10.04.2023 yildagi PQ-118-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 13.06.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy soha obyektlaridagi isitish tizimlarining kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini taʼminlash, ushbu obyektlarga issiqlik energiyasini uzluksiz yetkazib berish hamda energiya resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, shuningdek, sohaga xususiy investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Andijon viloyatining Boʻston tumanidagi 69 ta ijtimoiy soha obyektini issiqlik energiyasi bilan taʼminlash davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2023 — 2026-yillarda respublika hududlarida faoliyat yuritayotgan davlat ijtimoiy soha obyektlarini koʻmir yoqilgʻisiga oʻtkazish orqali kuz-qish mavsumida issiqlik energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash, qozonxonalarni modernizatsiya qilish hamda muassasalarning issiqlik tizimini taʼmirlash va belgilangan meʼyorlarda ishlashini taʼminlashni davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sektor ishtirokida bosqichma-bosqich joriy etish choralarini koʻrsin. Bunda:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PQ-185-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 07/23/185/0361-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi bosqichda Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlaridagi 5 722 ta davlat ijtimoiy soha obyektining issiqlik taʼminoti tizimlarini xususiy sektor ishtirokida modernizatsiya qilish va boshqarish tizimi joriy qilinsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ijtimoiy soha obyektlarida mavjud isitish tizimlarining joriy holatidan kelib chiqib, 2023-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarining barcha tuman (shahar)larida hamda boshqa viloyatlarning 2-ilovaga muvofiq tuman (shahar) larida davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish ishlari boshlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy sherikka ijtimoiy soha obyektlaridagi mavjud soz holatida boʻlgan isitish qozonlaridan foydalanish, birinchi bosqichda eski va samarasiz qozonlarni almashtirish hamda keyingi bosqichlarda loyiha davomida qolgan qozonlarni almashtirish huquqi berilsin.
(2-band Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PQ-185-son qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 07/23/185/0361-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqarish tizimini joriy etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi davlat ijtimoiy soha obyektlari boʻyicha 2023-yilda davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlarni imzolash rejasi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda davlat ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini 2023-yilda davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish ishlarini tashkillashtirish boʻyicha respublika ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda — Respublika ishchi guruhi) tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Respublika ishchi guruhining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlari uchun talab etiladigan koʻmir va boshqa yoqilgʻi mahsulotlari bilan taʼminlashga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda tuman (shahar) hokimliklari va jalb qilingan xususiy sheriklar tomonidan bajarilgan ishlar natijadorligini oʻrganish va muntazam monitoring qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilishda yuzaga keladigan muammolarni aniqlash va bartaraf etish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) hokimliklarining loyihalar ijrosi yuzasidan axborotlarini qabul qilish va natijasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga tahliliy materiallarni kiritib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorda koʻrsatilgan topshiriqlarning belgilangan muddatlarda bajarilishini nazorat qilib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (B. Zakirov), Energetika vazirligi (J. Mirzamahmudov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2-ilovada belgilangan hududlar boʻyicha:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PQ-185-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 07/23/185/0361-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda tuman (shahar)lardagi davlat ijtimoiy soha obyektlari boʻyicha mavjud issiqlik taʼminoti tizimlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun tanlov asosida loyiha institutlarini jalb qilsin hamda mavjud issiqlik taʼminoti tizimlarini xatlovdan oʻtkazgan holda nuqsonlar toʻgʻrisida dalolatnomalarni rasmiylashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy yil 1-iyunga qadar jalb qilingan loyiha institutlari koʻmagida tuman (shahar)lardagi ijtimoiy soha obyektlarining issiqlik taʼminoti tizimini modernizatsiya qilish loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqib, davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin. Bunda, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va davlat ekspertizasidan oʻtkazish xarajatlari hududlar mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy sherikka ijtimoiy soha muassasalarining foydalanilmayotgan, boʻsh turgan bino va inshootlarini foydalanish uchun vaqtinchalik ijaraga berish yoki omborxona qurilishi uchun yer uchastkasini (yer maydoniga egalik qilish huquqi berilmagan holda) ajratish;
(5-band Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PQ-185-son qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 07/23/185/0361-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy yil 1-iyulga qadar tuman (shahar)larda davlat-xususiy sheriklik asosida ijtimoiy soha obyektlarining issiqlik taʼminoti tizimini modernizatsiya qilish va boshqarish loyihalarining (keyingi oʻrinlarda — Loyihalar) konsepsiyalarini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy yil 1-avgustdan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan va loyiha konsepsiyalari tasdiqlangan tuman (shahar)lardagi ijtimoiy soha obyektlarining issiqlik tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish ishlarini boshlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Loyihalarni amalga oshirishda:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun loyiha institutlari — elektron tender (tanlov) savdolari platformalari orqali va (yoki) Xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashi qarorlari asosida eng maqbul takliflari asosida tanlab olinadi va tanlov asosida jalb qilingan loyiha institutlari bilan Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi oʻrtasida shartnomalar rasmiylashtiriladi;
