Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 08.10.1992 yildagi PF-479-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-YIL 1 OKTYABRDAN NAFAQALAR, STIPENDIYALAR HAMDA BUDJET HISOBIDAGI TAShKILOTLAR XODIMLARINING ISh HAQI MIQDORLARINI OShIRISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekistonga tashqaridan olib kelinadigan yoqilg‘i-energetika resurslari qimmatlashganligi munosabati bilan hamda respublika aholisini ijtimoiy muhofaza qilish borasida oldini olish choralarini ta’minlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasining hududida ish haqi va mehnat nafaqalarining miqdori oyiga 2000 so‘m qilib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ulug‘ Vatan urushining qatnashchilari va nogironlariga eng oz miqdori 2500 so‘m bo‘lishidan kelib chiqib, nafaqalar miqdori belgilansin. Ulug‘ Vatan urushi III guruh nogironlari nafaqalarining miqdori eng oz ish haqi darajasiga yetkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasining Ijtimoiy ta’minot vazirligi belgilangan eng oz miqdorga asoslanib, fuqarolar ish stajining oz-ko‘pligiga va xizmatlariga qarab, mehnat nafaqalarini tabaqalashtirilgan miqdorlarda qaytadan hisoblab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Budjet hisobidagi muassasalar va tashkilotlar xodimlarining ish haqi 1,6 baravar oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bolali oilalarga madad berish maqsadida bolalar uchun hozirgi vaqtda amalda bo‘lgan ijtimoiy nafaqalar o‘rta hisobda 1,5 baravar oshirilsin. Belgilab qo‘yilsinki, jami daromadi oilaning har bir a’zosiga hisoblaganda eng oz oylik ish haqidan oshmaydigan bolali oilalarga nafaqalar to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Fuqarolarning soliq olinmaydigan daromadlarining eng past darajasi oyiga 2000 so‘m miqdorida belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oyiga 8 ming so‘mgacha bo‘lgan ish haqidan olinadigan daromad solig‘ining eng kam miqdori (12 foiz) belgilansin. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida belgilangan tartibda oyiga 8 ming so‘mdan oshadigan ish haqidan tabaqalashtirilgan tarzda soliq olish to‘g‘risidagi takliflarni kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oliy o‘quv yurtlari talabalarining stipendiyalari, texnikumlar hamda kiyim-bosh va ovqat bilan ta’minlanmaydigan hunar-texnika bilim yurtlari o‘quvchilarining stipendiyalari 1,6 baravar ko‘paytirilsin. Talabalarning oshxonalari va bufetlarida tushlik ovqatlarning qiymatidan 50 foizli chegirmalar saqlab qolinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Birinchi marta nikohdan o‘tayotgan kelin-kuyovlarga gilam buyumlar va mebel sotishda imtiyozli tartib saqlab qolinib, oilaga beriladigan tovon miqdori 5000 so‘mgacha ko‘paytirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Respublika mahalla komitetlari raislari va kotiblarining mansab maoshlari 2 baravar oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Budjetdan pul bilan ta’minlanadigan vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari, tashkilotlar va muassasalar ish haqi, pensiyalar va stipendiyalar ushbu Farmonda belgilangan miqdorlarda o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Respublika vazirliklari, idoralari, uyushmalari, konsernlari, korxonalari va xo‘jaliklari belgilangan eng oz miqdorga asoslanib, ishlovchilarning maoshini yanada oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki korxonalarga, tashkilotlar, muassasalarga ish haqi o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlovchi choralar ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 8-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-479-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 12-son, 451-modda)