19.04.2023 yildagi 4-23-2206/20-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiyada ishni koʻrishda maʼruzachi sudya — U. Sabirov
Apellatsiya instansiyasida maʼruzachi sudya — R. Xaydarov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDINING IQTISODIY IShLAR BOʻYIChA SUDLOV HAYʼATI APELLATSIYA INSTANSIYASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-23-2206/20-sonli iqtisodiy ish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati sudya Sh. Mahmudovning raisligida, hayʼat aʼzolari sudyalar B. Israylov va R. Xaydarovdan iborat tarkibda, A. Baxshulloyevning kotibligida, daʼvogar D. M. Xning vakili advokat U. M (order va ishonchnoma asosida) ishtirokida, daʼvogarlar “M C LLP” kompaniyasi (A) nomidan ishonchli vakili S. F. M hamda D. M. Xlarning, javobgar T. A. Zni masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi “N M T” qoʻshma korxonasining ishtirokchilari tarkibidan chiqarish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi yuzasidan qoʻzgʻatilgan iqtisodiy ish boʻyicha qabul qilingan Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2022-yil 9-noyabrdagi hal qiluv qarori ustidan “M C LLP” kompaniyasi (A) vakili F. S hamda D. M. Xlarning apellatsiya shikoyatini ish hujjatlari bilan birga Oliy sudining binosida ochiq sud majlisida koʻrib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“M C LLP” kompaniyasi (A) nomidan ishonchli vakili S. F. M hamda D. M. Xlar (bundan buyon matnda daʼvogarlar deb yuritiladi) Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar T. A. Z (bundan buyon matnda javobgar deb yuritiladi)ni masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi “N M T” qoʻshma korxonasi ishtirokchilari tarkibidan chiqarishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2022-yil 7-oktabrdagi ajrimi bilan “R V P” masʼuliyati cheklangan jamiyati hamda masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi “N M T” qoʻshma korxonasi (bundan buyon matnda uchinchi shaxs deb yuritiladi) ishga nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talab bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida jalb qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2022-yil 9-noyabrdagi hal qiluv qarori bilan daʼvoni qanoatlantirish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur hal qiluv qaroridan norozi boʻlib, daʼvogar apellatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan va unda hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvoni qanoatlantirish toʻgʻrisida yangi qaror qabul qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida ishtirok etgan daʼvogar D. M. Xning vakili advokat U. M apellatsiya shikoyatida bayon etilgan vajlarni quvvatlab, daʼvo talabi qonuniy va asosli boʻlganligi sababli hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvoni qanoatlantirish toʻgʻrisida yangi qaror qabul qilishni, apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgar T. A. Zni hamda uchinchi shaxslar “R V P” masʼuliyati cheklangan jamiyati hamda masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi “N M T” qoʻshma korxonasi sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilingan boʻlsa-da, sud majlisida oʻz vakillari ishtirokini taʼminlamadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) 274-moddasining toʻrtinchi qismiga koʻra, apellatsiya instansiyasi sudining sud majlisiga sud muhokamasini oʻtkazish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan apellatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning kelmaganligi ishni ularning ishtirokisiz koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli sudlov hayʼati sud majlisini ularni ishtirokisiz koʻrib chiqish lozim deb hisobladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati ishda ishtirok etuvchi shaxs vakilining tushuntirishlarini tinglab, apellatsiya shikoyatini ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra, hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz, apellatsiya shikoyatini esa qanoatlantirmasdan qoldirishni lozim topdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishdagi hujjatlardan aniqlanishicha, masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi “N M T” qoʻshma korxonasining ustavi hamda taʼsis shartnomasi yangi tahrirda Nukus shahri Davlat xizmatlar markazidan 2021-yil 22-aprel kuni 363368-reyestr raqami bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Ustavga asosan jamiyatning ustav fondi 28.499.949.217,68 soʻmni tashkil etib, jamiyat ishtirokchilari sifatida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T. A. Z — 16,44 % (4.684.293.718,10 soʻm);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
D. M. X — 49,64 % (14.146.695.828,80 soʻm);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“R V P” masʼuliyati cheklangan jamiyati nomidan rahbar T. A. A — 1,75 % (500.000.000 soʻm);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“M C LLP” kompaniyasi nomidan harakat qiluvchi T. A. A — 32,17 % (9.168.959.670,78 soʻm) ulushga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi uyushgan jinoyatchilikka va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, arizada koʻrsatilgan holatlarga baho berish uning manfaatlarini himoya qilishda amaliy yordam berishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur murojaat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahar boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilib, natijasi bilan tekshirish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan harakatdan tugatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogarlar tomonidan ushbu tekshiruv besh oy davom etganligi, javobgarning yozgan arizalarini tekshirish jarayonida ichki va tashqi auditlar, bank va Departament xodimlari tomonidan asbob uskunalarni koʻzdan kechirish harakatlari, baholash tashkilotining asbob uskunalarni baholash ishlarini oʻtkazilganligi, jamiyatning faoliyat koʻrsatishiga jiddiy salbiy taʼsir koʻrsatdi degan vaj bilan sudga javobgarni ishtirokchilar tarkibidan chiqarishni soʻrab daʼvo arizasi bilan murojaat qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni (bundan buyon matnda — Qonun deb yuritiladi)ning 8-moddasi ikkinchi qismiga asosan jami ulushlari jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) kamida