11.04.2023 yildagi 4-1001-2302/5096-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati apellatsiya instansiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Birinchi instansiyada ishni koʻrgan sudya — M. Sultonov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasida maʼruzachi sudya — F. Yodgorov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati raislik qiluvchi A. Narzullayev, hayʼat aʼzolari sudyalar A. Mamaraimov va F. Yodgorovdan iborat tarkibda, sudya katta yordamchisi F. Umaraliyevaning kotibaligida, taraflardan: “O.S” masʼuliyati cheklangan jamiyati vakili F.J (ishonchnoma), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi vakillari J.I, X.R (ishonchnoma), “X.t.b” davlat korxonasi vakili R.S ishtirokida, “O.S” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi J.A.U oʻgʻli tomonidan Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 15-fevraldagi hal qiluv qarori ustidan berilgan apellatsiya shikoyatini ish hujjatlari bilan birga, Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati joylashgan binoda, videokonferensaloqa rejimida ochiq sud majlisida koʻrib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorazm viloyati hududida boʻsh turgan davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 07.04.2020-yildagi 205-sonli qarori bilan Xorazm viloyati hokimligining Urganch shahar, Amudaryo koʻchasi, 1/4-uy manzilida joylashgan umumiy maydoni 2,23 gektar, shundan bino va inshootlar egallagan maydoni 3766 kvadrat metr boʻlgan “X.t.b” davlat korxonasi (matnda DK deb yuritiladi) binosining bir qismini zamonaviy keramik-shisha idishlar ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish uchun “O.C” masʼuliyati cheklangan jamiyati (investor deb yuritiladi)ga investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni bajarish sharti bilan sotish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullanib, investor obyekt negizida investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida quyidagi investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni oʻz zimmasiga olishi, 12 oy muddatda obyektni sotib olish uchun 1 mlrd. soʻm toʻlash, bunda xarid toʻlovlariga chegirma qoʻllanilmasligi, 24 oy muddatda 3,0 mln AQSh dollari miqdoridagi investitsiya kiritish orqali obyekt negizida keramik-shisha idishlar ishlab chiqarishni tashkil etishi, kamida 180 nafar yangi ish oʻrinlari tashkil etishi belgilagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qarorning 2-bandida nazarda tutilgan shartlar asosida obyektni belgilangan tartibda investorga sotish boʻyicha oldi-sotdi shartnomasi tuzilishini, investor tomonidan obyektni sotib olish uchun toʻlov amalga oshirilishi hamda qabul qilinadigan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishi yuzasidan monitoring olib borilishini, investor tomonidan mazkur qarorning 2-bandida nazarda tutilgan xarid toʻlovlari toʻlangan hamda investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar bajarilgan deb eʼtirof etilgandan soʻng mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderiga “tasarruf etish huquqi bilan” belgisi kiritilishini taʼminlash belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi (matnda Boshqarma deb yuritiladi), DK va investor oʻrtasida 2022-yil 20-aprelda 40-sonli shartnoma tuzilgan boʻlib, ushbu shartnomaga koʻra, Xorazm viloyati, Urganch shahri, Amudaryo koʻchasi, 1/4-uyda joylashgan umumiy yer maydoni 2,23 gektar, shundan qurilish yer osti maydoni 3766 kv.m boʻlgan DK binosining bir qismini MChJga sotishga kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma shartlariga koʻra, mulkning sotuv bahosi 1 000 000 000 soʻm ekanligi, MChJ ushbu toʻlovning 15 foizi miqdoridagi 150 000 000 soʻm qismini shartnoma imzolanib, roʻyxatga olinganidan soʻng 10 kunlik muddatda toʻlashi, qolgan 850 000 000 soʻm qismini 212 500 000 soʻmdan 4 qismga boʻlib, 2020-yil aprel oyidan to 2021-yil mart oyiga qadar toʻlashi, shu bilan bir qatorda shartnomaning 2-ilovasiga muvofiq 3 000 000 AQSh dollari miqdoridagi investitsiya majburiyatini 2020-yil aprel oyidan 2022-yil mart oyiga qadar, 24 oy muddat ichida bajarish majburiyatini olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyinchalik, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-apreldagi 205-sonli hamda 2020-yil 19-noyabrdagi 733-sonli qarori 4-ilovasining 5-bandi. investorning 2020-yil 18-maydagi X-2-sonli, 2020-yil 9-dekabrdagi kafolat xatlariga asosan taraflar oʻrtasida 2020-yil 9-dekabrda tuzilgan 101-sonli qoʻshimcha kelishuv tuzilgan boʻlib, ushbu qoʻshimcha kelishuvga asosan asosiy shartnomaning 1.1-bandidagi 2,23 gektar soʻzi 2,58 gektarga, qurilish osti maydoni 3766 kv.mdan 4 152,23 kv.mga oʻzgartirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat taʼsischisi Jamolitdinov Azizjon Ulugʻbek oʻgʻli (matnda daʼvogar deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi 5177-sonli qarorining 3-bandi va “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (matnda Qonun deb yuritiladi)ga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovar (ish va xizmat)lar uchun toʻlovlarni chet el valyutasida amalga oshirish taqiqlanishi, tovar, ish va xizmatlar uchun narx va tariflar, shuningdek, jamiyatlarning ustav kapitaliga qoʻyiladigan minimal talablar faqat milliy valyutada belgilanishi vaji asosida investor, DK, Boshqarmaga nisbatan Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, taraflar oʻrtasida tuzilgan oldi-sotdi shartnomasining 4.1.-bandi va ushbu shartnomaga 2-sonli ilovani Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 116-moddasiga asosan haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2023-yil 15-fevraldagi hal qiluv qarori bilan daʼvogarning daʼvo talabini qanoatlantirish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur hal qiluv qaroridan norozi boʻlib, daʼvogar tomonidan berilgan apellatsiya shikoyatida birinchi instansiya sudi tomonidan moddiy huquq normalari notoʻgʻri qoʻllanilganligi, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-apreldagi 205-sonli qarorida 3.0 mln AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish sharti belgilanganligiga oid xulosaga kelinadigan boʻlsa, birinchi instansiya sudi bu holatda “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 18-moddasiga asoslangan xolda qonunosti hujjati hisoblangan Vazirlar Mahkamasining qaroriga emas balki amalda boʻlgan “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunining normalariga tayanishi lozimligi, zero mazkur Qonunning 18-moddasiga muvofiq hujjat oʻziga nisbatan yuqoriroq yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq boʻlishi kerakligi, normativ-huquqiy hujjatlar oʻrtasida tafovutlar boʻlgan taqdirda yuqoriroq yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjat qoʻllanilishi, qolaversa, Qonunning 9-moddasida alohida hollarda, davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlar va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan investitsiya shartnomalari doirasida jalb etiladigan chet el investitsiyalari ishtirokida amalga oshiriladigan loyihalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarining chet el valyutalariga va shartli birliklarga bogʻlanishiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari asosida yoʻl qoʻyilishi belgilanganligi, investitsiya majburiyati qiymatining Vazirlar Mahkamasi qarori asosida belgilanishi Qonunning 9-moddasi talablariga zid hisoblanishi, birinchi instansiya sudida Vazirlar Mahkamasi qarorining qonunga zid boʻlgan bandini haqiqiy emas deb topishda vakolat mavjud emasligi, lekin shartnomada takrorlangan mazkur qonun talablariga zid boʻlgan bandni haqiqiy emas deb topish uchun barcha asoslar yetarliligi bayon qilinib, hal qiluv qarorini bekor qilish va daʼvo talabini qanoatlantirish toʻgʻrisida yangi qaror qabul qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muhokamasi vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli ravishda xabardor qilingan daʼvogardan bugungi sud majlisida vakil ishtirok etmadi, biroq ish hujjatida daʼvogar vakili A.I.Uning boshqa ish boʻyicha aynan bir xil vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati sud majlisida ham ishtirok etishi sababli mazkur iqtisodiy ish boʻyicha sud majlisini boshqa kunga qoldirish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida ishtirok etgan investor vakili daʼvogarning ish koʻrishni boshqa kunga qoldirish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi va apellatsiya shikoyatini qoʻllab-quvvatlagan holda undagi vajlarni takrorlab, shikoyatni qanoatlantirish va daʼvogarning taraflar oʻrtasida tuzilgan oldi-sotdi shartnomasining 4.1.