13.04.2023 yildagi 4-2101-2203/2090-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAVOIY VILOYAT SUDINING IQTISODIY IShLAR BOʻYIChA SUDLOV HAYʼATI APELLATSIYA INSTANSIYASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AJRIMI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-2101-2203/2090-sonli iqtisodiy ish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy viloyat sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati T. Abdramanovning raisligida, hayʼat aʼzolari X. Tursunov va S. Jakeyevlardan iborat tarkibda, sudya katta yordamchisi G. Togʻayevaning sud majlisi kotibligida, “Y” xususiy korxonasi rahbari T.Z vakili Z.B (3-sonli advokatlik order va ishonchnomaga asosan), “X” MChJ raisi H.O, Xatirchi tuman hokimligi vakili M.S (2023-yil 10-apreldagi ishonchnomaga asosan) ishtirokida, daʼvogar “Q” MChJning “X” MChJ taʼsischilarining 2017-yil 2-iyundagi navbatdan tashqari yigʻilishi qarorini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi boʻyicha yuritilgan ish yuzasidan qabul qilingan Karmana tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 9-sentabrdagi hal qiluv qarori ustidan “Y” xususiy korxonasi tomonidan berilgan apellatsiya shikoyati asosida ishni Navoiy viloyat sudi binosida boʻlib oʻtgan ochiq sud majlisida koʻrib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar “Q” masʼuliyati cheklangan jamiyati javobgarlar Xatirchi tuman hokimligi, N.H, Z.U, N.X, A.A, Sh.Yo, O.P, S.Q, N.Q, Q.Shga nisbatan Karmana tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, “X” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischilarining 2017-yil 2-iyundagi navbatdan tashqari yigʻilishi qarorini haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning ajrimlari bilan ishga qoʻshimcha javobgarlar sifatida “A” MChJ, “X” MChJ ishtirokchilari (taʼsischilari) U.V, X.N, O.M, Y.K, A.N, I.T, Sh.T, N.X, M.Q, R.Q, G.Q, O.N, G.S, T.N, O.P, M.M, “E” kichik korxonasi jalb qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2022-yil 9-sentabrdagi hal qiluv qarori bilan daʼvogarning daʼvo arizasi qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish yuzasidan qabul qilingan hal qiluv qarori ustidan “Y” xususiy korxonasi apellatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan va unda hal qiluv qarori uning manfaatiga daxl qilishini inobatga olib, sud hujjatini bekor qilish hamda daʼvoni qanoatlantirishni rad etish haqida qaror qabul qilishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Y” xususiy korxonasi vakili Navoiy viloyat xoʻjalik sudining qaroriga asosan “A” MChJga “X” MChJdan 146.975.051 soʻm qarzdorlik undirilganligini, ushbu qarzdorlik evaziga Xatirchi tuman hokimining 08.06.2017-yilda Q-946-sonli qarori chiqarilganligini, qaror bilan “mehmonxona” binosi doimiy foydalanish huquqi bilan biriktirilganligini, 16.06.2017-yildagi 74-sonli kelishuv bayonnomasiga asosan mehmonxona binosi “A” MChJ rahbari L.S tomonidan fuqaro M.Sga sotilganligini va “Maishiy xizmat va savdo doʻkoni”ga qayta ixtisoslashtirilganligini, soʻng ulush sifatida “X.i.e.” MChJga kiritilganligini, 02.06.2022-yilda “Y” xususiy korxonasiga sotib yuborilganligini bildirib, hal qiluv qarorini bekor qilishni, daʼvo talabini qanoatlantirishni rad etishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“X” MChJ vakili birinchi instansiya sudining sud majlisida ishtirok etganligini, yigʻilish qarori toʻgʻri chiqarilganligini va barcha ishtirokchilar chaqirilganligini, Q-946-sonli qaror oʻz kuchida turganligini, lekin yigʻilishni chaqirish boʻyicha hujjatlar mavjud emasligini bildirib, qonuniy qaror qabul qilishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xatirchi tuman hokimligi vakili yigʻilish qarori toʻgʻri chiqarilganligini, hokimning Q-946-sonli nizoli qarori bekor boʻlmaganligini bildirib, qonuniy qaror qabul qilishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan aniqlanishicha, Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2011-yil 8-iyul kuni “X” MChJning ustavi roʻyxatga olingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustavga koʻra, jamiyat ishtirokchilari sifatida Xatirchi tuman hokimligi, “Q” MChJ, “E” kichik korxonasi va 24 ta fuqaro qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy viloyat xoʻjalik sudining 2017-yil 21-fevraldagi 21-1705/519-sonli hal qiluv qarori bilan javobgar “X” MChJdan daʼvogar “A” MChJ foydasiga 146.975.051 soʻm asosiy qarz undirilgan va majburiy ijroga qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“X” MChJ taʼsischilarining 2017-yil 2-iyundagi navbatdan tashqari umumiy yigʻilish bayoni (qarori)ga koʻra, uning balansida boʻlgan mehmonxona binosi qarzdorlikni qoplash hamda ortib qolgan mablagʻni “X” MChJga tarozi saqlash, veterinariya, laboratoriya hamda xodimlarga idora xonalarini qurish ishlariga yoʻnaltirish uchun topshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xatirchi tuman hokimining 2017-yil 2-iyundagi Q-946-sonli qarori bilan mehmonxona binosini berish tasdiqlangan va shartlar buzilgan taqdirda mazkur qaror oʻz kuchini yoʻqotishi inobatga olingan hamda “A” MChJga doimiy foydalanish huquqi bilan biriktirib berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“X” MChJ ishtirokchisi “Q” MChJ Navoiy tumanlararo maʼmuriy sudiga ariza bilan murojaat qilib, Xatirchi tuman hokimining 2017-yil 8-iyundagi Q-946-sonli qarorini haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lekin, sud jarayonida “X” MChJ taʼsischilarining 2017-yil 2-iyundagi navbatdan tashqari umumiy yigʻilish bayoni mavjud emasligini hamda shikoyat qilish muddati oʻtib ketganligi aniqlanib, Navoiy tumanlararo maʼmuriy sudining 