oʻn foizini tashkil etadigan jamiyat ishtirokchilari oʻz majburiyatlarini qoʻpol buzayotgan yoxud oʻz harakatlari (harakatsizligi) bilan jamiyatning faoliyat koʻrsatishiga imkon bermayotgan yoki uni jiddiy tarzda qiyinlashtirayotgan ishtirokchini jamiyatdan sud tartibida chiqarilishini talab qilishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunning 8-moddasida jamiyat ishtirokchilarining huquqlari belgilangan boʻlib, unga koʻra, jamiyat ishtirokchilari quyidagilarga haqlidirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunda va jamiyatning taʼsis hujjatlarida belgilangan tartibda jamiyatning ishlarini boshqarishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida va jamiyat taʼsis hujjatlarida belgilangan tartibda jamiyatning faoliyati toʻgʻrisida axborot olish hamda uning buxgalteriya daftarlari va boshqa hujjatlari bilan tanishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydani taqsimlashda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) oʻz ulushini yoxud uning bir qismini ushbu Qonunda va jamiyatning ustavida nazarda tutilgan tartibda mazkur jamiyatning bir yoki bir necha ishtirokchisiga sotish yoki oʻzga tarzda ularning foydasiga voz kechish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat boshqa ishtirokchilarining roziligidan qatʼi nazar ushbu Qonunda va jamiyatning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda istalgan vaqtda jamiyatdan chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat tugatilgan taqdirda, kreditorlar bilan hisob-kitob qilinganidan keyin qolgan mol-mulkning bir qismini yoki uning qiymatini olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgar esa mazkur holatda oʻzining jamiyatdagi manfaatlarini himoya qilishda amaliy yordam berishni soʻrab murojaat etish huquqidan foydalangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, Qonunining 9-moddasiga koʻra jamiyat ishtirokchilari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunda va jamiyatning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, miqdorda, usullarda va muddatlarda hissa qoʻshishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat faoliyati toʻgʻrisidagi sir tutilgan axborotni oshkor qilmasliklari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ishtirokchilarining qonun hujjatlarida va jamiyatning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlari ham boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustavning 9.2.4-bandi talablariga asosan jamiyat ishtirokchilarining majburiyatlari sifatida, “korxona” va uning ishtirokchilari faoliyati haqidagi sir tutilgan axborotlarni oshkor qilmasliklari shartligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, daʼvogar tomonidan javobgarning ushbu majburiyatlarni qoʻpol buzganligi, yaʼni korxona va uning ishtirokchilari faoliyati haqidagi sir javobgar tomonidan oshkor qilinganligi toʻgʻrisidagi dalillar sudga taqdim etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, sud daʼvogarning javobgar tomonidan korxona ishtirokchilari tarkibidan chiqarishni soʻrab bir necha bor ariza bilan murojaat qilganligi, 2022-yil 2-iyun kungi korxona ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi bilan javobgar korxona ishtirokchilari tarkibidan chiqarilishi va unga tegishli boʻlgan ulushni toʻlab berish haqida qaror qabul qilinganligi, 2-sonli bayonnoma oʻz kuchida ekanligi toʻgʻrisidagi vajlari bilan ham kelisha olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chunki, korxona ishtirokchilarining 2022-yil 2-iyun kungi 2-sonli bayonnomaga asosan korxonaning ustavi hamda taʼsis shartnomasiga tegishli oʻzgartishlar kiritilmagan, oʻzgartish kiritish haqidagi murojaat Nukus shahar davlat xizmatlar markazi tomonidan rad etilgan. Bu holat Nukus shahar davlat xizmatlar markazining 2022-yil 8-avgust kungi hamda 2022-yil 1-noyabr kungi xatlari bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, javobgar sudga ariza bilan murojaat qilib, bugungi kunda korxonaning ishtirokchilar tarkibidan chiqmasligini bildirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, daʼvogar tomonidan javobgarning jinoyat ishlari boʻyicha Nukus shahar sudining 2022-yil 31-oktabr kungi qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 40-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilganligi holatlarini javobgar tomonidan korxonaning faoliyatiga toʻsqinliq qiluvchi harakati sifatida keltirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, ushbu maʼmuriy ishi doirasida javobgarning huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilganligi holati ham korxonaning faoliyatiga toʻsqinliq qiluvchi harakat deb hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 279-moddasining birinchi qismiga koʻra, ish uchun ahamiyatli holatlarning toʻliq aniqlanmaganligi, sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlarning isbotlanmaganligi, hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq emasligi, moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilganligi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu holatda birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun bunday asoslar mavjud emasligi sababli, hal qiluv qarori oʻzgarishsiz, daʼvogar D. M. Xning apellatsiya shikoyati esa qanoatlantirilmasdan qoldirilishi lozim. IPKning 118-moddasiga asosan oldindan toʻlangan sud xarajatlari daʼvogar D. M. Xning zimmasida qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarga asosan va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 278 — 280-moddalarini qoʻllab, sudlov hayʼati qaror qildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2022-yil 9-noyabrdagi hal qiluv qarori oʻzgarishsiz, “M C LLP” kompaniyasi (A) vakili F. S hamda D. M. Xlarning apellatsiya shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror qabul qilingan paytdan boshlab qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga kassatsiya tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi Sh. MAHMUDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayʼat aʼzolari B. ISRAYLOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
R. XAYDAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 19-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-23-2206/20-son