(6-band Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PQ-185-son qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 07/23/185/0361-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sherigi etib — tuman (shahar) hokimliklari belgilansin;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy sheriklar — Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq tender oʻtkazish va (yoki) Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlarining qarorlari asosida eng maqbul takliflarni tanlab olish orqali aniqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilab qoʻyilsinki, Loyihalarni amalga oshirishda quyidagi vazifa va majburiyatlar bajarilishi taʼminlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat sheriklari tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini xatlovdan oʻtkazish, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va davlat ekspertizasidan oʻtkazishni taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda koʻmir yoqilgʻisida ishlaydigan energiya tejamkor qozonlarni oʻrnatish va obyektlardagi ichki issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya qilishni nazarda tutish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihalar boʻyicha konsepsiyalarni tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihalarni amalga oshirish uchun tenderlarni tashkil qilish hamda xususiy sheriklarni shaffof va ochiq shartlarda tanlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jalb qilingan xususiy sheriklar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va ularga isitish obyektlari va tizimlarini davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda belgilangan muddatda vaqtinchalik bepul foydalanishga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti hisobidan ajratiladigan mablagʻlarning davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda belgilangan muddatlarda va miqdorlarda yoʻnaltirib borilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy sheriklar tomonidan bajariladigan ishlar va xizmatlar sifatini doimiy nazorat qilib borish, natijasi boʻyicha har chorakda Respublika ishchi guruhiga axborot berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy sheriklar tomonidan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda belgilangan shartlar bajarilmagan taqdirda bitimni bir tomonlama bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xususiy sheriklar tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq ijtimoiy soha obyektlarining ichki qismlarida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimning amal qilish muddati davomida issiqlik haroratini lozim darajada taʼminlash. Bunda, davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlar doirasida ijtimoiy soha obyektlarida issiqlik quvvati hisobini yuritishning onlayn tizimlarini joriy etish boʻyicha talab qoʻyilishi mumkin;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isitish uchun meʼyor boʻyicha talab etiladigan koʻmir va elektr energiyasi xarajatlarini kamida 20 foizga va issiqlik energiyasi yoʻqotishlarini 30 foizga kamaytirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy soha obyektlarida Oʻzbekiston Respublikasida kamida bir yil sinovdan muvaffaqiyatli oʻtgan va xizmat qilish kafolati kamida 15 yilni tashkil qiladigan qozonlarni oʻrnatish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrnatiladigan isitish qozonlarining sifatini kafolatlash va muddatidan oldin yaroqsiz holatga kelgan isitish qozonlarini oʻz mablagʻlari hisobidan yangilash. Bunday hollarda Davlat budjetidan qoʻshimcha mablagʻ ajratilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy soha obyektlarini isitish bilan bogʻliq barcha masalalarni oʻz zimmasiga olish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihalarni amalga oshirishda modernizatsiya qilish va taʼmirlash xarajatlari uchun talab etiladigan investitsiya mablagʻlari xususiy sheriklar va Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy sheriklar tomonidan koʻmir mahsulotlari zaxirasini yaratishga budjetdan rejalashtirilgan mablagʻlar doirasida oldindan 50 foizgacha boʻnak mablagʻlari moliyalashtiriladi hamda qolgan mablagʻlar 1-sentabrga qadar moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy sheriklarning ulushi kamida 50 foizni, Qoraqalpogʻiston Respublikasining uzoq hududlarida (tuman (shahar) markazidan kamida 30 km) joylashgan kichik va ayrim obyektlar uchun kamida 30 foizni hamda obyektlarni ekspluatatsiya qilish muddati 10 yilni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalarni boshqarish va ekspluatatsiya qilish davri davomida xususiy sheriklar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar 2023-yilda mahalliy budjet parametrlarida ushbu maqsadlar uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar, shuningdek, mavjud shtat birliklarini qisqartirish hamda energiya resurslarini tejash hisobiga iqtisod qilinadigan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Qoraqalpogʻiston Respublikasining uzoq hududlarda (tuman (shahar) markazidan kamida 30 km) joylashgan kichik va ayrim obyektlarning ekspluatatsiya xarajatlariga 2023-yilda mahalliy budjet parametrlarida ushbu maqsadlar uchun koʻzda tutilgan mablagʻlarga nisbatan qoʻshimcha 30 foizgacha mablagʻ ajratilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim hududlarda ijtimoiy soha isitish tizimi tabiiy gazdan koʻmirga oʻtkazilishini hamda koʻmir xarajatlarining normalari va narxini oshishini inobatga olib, mahalliy budjet parametrlarida ekspluatatsiya xarajatlari uchun koʻzda tutilgan mablagʻlarni hisob-kitoblarga koʻra oshirishga ruxsat beriladi va ular mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari yoki maqbullashtirish hisobiga amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlar doirasida ijtimoiy soha obyektlarida issiqlik energiyasi yoʻqotishlarini kamaytirish va obyektning energiya samaradorligini oshirish tadbirlari koʻzda tutilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) hokimlari ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlari toʻlaqonli faoliyat koʻrsatishi uchun masʼul va shaxsiy javobgar hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy isitish qozonlari ishlab chiqaruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasi hududiga xom ashyo va ehtiyot qismlarini olib kirishda qoʻshilgan qiymat soligʻini 6 oy muddatga foizlar hisoblanmagan holda boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) hokimlari davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlar doirasida xususiy sherikka oʻz majburiyatlarini bajarishga har tomonlama, shu jumladan koʻmir yoqilgʻisini muddatidan oldin jamlab qoʻyishda amaliy yordam koʻrsatsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PQ-185-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 07/23/185/0361-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlariga xususiy sheriklarning eng maqbul takliflarini tanlab olishda quyidagi talablarga eʼtibor qaratish tavsiya etilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy sheriklar mablagʻlarining ulushi kamida 50 foiz, Qoraqalpogʻiston Respublikasining uzoq hududlarda (tuman (shahar) markazidan kamida 30 km) joylashgan kichik va ayrim obyektlar uchun kamida 30 foiz va undan yuqori boʻlishi;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PQ-185-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 07/23/185/0361-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy sheriklar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun xarajatlar miqdori mahalliy budjet parametrlarida ushbu maqsadlar uchun koʻzda tutilgan mablagʻlarga nisbatan kam boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy sheriklarning soliq toʻlovchi sifatida ishonchli boʻlishi va oxirgi yilda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan jami daromadi 3 mlrd soʻmdan kam boʻlmasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihalar har bir ijtimoiy soha obyekti boʻyicha alohida lotga ajratgan holda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar)lardagi mavjud ijtimoiy soha obyektlarining sonidan, muassasalarning olis hududlarda joylashuvidan hamda tashabbuskor xususiy tadbirkorlik subyektlarining takliflaridan kelib chiqib, Respublika ishchi guruhi bilan kelishuvga koʻra ikki va undan ortiq loyihalarni birlashtirgan holda lotlarga ajratishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev) 2023-yilda respublika boʻyicha davlat-xususiy sheriklik asosida davlat ijtimoiy soha obyektlarining issiqlik taʼminoti tizimini modernizatsiya qilish uchun jami 500 mlrd soʻm ajratsin hamda davlat-xususiy sheriklik bitimi rasmiylashtirilishiga qarab moliyalashtirib borilishini taʼminlasin.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PQ-185-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 07/23/185/0361-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ushbu xarajatlar 2023-yilda Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturida nazarda tutilgan mablagʻlarni qayta taqsimlash hamda respublika budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan qoplansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Isitish qozonlari ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularga qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida, belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxat boʻyicha xorijdan olib kelinadigan (import qilinadigan), respublikada ishlab chiqarilmaydigan tovarlar 2025-yilning 1-yanvariga qadar bojxona bojidan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energetika vazirligi (J. Mirzamahmudov), “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi (M. Yunusov) isitish qozonlari ishlab chiqaruvchilar bilan birgalikda olib kelinadigan (import qilinadigan) tovarlar roʻyxatini shakllantirsin hamda belgilangan tartibda kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha ishchi guruh (D. Sultanov) mahalliy elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan birga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda ikki xil, jumladan qattiq yoqilgʻida ishlaydigan isitish qozonlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda sohadagi mavjud korxonalar bazasida energiya tejovchi va xavfsizlik darajasi yuqori boʻlgan isitish qozonlari (har xil yoqilgʻida ishlaydigan) ishlab chiqarishni kengaytirish boʻyicha loyihalar roʻyxatini shakllantirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Respublika ishchi guruhi (Sh. Kudbiyev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan tuman hamda shahar hokimliklari bilan birgalikda oʻz tasarrufidagi ijtimoiy soha obyektlarining issiqlik taʼminoti tizimi modernizatsiya qilingandan soʻng yechib olinadigan va foydalanishga yaroqli boʻlgan isitish qozonlari ehtiyoji mavjud boʻlgan budjet tashkilotlariga begʻaraz oʻtkazib berilishini tashkillashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda Energetika vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlar doirasida ijtimoiy soha obyektlarida energiya samaradorligini oshirish boʻyicha manzilli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi Loyihalarni amalga oshirish uchun Davlat budjeti hisobidan ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi ustidan moliyaviy nazorat tadbirlari har yili oʻtkazilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, davlat sherigi va xususiy sherik Loyihalar uchun ajratiladigan Davlat budjeti mablagʻlarining maqsadli sarflanishi uchun davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev) Loyihalar boʻyicha tasdiqlangan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlarda belgilangan samaradorlik koʻrsatkichlari bajarilishi va bitim shartlariga rioya etilishi yuzasidan doimiy monitoringni amalga oshirib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, monitoring natijasida birinchi marta aniqlangan kamchiliklar uchun yillik toʻlov miqdorini 10 foizga, ikkinchi marta aniqlangan kamchiliklar uchun 20 foizga kamaytirish hamda uchinchi marta aniqlangan kamchiliklar uchun bitimni bekor qilish kabi jazo choralarini qoʻllash mexanizmi tatbiq etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov) tegishli tuman (shahar) hokimliklari bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyatini tadbirkorlik subyektlariga yetkazish maqsadida turli uchrashuvlar, tematik davra suhbatlari tashkil etsin hamda ularni ommaviy axborot vositalarida keng yoritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi namunaviy bitim loyihasini ishlab chiqib, barcha tuman (shahar) hokimliklariga taqdim qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib iqtisodiyot va moliya vaziri Sh.D. Kudbiyev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 10-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-118-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-apreldagi PQ-118-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqarishni joriy etish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmlari

