Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Tashqi mehnat migratsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qayta koʻrib chiqish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 22-fevralda qabul qilingan va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan 2022-yil 13-sentabrda rad etilgan “Tashqi mehnat migratsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qayta koʻrib chiqib, kelishuv komissiyasining takliflarini inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Tashqi mehnat migratsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni kelishuv komissiyasi tomonidan taklif qilingan tahrirda qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 15-mart,
3040-IV-son