 2021-yil 4-maydan keyingi jamiyatning taʼsis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga oid maʼlumotlar haqiqiy emas deb topilgan, daʼvo talablarining qolgan qismi hamda _______________ ga nisbatan bildirilgan qismi boʻyicha qanoatlantirish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“_______________” masʼuliyati cheklangan jamiyati hisobidan _______________ foydasiga 9 000 000 soʻm davlat boji va 24 000 soʻm pochta xarajatlari undirish belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur hal qiluv qaroriga nisbatan “_______________” masʼuliyati cheklangan jamiyati vakili tomonidan apellatsiya shikoyati berilgan boʻlib, unda birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvo talablarini rad etish toʻgʻrisida yangi qaror qabul qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida ishtirok etgan javobgar “_______________” masʼuliyati cheklangan jamiyati vakili apellatsiya shikoyatida bayon etilgan vajlarini quvvatlab, daʼvo arizasida qoʻshimcha javobgar sifatida _______________ ga nisbatan talab bildirilganligini, biroq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 70-sonli qarorida davlat xizmatlari tuman markazlari yuridik shaxs maqomiga ega emasligi aniq belgilab qoʻyilganligini, 13-sonli Oliy sud Plenum qarorida agar daʼvo bildirilgan shaxs yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmasa, yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan yuqori turuvchi organ ishga jalb qilinishi kerakligi haqida tushuntirish berilganligini, yuqori turuvchi organi bu Davlat xizmatlari agentligining Toshkent viloyat boshqarmasi hisoblanishini, vaholanki uning huquqlariga bevosita daxl qiluvchi hal qiluv qarori qabul qilinganligini, bu esa ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborish uchun asos boʻlishini, bundan tashqari sud tomonidan material huquq normalari talablari ham buzilganligini, _______________ ishonchnoma asosida _______________ bilan shartnoma tuzganligini, lekin _______________ keyinchalik oʻzining vakili orqali umumiy yigʻilishda jamiyatdan chiqib ketishi va taʼsis ulushining 100%i _______________ ga oʻtishi haqida ovoz berganligini, vakil orqali ovoz berdimi, dyemak oʻzi bergan hisoblanishini, FKning 132-moddasida shaxsning bitim tuzishga vakolati yoʻq boʻlsa, vakolatsiz ravishda shaxs bitim tuzgan boʻlsa, lekin vakolatli shaxs keyinchalik mazkur bitimni maʼqullashga qaratilgan harakatlarni amalga oshirgan boʻlsa, bitim haqiqiy hisoblanadi deyilganligini, mazkur holatda _______________ oʻzining vakili orqali tuzilgan oldi-sotdi shartnomasini maʼqullaganligini, qolaversa jamiyat tomonidan daʼvo talablariga nisbatan daʼvo muddatini qoʻllash haqida iltimosnoma kiritilganligini, umumiy yigʻilish qarorini haqiqiy emas deb topishga, bunaqa talab bilan murojaat qilishga, aynan bayonnomani haqiqiy emas deb topishga 2 oylik muddat belgilanganligini, 2 oylik muddat oʻtib ketganda daʼvo muddati qoʻllanilishi kerakligini, ammo sud daʼvo muddatini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnomani rad qilganligi va bunga _______________ tomonidan shartnomani haqiqiy emas deb topishning oqibatlarini qoʻllash haqida talab bildirilganligi sababli daʼvo muddati qoʻllanilmaydi deb tushuntirish berganligini bildirib, apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni, sudning hal qiluv qarorini bekor qilib, ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar vakili apellatsiya shikoyatiga va javobgar jamiyat vakilining vajlariga nisbatan eʼtiroz bildirib, javobgar vakilining barcha vajlari asossiz ekanligini taʼkidlab, apellatsiya shikoyatini qanoatlantirmaslikni, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor etilgan javobgarlar _______________ va _______________ sud majlisida vakil ishtirokini taʼminlamadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda “IPK” deb yuritiladi) 274-moddasining toʻrtinchi qismiga asosan, apellatsiya instansiyasi sudining sud majlisiga sud muhokamasini oʻtkazish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan apellatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning kelmaganligi ishni ularning ishtirokisiz koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bois, sudlov hayʼati ishni javobgarlar Z_______________ va _______________ ning ishtirokisiz koʻrib chiqish mumkin deb hisoblaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati, apellatsiya shikoyati yuzasidan taraflar vakillarining vajlarini tinglab, shikoyatda keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilib, ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishni lozim deb topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPKning 259-moddasi birinchi qismiga asosan ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati berishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeks 279-moddasi toʻrtinchi qismining 4-bandiga koʻra, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinganligi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini har qanday holda bekor qilishga asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qaroriga 1-ilova sifatida tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisida”gi Nizomning 5-bandida Vazirlik, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari yuridik shaxs hisoblanishi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, chet el valyutasidagi bank hisobvaraqlariga ega ekanliklari, tuman (shahar) adliya boʻlimlari, yuridik xizmat koʻrsatish markazlari, davlat xizmatlari markazlari va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari (keyingi oʻrinlarda — FHDY organlari) yuridik shaxs hisoblanmasligi, mol-mulkka, xoʻjalik yurituvida yoki operativ boshqaruvda alohida mol-mulkka ega boʻlmasligi, FHDY organlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhr va blankalarga ega boʻlishlari belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, birinchi instansiya sudi tomonidan Toshkent viloyat Adliya boshqarmasi ishga jalb qilinmay, _______________ markazi yuridik shaxs hisoblanmasada, unga nisbatan ish koʻrilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaholanki, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Birinchi instansiya sudi tomonidan iqtisodiy protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2019-yil 24-maydagi 13-son qarorining 10-bandida daʼvo yuridik shaxsning oʻziga emas, balki uning alohida boʻlinmasiga nisbatan taqdim etilgan boʻlsa, IPK 154-moddasining 1-bandiga asosan daʼvo arizasini qabul qilish rad etilishi, agar bu holat daʼvo arizasi ish yuritishga qabul qilinganidan keyin aniqlansa, IPKning 45-moddasiga muvofiq yuridik shaxsning oʻzini ishda ishtirok etishga jalb qilish masalasi hal etilishi lozimligi haqida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holatda sudlov hayʼati birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan kelisha olmaydi va javobgarning apellatsiya shikoyati asosli deb hisoblaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 278-moddasi birinchi qismining 5-bandiga koʻra apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha ushbu Kodeks 279-moddasi toʻrtinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan asos mavjud boʻlgan taqdirda hal qiluv qarorini bekor qilishga va ishni yangidan koʻrish uchun yuborishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga koʻra, sudlov hayʼati apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilib, ishni mazmunan koʻrib chiqish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni koʻrish chogʻida birinchi instansiya sudi taraflarni sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilib, ushbu nizo bilan bogʻliq shaxslarni, jumladan Toshkent viloyat Adliya boshqarmasini ishga jalb qilgan holda, ish holatlarini toʻliq oʻrganib, moddiy va protsessual huquq normalariga qatʼiy rioya qilgan holda, ish boʻyicha asoslantiruvchi birlamchi hujjatlarni, ish holatlariga aniqlik kiritishga xizmat qiladigan boshqa hujjatlarni talab qilib olib, toʻplangan dalillar yigʻindisi asosida qonuniy va asoslantirilgan sud hujjati qabul qilishi, shuningdek sud xarajatlarini undirishda IPKning 118-moddasi talablariga rioya qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlarga hamda IPKning 274, 278 — 280-moddalariga asoslanib, sudlov hayʼati qaror qildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya shikoyati qanoatlantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 13-fevraldagi hal qiluv qarori bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish yangidan koʻrib chiqish uchun Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudiga yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qarordan norozi taraf Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir yil ichida kassatsiya tartibida shikoyat berishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi: J. SUYaROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayʼat aʼzolari: X. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A. IBRAGIMOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 11-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-1101-2203/4984-son