-bandi va ushbu shartnomaga 2-sonli ilovani haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo talabini qanoatlantirishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida ishtirok etgan Boshqarma va DK vakillari daʼvogarning apellatsiya shikoyatiga nisbatan eʼtiroz bildirib, undagi vajlar asossiz ekanligini, birinchi instansiya sudi tomonidan qonuniy va adolatli qaror qabul qilinganligini bayon qilib, daʼvogarning shikoyati va iltimosnomasini qanotlantirishni rad etishni hamda hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati tarkibi taraflar vakillarining koʻrsatmalarini eshitib, apellatsiya shikoyatini ish hujjatlari bilan birga oʻrganib chiqib, ishdagi mavjud hujjatlar asosida hal qiluv qarorining qonuniyligini oʻrganish mumkin deb hisoblab, daʼvogarning ish koʻrishni boshqa kunga qoldirish haqidagi iltimosnomasini va quyidagilarga koʻra, apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etishni, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPKning 26-moddasida iqtisodiy sud bitimni haqiqiy emas deb topish haqidagi nizolarni hal etishi nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan aniqlanishicha, taraflar oʻrtasida 2022-yil 20-aprelda 40-sonli oldi-sotdi shartnoma tuzilgan boʻlib, ushbu shartnomaga koʻra, Xorazm viloyati, Urganch shahri, Amudaryo koʻchasi, 1/4-uyda joylashgan umumiy yer maydoni 2,23 gektar, shundan qurilish yer osti maydoni 3766 kv.m boʻlgan DK binosining bir qismini MChJga sotishga kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma shartlariga koʻra, mulkning sotuv bahosi 1 000 000 000 soʻm ekanligi, MChJ ushbu toʻlovning 15 foizi miqdoridagi 150 000 000 soʻm qismini shartnoma imzolanib, roʻyxatga olinganidan soʻng 10 kunlik muddatda toʻlashi, qolgan 850 000 000 soʻm qismini 212 500 000 soʻmdan 4 qismga boʻlib, 2020-yil aprel oyidan to 2021-yil mart oyiga qadar toʻlashi, shu bilan bir qatorda shartnomaning 2-ilovasiga muvofiq 3 000 000 AQSh dollari miqdoridagi investitsiya majburiyatini 2020-yil aprel oyidan 2022-yil mart oyiga qadar, 24 oy muddat ichida bajarish majburiyatini olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar oʻz daʼvo arizasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi 5177-sonli qarorining 3-bandiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovar (ish va xizmat)lar uchun toʻlovlarni chet el valyutasida amalga oshirish taqiqlanishi, tovar, ish va xizmatlar uchun narx va tariflar, shuningdek, jamiyatlarning ustav kapitaliga qoʻyiladigan minimal talablar faqat milliy valyutada belgilanishini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonuni talablarini vaj qilib oldi-sotdi shartnomasining 4.1.-bandi va ushbu shartnomaga 2-sonli ilovani haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunning 9-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun barcha hisob-kitoblar va toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi valyutasida amalga oshiriladi, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun tariflar, narxlar, shu jumladan milliy elektron savdo maydonchalaridagi shunday tariflar, narxlar, shuningdek yuridik shaxslarning ustav fondlari (ustav kapitallari) miqdorlariga doir talablar faqat Oʻzbekiston Respublikasi valyutasida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarining chet el valyutalariga va shartli birliklarga bogʻlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar vaj qilib keltirayotgan 3 000 000 AQSh dollari shartnomadagi sotib olinadigan mulkning qiymati emas, balki MChJning 24 oy ichida bajarishi lozim boʻlgan investitsiya majburiyati hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qolaversa, obyektga 3,0 mln AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish sharti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-apreldagi 205-sonli qarorida ham nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu holatda birinchi instansiya sudi 3 000 000 AQSh dollari shartnomadagi sotib olinadigan mulkning qiymati emas, balki MChJning bajarishi lozim boʻlgan investitsiya majburiyati ekanligidan kelib chiqib, daʼvogarning shartnoma 4.1.