Muddati

Masʼul vazirlik va idoralar

1.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlaridagi ijtimoiy soha obyektlari boʻyicha mavjud issiqlik taʼminoti tizimlarini xatlovdan oʻtkazish va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

1. Ijtimoiy soha obyektlari boʻyicha mavjud issiqlik taʼminoti tizimlarini xatlovdan oʻtkazish.

2023-yil aprel

Andijon viloyati hokimligi

(Abduraxmonov),

Namangan viloyati hokimligi

(Abdurazakov),

Fargʻona viloyati hokimligi

(Bozarov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Zakirov)

2. Issiqlik taʼminoti tizimlarini xatlovdan oʻtkazish orqali nuqsonlar toʻgʻrisida dalolatnomalarni rasmiylashtirish.

2023-yil may

3. Har bir obyektning loyiha-smeta hujjatini ishlab chiqib, davlat ekspertizasidan oʻtkazish.

2023-yil iyun

2.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va boshqa viloyatlarning tuman (shahar)laridagi ijtimoiy soha obyektlarida mavjud isitish tizimlarini xatlovdan oʻtkazish va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

1. Ijtimoiy soha obyektlaridagi mavjud issiqlik taʼminoti tizimlarini xatlovdan oʻtkazish.

2023-yil aprel

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Zakirov)

2. Mavjud issiqlik taʼminoti tizimlarining texnik holatidan kelib chiqib, 2023-yilda modernizatsiya qilinadigan obyektlar roʻyxatini shakllantirish.

