Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
QMQ 2.04.05-97 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” qurilish meʼyorlari va qoidalarining 3.10-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 14-aprelda hisobga olindi, hisob raqami 159]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 5-avgustdagi 01/2-39-sonli “SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (hisob raqami 287, 11.09.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. QMQ 2.04.05-97 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” qurilish meʼyorlari va qoidalari 3.10-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Isitish uchun issiqlik energiyasini oqilona sarflash maqsadida xonaga beriladigan issiqlikni obyektli yoki individual muvofiqlashtirishini qoʻllash lozim. Umumiy issiqlik tizimini obyektli muvofiqlashtirishda tashqi harorat datchigi boʻyicha avtomatlashtirish lozim. Isitish jihozlarining issiqlik unumdorligini individual muvofiqlashtirish 3.55-bandga binoan issiqlikni muvofiqlashtiruvchi klapanlar oʻrnatish orqali ichki havo harorati boʻyicha avtomatlashtirish bilan amalga oshirish lozim.”.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. ZAKIROV
Toshkent sh.,
2023-yil 6-aprel,
74-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri J. MIRZAMAHMUDOV
2023-yil 2-mart
Oʻzbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi B. YUSUPALIYEV
2023-yil 21-fevral