-bandi va ushbu shartnomaning 2-sonli ilovasi valyutani tartibga solishga oid qonunchilik hujjatlariga zid ekanligi haqidagi vajlarini asosiz deb hisoblagan holda daʼvo talabini rad etish haqida asosli xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bois, sudlov hayʼati tarkibi daʼvogarning apellatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarini asossiz deb hisoblaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPKning 74-moddasi binoan, sud dalillarga ishning barcha holatlarini jamlab, ularni sud majlisida qonunga amal qilgan holda har tomonlama, toʻliq va xolis koʻrib chiqishga asoslangan oʻz ichki ishonchi boʻyicha baho beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holatda birinchi instansiya sudi ishdagi mavjud hujjatlarga huquqiy baho berib, moddiy va protsessual huquq normalari toʻgʻri qoʻllab, qonuniy va asoslantirilgan sud hujjati qabul qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPKning 279-moddasida ish uchun ahamiyatli holatlarning toʻliq aniqlanmaganligi, sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlarning isbotlanmaganligi, hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq emasligi, moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilganligi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayon etilganlarga asosan apellatsiya shikoyatida keltirilgan vajlar IPKning 68-moddasiga asosan dalillar bilan oʻz isbotini topmaganligi bois, ushbu vajlar asosida hal qiluv qarorini bekor qilish va daʼvogarning daʼvo talabini qanoatlantirish uchun asoslar mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPKning 118-moddasiga asosan sud xarajatlari ishda ishtirok etuvchi shaxslarning qanoatlantirilgan daʼvo talablari miqdoriga mutanosib ravishda ularning zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning apellatsiya va kassatsiya shikoyati berish bilan bogʻliq holda qilgan sud xarajatlari ushbu moddada bayon etilgan qoidalarga muvofiq taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayon etilganlarga asosan, sudlov hayʼati tarkibi daʼvogarning apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etib, hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz, apellatsiya instansiya sudida ish koʻrish bilan bogʻliq daʼvogar tomonidan toʻlangan 1.500.000 soʻm davlat boji va 30.000 soʻm pochta xarajatini uning zimmasida qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binobarin, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 68, 118, 274, 276, 279, 280-moddalarini qoʻllab, sudlov hayʼati tarkibi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O.S” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi J.A.U oʻgʻlining ish koʻrishni boshqa kunga qoldirish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi va apellatsiya shikoyatini qanoatlantirish rad etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 15-fevraldagi hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldindan toʻlangan sud xarajatlari “O.S” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi J.A.U oʻgʻlining zimmasida qoldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O.S” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi J.A.U oʻgʻlidan Oliy sud depozitiga videokonferensaloqa rejimida ish koʻrish bilan bogʻliq 75.000 soʻm sud xarajatlari undirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror asosida ijro varaqa berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudi qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran bir yil ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga kassatsiya shikoyati (protesti) berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi A. NARZULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayʼat aʼzolari A. MAMARAIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
F. YoDGOROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 11-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-1001-2302/5096-son