2023-yil may

3. Har bir obyektni xatlovdan oʻtkazib, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va davlat ekspertizasidan oʻtkazish.

2023-yil iyun

3.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va boshqa viloyatlarning ayrim hududlaridagi ijtimoiy soha obyektlarining issiqlik taʼminoti tizimini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqarish loyihasining konsepsiyalarini tasdiqlash.

1. Loyiha konsepsiyasi va loyihani baholash hujjatlarini ishlab chiqish.

2023-yil iyun

Andijon viloyati hokimligi

(Abduraxmonov),

Namangan viloyati hokimligi

(Abdurazakov),

Fargʻona viloyati hokimligi

(Bozarov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Kudbiyev)

2. Loyiha konsepsiyasi va loyihani baholash hujjatlarini Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishish va tasdiqlash.

2023-yil iyul

4.

Maslahat xizmatini koʻrsatish, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va davlat ekspertizasidan oʻtkazish xarajatlarini mablagʻ bilan taʼminlash.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va viloyatlar mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan mablagʻ ajratish boʻyicha tegishli choralar koʻrish va moliyalashtirish.

Zaruratga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

5.

Ijtimoiy soha obyektlarining issiqlik tizimini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish boʻyicha tender komissiyalari tarkibini tasdiqlash.

1. Har bir tuman (shahar) kesimida tender komissiyalari tarkibini shakllantirish.

2023-yil may

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

2. Tender komissiyalari tarkibini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim qilish.

2023-yil may

6.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari hamda respublikaning ayrim hududlaridagi ijtimoiy soha obyektlarining issiqlik taʼminoti tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish.

1. Tenderni eʼlon qilish, tender takliflarini baholash va tender gʻolibini aniqlash.

2023-yil sentabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

2. Tender gʻolibi bilan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni rasmiylashtirish.

2023-yil oktabr

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-apreldagi PQ-118-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi davlat ijtimoiy soha obyektlari boʻyicha 2023-yilda davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni imzolash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hududlar nomi

Ijtimoiy soha obyektlari soni

shundan, sohalar kesimida

umumtaʼlim maktablari

maktabgacha taʼlim tashkilotlari

sogʻliqni saqlash muassasalari

madaniyat, musiqa va sport muassasalari

Hammasi

13 376

6 479

4 031

2 117

749

jumladan:

I.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1 554

758

447

222

127

1.

Nukus shahri

187

60

59

39

29

2.

Amudaryo tumani

164

87

51

16

10

3.

Beruniy tumani

149

73

53

13

10

4.

Qoraoʻzak tumani

66

34

16

10

6

5.

Kegeyli tumani

73

40

16

12

5

6.

Qoʻngʻirot tumani

103

51

32

14

6

7.

Qonlikoʻl tumani

51

25

13

9

4

8.

Moʻynoq tumani

49

19

18

8

4

9.

Taxtakoʻpir tumani

54

25

16

8

5

10.

Toʻrtkoʻl tumani

128

69

33

19

7

11.

Xoʻjayli tumani

86

45

24

11

6

12.

Chimboy tumani

99

50

30

13

6

13.

Shumanay tumani

60

35

12

9

4

14.

Ellikqalʼa tumani

134

73

34

15

12

15.

Nukus tumani

64

33

16

11

4

16.

Taxiatosh tumani

54

24

16

8

6

17.

Boʻzatov tumani

33

15

8

7

3

II.

Andijon viloyati

1 642

774

533

268

67

1.

Andijon shahri

161

58

57

38

8

2.

Xonobod shahri

25

8

9

5

3

3.

Andijon tumani

119

59

33

23

4

4.

Asaka tumani

152

71

50

25

6

5.

Baliqchi tumani

123

63

36

20

4

6.

Buloqboshi tumani

80

37

24

14

5

7.

Jalaquduq tumani

113

57

35

16

5

8.

Izboskan tumani

130

54

49

24

3

9.

