Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.03.2006 16.12.2000 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 991
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.03.2006
Hujjat 26.12.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi
Markaziy banki
Boshqaruvi tomonidan

“TASDIQLANDI”
(Bayonnoma 16/4)

2000-yil 2-sentabrda
478-son

“KELIShILGAN”

Oʻzbekiston Respublikasi
Fan va texnika
Davlat komitetining raisi

P.Habibullayev

2000-yil 6-dekabr

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TIJORAT BANKLARIDA VA MARKAZIY BANK HISOB-KITOB KASSA MARKAZLARIDA ELEKTRON IMZO VA ShIFRATSIYA KALITLARIDAN FOYDALANISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 16-dekabrda 991-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2006-yil 17-yanvardagi 1/10-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimida elektron raqamli imzo va shifrlash kalitlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1553, 13.03.2006-y.) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. Mazkur hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki global tarmogʻi orqali yopiq turdagi axborotlarning uzatilishi va qabul qilinishida elektron maʼlumotlarni muhofaza qilish, elektron imzo, shifratsiya kalitlaridan foydalanishi va ularning saqlanishini toʻgʻri tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.3. Barcha global tarmoq ishtirokchilari (banklari) uchun mazkur tartibga rioya qilinishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Mazkur Nizomni bayon etishda quyidagi qisqartma va tushunchalardan foydalanildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron imzo — kriptografik metodlar yordamida elektron hujjatlarning mualliflik va aslligini ishonchli aniqlash uchun ishlatuvchi belgilar ketma-ketligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron identifikator — elektron imzoni oʻz ichiga olgan jismoniy qurilma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shifrlash — axborotni maxsus algoritm yordamida oʻzgartirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shifratsiya kaliti — axborotlarni shifrlash va shifradan yechish uchun ishlatiladigan belgilar ketma-ketligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yopiq turdagi elektron axborotlar — Markaziy bank tomonidan elektron toʻlov tizimida uzatilayotganda shifrlanishi va elektron imzo bilan muhofazalanishi zarur deb topilgan elektron axborotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh muhosib elektron imzosi — banklarda elektron toʻlov hujjatlarini tasdiqlash uchun qoʻllaniladigan elektron imzo.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaxira elektron imzo — Bosh muhosib elektron imzosi ishdan chiqqanda vaqtincha qoʻllaniladigan elektron imzo.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Elektron imzo va shifratsiya kalitlarining qoʻllanilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. Elektron imzo va shifratsiya kalitlari yopiq turdagi elektron axborotlarning asliga toʻgʻriligini taʼminlash va tashqi muhit taʼsiridan muhofazalash maqsadida qoʻllaniladi. Bosh muhosib elektron imzosi elektron identifikator yoki boshqa turdagi maxsus qurilma boʻlishi kerak. Markaziy bank elektron toʻlov tizimi orqali uzatilayotgan yopiq turdagi elektron axborot maxsus texnik-dasturiy muhofazalash qurilmasi yordamida elektron imzo va shifratsiya kalitlari qoʻllanilgan holda muhofazalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Elektron imzo va shifratsiya kalitlarini vujudga keltirish va tarqatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. Elektron imzo shifratsiya kalitlari Markaziy bank Hududiy Bosh boshqarmalarning vakolatiga ega boʻlgan boʻlimi tomonidan maxsus dasturlar yordamida vujudga keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. Markaziy bank Hududiy Bosh boshqarmalarning vakolatiga ega boʻlgan boʻlimi elektron imzo va shifratsiya kalitlari tarqatilishi haqida rahbarlariga oldindan xat beradilar. Ushbu xatda elektron imzo va shifratsiya kalitlarini tarqatish va ishga tushirish muddatlari koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shifratsiya va elektron imzo kalitlarini sozlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.1. Shifrlovchi va elektron imzo bilan tasdiqlovchi dasturiy majmua yopiq turdagi axborotni qayta ishlovchi yoki axborotni elektron toʻlov tizimi orqali uzatuvchi va qabul qiluvchi dastur tarkibida ishlashini banklarda dastur ishlab chiqaruvchilar tomonidan taʼminlanadi. Belgilangan davrda elektron imzo va shifratsiya kalitlari oʻzgartirilganda sozlash ishlarini amalga oshirish bank xodimlari (dasturchi, operator) tomonidan qoʻllanilayotgan tegishli dasturning yoʻriqnomasi boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Elektron imzo va shifratsiya kalitlaridan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.1. Markaziy bank elektron toʻlov tizimi orqali amalga oshiriladigan yopiq turdagi elektron axborotlar elektron imzo bilan tasdiqlangan va shifrlangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.2. Elektron imzo bilan tasdiqlanmagan yopiq turdagi elektron axborotlar ishlash uchun qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.3. Elektron toʻlov tizimi ishtirokichisi oʻzidan joʻnatilgan yopiq turdagi elektron axborotning elektron imzosiz yoki elektron imzosi mos kelmaganligi toʻgʻrisida maʼlumot olganda, zudlik bilan muammoni hal etishi va yopiq turdagi elektron axborotni qaytadan joʻnatishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.4. Bosh muhosib elektron imzosi va zaxira elektron imzo seyfda saqlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.5. Elektron arxivlar uchun javobgar xodim muddati tugagan yoki kuchini yoʻqotgan shifrlash kalitlarini tashqi saqlovchi qurilmaga koʻchirib, arxivlashtirish shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.6. Bosh muhosiblar Markaziy bankdan olgan yangi elektron imzoning kuchga kirguniga qadar avvalgi elektron imzodan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.7. Yopiq turdagi elektron axborotni tegishli elektron imzo bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmaganda ( masalan: elektron imzo buzilganda) bankning bosh muhosibi tomonidan Markaziy bank Hududiy Bosh boshqarmalarning vakolatiga ega boʻlgan boʻlimiga avval telefon orqali, soʻngra yozma ravishda maʼlumot beradi. Ushbu maʼlumotda elektron imzoning buzilishi sabablari aniq koʻrsatiladi va “zaxira disketasi” yoki “zaxira elektron identifikator” dan foydalanishga ruxsat soʻraladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.8. Zaxira elektron imzodan uch kundan uzoq muddatda foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.9. Bank elektron imzoni (elektron imzo kaliti buzilganda, yoʻqotilganda va boshqa, shu kabi holatlarda) belgilangan davrdan tashqari yangilashi uchun Markaziy bank Hududiy Bosh boshqarmalarning Axborotni muhofaza qilish shuʼbasiga tushuntirish xati bilan yozma murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.10. Elektron imzodan mazkur nizom asosida foydalanish va uning saqlanishi uchun global tarmoq ishtirokchisi rahbariyati javobgardirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
(Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 24-son)