20.04.2023 yildagi PQ-125-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda inson qadrini ulugʻlash, oʻzaro hurmat, doʻstlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, yurtdoshlarimizning vijdon erkinligi borasidagi huquqlarini taʼminlash boʻyicha olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlarimiz tufayli yaratilgan qulay imkoniyatlardan samarali foydalanib, xalqimiz muborak Ramazon oyini tinchlik-xotirjamlik va shukronalik bilan oʻtkazmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayniqsa, mahalla, yoshlar, xotin-qizlar va nuroniylar jamoatchiligi, diniy ulamolarimiz tomonidan joylarda koʻplab maʼnaviy-maʼrifiy ishlar amalga oshirilayotgani, saxovat va mehr-muruvvat tadbirlari doirasida kam taʼminlangan, yolgʻiz va nogironligi boʻlgan insonlar holidan xabar olinib, ularga amaliy yordamlar koʻrsatilayotgani Ramazon oyining ahamiyati va fayzu tarovatini yanada oshirmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ana shunday xayrli ishlarning davomi sifatida ulugʻ ayyom — Ramazon hayitini munosib kutib olish va yuksak saviyada oʻtkazish, uning mohiyatida mujassam boʻlgan mehr-oqibat, saxovat, olijanoblik va bagʻrikenglik fazilatlarini asrab-avaylash hamda keng targʻib etish, el-yurtimizning ezgu niyat va orzu-intilishlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Joriy yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 21-aprel — juma kuniga toʻgʻri kelishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi tomonidan qabul qilingan qarorni inobatga olib, mamlakatimizda 2023-yil 21-aprel kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Aholining Ramazon hayiti bayramini munosib kutib olishi va yuksak saviyada oʻtkazishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida 2023-yil 24-aprel (dushanba) kuni ish haftasining turidan qatʼi nazar barcha xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni sifatida belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Din ishlari boʻyicha qoʻmita hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Ramazon hayiti xalqimizning milliy anʼana va qadriyatlariga mos ravishda oʻtkazilishi uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat va turizm vazirligi Transport vazirligi bilan birgalikda yurtdoshlarimiz uchun muborak Ramazon hayiti kunlarida moʻtabar ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarini tashkil etish maqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ramazon hayitini nishonlash bilan bogʻliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi M.M. Kamilov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 20-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-125-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2023-y., 07/23/125/0220-son)