07.04.2023 yildagi 4-10-2205/477-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy IShLAR BOʻYIChA SUDLOV HAYʼATINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AJRIMI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudyasi J. Xusainov, sudya katta yordamchisi Sh. Boymurodovning kotibligida, daʼvogar “A.M.T.S.V.T.A.S.” xorijiy kompaniyasi (Turkiya)ning javobgar “E.” xususiy korxonasiga nisbatan ishtirokchilar umumiy yigʻilishining 2017-yil 8-avgustdagi 52-sonli, 2017-yil 18-avgustdagi 53-sonli, 2017-yil 27-oktabrdagi 59-sonli va 2017-yil 30-oktabrdagi 60-sonli bayonnomalarini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi daʼvo arizasi boʻyicha iqtisodiy ishni daʼvogar vakillari M.X., I.O. (ishonchnoma asosida), “E.” MChJ rahbari va jamiyatning yagona taʼsischisi R.M. ishtirokida Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati binosida ochiq sud majlisida koʻrib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“A.M.T.S.V.T.A.S.” xorijiy kompaniyasi (matnda daʼvogar deb yuritiladi) sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, “E.” xususiy korxonasi (matnda javobgar deb yuritiladi)ga nisbatan ishtirokchilar umumiy yigʻilishining 2017-yil 8-avgustdagi 52-sonli, 2017-yil 18-avgustdagi 53-sonli, 2017-yil 27-oktabrdagi 59-sonli va 2017-yil 30-oktabrdagi 60-sonli bayonnomalarini haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2023-yil 3-fevraldagi ajrimi bilan ishga daxldor boʻlmagan javobgar “E.” xususiy korxonasi ishga daxldor boʻlgan “E.” MChJ bilan almashtirilib, ishga nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida jamiyat yagona taʼsischisi Muratov Akmal Neʼmatovich jalb qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida daʼvogar vakili taraflar oʻrtasida 2023-yil 6-aprelda tuzilgan mediativ kelishuvni sudga taqdim etib, mediativ kelishuv tuzilganligi sababli daʼvo arizasini koʻrmasdan qoldirishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgar vakili taraflar oʻrtasida mediativ kelishuv tuzilganligi sababli daʼvo arizasini koʻrmasdan qoldirishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ishda ishtirok etuvchi taraflar vakillarining fikrlarini tinglab, ish hujjatlarini va taraflar oʻrtasida tuzilgan mediativ kelishuvni oʻrganib chiqib, quyidagi asoslarga koʻra daʼvo arizasini koʻrmasdan qoldirishni lozim topdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (matnda IPK deb yuritiladi)ning 130-moddasiga koʻra, sud taraflarning kelishuvi uchun choralar koʻradi, ularga iqtisodiy sud ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida nizoni hal etishga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPKning 131-moddasi birinchi qismiga binoan esa taraflar nizoni kelishuv bitimini yoki mediativ kelishuvni tuzib hal etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv daʼvo tartibidagi har qanday ish boʻyicha tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishuv bitimi iqtisodiy sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida va sud hujjatini ijro etish jarayonida, mediativ kelishuv esa birinchi instansiya sudida sud alohida xonaga (maslahatxonaga) sud hujjatini qabul qilish uchun chiqquniga qadar taraflar tomonidan tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holatda “A.M.T.S.V.T.A.S” xorijiy kompaniyasi va “E.” MChJ oʻrtasida 2023-yil 6-aprelda nizo boʻyicha mediativ kelishuv tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPKning 107-moddasi 53-bandiga koʻra, taraflar oʻrtasida mediativ kelishuv tuzilgan boʻlsa, iqtisodiy sud daʼvo arizasini koʻrmasdan qoldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mediatsiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasi oltinchi qismiga koʻra, nizo mediativ kelishuv bilan mediatsiya tartibida hal qilingan taqdirda, toʻlangan davlat boji qaytarilishi lozim, bundan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida mediativ kelishuv tuzilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunning 18-moddasi birinchi qismining 9-bandiga koʻra, agar taraflar oʻrtasida mediativ kelishuv tuzilgan boʻlsa, ariza koʻrmasdan qoldirilganda davlat boji toʻliq yoki qisman qaytarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida qayd etilganlarga koʻra, sud daʼvogarning daʼvo arizasini koʻrmasdan qoldirishni va oldindan toʻlangan davlat boji summasini daʼvogarga qaytarishni, oldindan toʻlangan pochta xarajatlarini esa daʼvogar zimmasida qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binobarin, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 107-moddasi 53-bandiga va 195-moddasiga asoslanib, sud ajrim qildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“A.M.T.S.V.T.A.S” xorijiy kompaniyasi (Turkiya)ning daʼvo arizasi koʻrmasdan qoldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar tomonidan oldindan toʻlangan pochta xarajati inobatga olinib, uning zimmasida qoldirilsin. Oldindan toʻlangan 12 000 000 soʻm davlat boji summasini “A.M.T.S.V.T.A.S” xorijiy kompaniyasi (Turkiya)ga qaytarilsin va bu haqda maʼlumotnoma berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya J. XUSAINOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 7-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-10-2205/477-son