2021-yil 29-iyul kunidagi hal qiluv qarori bilan arz qilingan talab qanoatlantirishdan rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 25-moddasida, iqtisodiy sudga ushbu Kodeksning 30-moddasida koʻrsatilgan korporativ nizolar boʻyicha ishlar taalluqliligi, 30-moddasida korporativ nizolar toifasiga yuridik shaxs ishtirokchilarining umumiy yigʻilishini chaqirish; yuridik shaxs boshqaruv organlarining qarorlari ustidan shikoyat qilish va qonunga muvofiq boshqa nizolar ham kiritilishi mumkinligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2014-yil 20-iyundagi 262-sonli Qarori 1-bandiga koʻra, ishtirokchilar oʻrtasida, ishtirokchilar bilan xoʻjalik shirkatlari oʻrtasida, shu jumladan aksiyadorlar oʻrtasida, aksiyador bilan aksiyadorlik jamiyati oʻrtasida xoʻjalik shirkatlari faoliyatidan kelib chiqadigan nizolarni hal qilishda FK, IPK, “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi qonun va boshqa qonun hujjatlarini qoʻllashlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Plenum qarorining 20-bandiga binoan “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 41-moddasiga asosan jamiyat boshqaruv organining qarori ushbu qarorni qabul qilish boʻyicha ovoz berishda ishtirok etmagan yoki bahsli qarorga qarshi ovoz bergan jamiyat ishtirokchisining daʼvosi bilan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilish qarori bitim hisoblanmasligi sababli umumiy yigʻilish qarorini haqiqiy emas deb topish bilan bogʻliq ishlarni koʻrishda FKning bitimlarga oid normalarni qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Birinchi instansiya sudi tomonidan iqtisodiy protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2019-yil 24-maydagi 13-sonli qarori 301-bandida nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslarni basharti qaror taraflardan biriga nisbatan ularning huquq yoki majburiyatlariga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlsa, ishda ishtirok etish uchun jalb qilishga yoʻl qoʻyilishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan iqtisodiy ishlarni apellatsiya tartibida koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi 16-sonli qarori 2-bandiga binoan IPK 259-moddasiga muvofiq, apellatsiya instansiyasi sudida ish yuritish daʼvogar, arizachi, javobgar, uchinchi shaxs, ular vakillarining shikoyati boʻyicha, prokurorning protesti boʻyicha qoʻzgʻatilishi mumkinligi, apellatsiya tartibida ish yuritish, shuningdek, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, sud hujjati huquq va majburiyatlariga taʼsir qiluvchi IPK 259-moddasiga muvofiq, sud hujjati ustidan shikoyat qilish huquqiga ega boʻlgan shaxsning shikoyati boʻyicha ham qoʻzgʻatilishi mumkin. Ushbu shaxs sud hujjatida koʻrsatilmagan hollarda ham, uning ustidan shikoyat qilish huquqidan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lekin, mazkur ish korporativ nizodan, yaʼni “X” MChJ taʼsischilarining 2017-yil 2-iyundagi navbatdan tashqari umumiy yigʻilish bayoni (qarori)ni haqiqiy emas deb topishdan kelib chiqqan va “Y” xususiy korxonasi ushbu qarorning qonuniy yoki noqonuniy qabul qilinishiga aloqasi mavjud emas, shuningdek u “X” MChJ taʼsischi yoki ishtirokchi, shu bilan birga ishda ishtirok etuvchi shaxs hisoblanmaydi hamda sudning hal qiluv qarori, yigʻilish qarori uning huquq va majburiyatlariga taʼsir qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 273-moddasi birinchi qismining 3-bandiga koʻra, apellatsiya shikoyati sud hujjati ustidan shikoyat qilish huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa, apellatsiya instansiyasi sudi shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritishni tugatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati, “Y” xususiy korxonasi shikoyat qilish huquqiga ega boʻlmagan shaxs ekanligini inobatga olib, apellatsiya shikoyati boʻyicha ish yuritishni tugatishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 118-moddasiga muvofiq, sud xarajatlari ishda ishtirok etuvchi shaxslarning qanoatlantirilgan daʼvo talablari miqdoriga mutanosib ravishda ularning zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga koʻra, davlat boji iqtisodiy sudning hal qiluv qarorlari, ish yuritishni tugatish haqidagi, daʼvoni koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi, sud jarimalarini solish haqidagi ajrimlar ustidan beriladigan apellatsiya, kassatsiya shikoyatlaridan undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning 18-moddasida davlat bojini toʻliq yoki qisman qaytarilishi kerak boʻlgan hollar belgilanib, IPK 273-moddasi birinchi qismining 3-bandidagi holatlar aks ettirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga koʻra, sudlov hayʼati, sud xarajatlari “Y” xususiy korxonasi zimmasiga yuklab, ular toʻlanganligini inobatga olishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 118, 273-moddalarini qoʻllab, sud ajrim qildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Y” xususiy korxonasining apellatsiya shikoyati boʻyicha ish yuritish tugatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajrim qabul qilingan vaqtdan boshlab qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajrimdan norozi taraf Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga kassatsiya tartibida shikoyat keltirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi T. ABDRAMANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayʼat aʼzolari X. TURSUNOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S. JAKEEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy v.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 13-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-2101-2203/2090-son