Marhamat tumani

99

47

31

17

4

10.

Oltinkoʻl tumani

101

56

27

15

3

11.

Paxtaobod tumani

108

52

35

16

5

12.

Ulugʻnor tumani

64

31

18

11

4

13.

Qoʻrgʻontepa tumani

132

66

44

16

6

14.

Shahrixon tumani

153

75

57

17

4

15.

Xoʻjaobod tumani

82

40

28

11

3

III.

Qashqadaryo viloyati

2 090

1 194

417

348

131

1.

Qarshi shahri

147

47

40

42

18

2.

Qarshi tumani

126

69

27

23

7

3.

Mirishkor tumani

91

43

20

21

7

4.

Gʻuzor tumani

134

76

30

21

7

5.

Dehqonobod tumani

147

103

11

26

7

6.

Qamashi tumani

148

96

23

18

11

7.

Koson tumani

176

101

43

22

10

8.

Kitob tumani

155

95

28

24

8

9.

Muborak tumani

71

33

19

14

5

10.

Nishon tumani

93

42

24

20

7

11.

Kasbi tumani

117

60

29

19

9

12.

Chiroqchi tumani

168

125

18

19

6

13.

Shahrisabz tumani

161

83

39

29

10

14.

Yakkabogʻ tumani

160

100

29

24

7

15.

Shahrisabz shahri

75

23

33

11

8

16.

Koʻkdala tumani

121

98

4

15

4

IV.

Namangan viloyati

1 625

716

603

246

60

1.

Namangan shahri

119

55

34

25

5

2.

Davlatobod tumani

67

23

25

10

9

3.

Yangi Namangan tumani

57

23

21

12

1

4.

Kosonsoy tumani

118

57

39

18

4

5.

Mingbuloq tumani

122

49

57

12

4

6.

Namangan tumani

89

36

36

13

4

7.

Norin tumani

115

45

52

15

3

8.

Pop tumani

159

73

53

28

5

9.

Toʻraqoʻrgʻon tumani

127

62

43

18

4

10.

Uychi tumani

116

46

50

16

4

11.

Uchqoʻrgʻon tumani

121

49

48

20

4

12.

Chortoq tumani

117

56

37

21

3

13.

Chust tumani

162

77

63

18

4

14.

Yangiqoʻrgʻon tumani

136

65

45

20

6

V.

Fargʻona viloyati

2 455

1016

909

401

129

1.

Fargʻona shahri

185

52

65

42

26

2.

Qoʻqon shahri

136

50

48

30

8

3.

Quvasoy shahri

75

33

23

12

7

4.

Margʻilon shahri

96

39

35

15

7

5.

Bagʻdod tumani

154

64

59

23

8

6.

Beshariq tumani

155

64

67

15

9

7.

Buvayda tumani

123

58

43

16

6

8.

Dangʻara tumani

132

46

61

18

7

9.

Yozyovon tumani

86

42

27

14

3

10.

Quva tumani

161

70

61

23

7

11.

Qoʻshtepa tumani

120

52

39

24

5

12.

Oltiariq tumani

123

49

44

27

3

13.

Rishton tumani

155

70

64

17

4

14.

Soʻx tumani

82

35

28

14

5

15.

Toshloq tumani

103

53

29

18

3

16.

Oʻzbekiston tumani

170

74

64

24

8

17.

Uchkoʻprik tumani

129

60

42

24

3

18.

Fargʻona tumani

157

65

56

29

7

19.

Furqat tumani

113

40

54

16

3

VI.

Buxoro viloyati

526

228

172

97

29

1.

Buxoro tumani

121

55

38

23

5

2.

Vobkent tumani

102

44

34

20

4

3.

Romitan tumani

105

44

34

21

6

4.

Kogon tumani

55

26

14

11

4

5.

Qorovulbozor tumani

30

10

9

7

4

6.

Peshku tumani

113

49

43

15

6

VII.

Jizzax viloyati

327

191

70

45

21

1.

Arnasoy tumani

43

22

11

6

4

2.

Doʻstlik tumani

50

21

18

6

5

3.

Zarbdor tumani

60

35

13

9

3

4.

Gʻallaorol tumani

131

92

16

18

5

5.

Zafarobod tumani

43

21

12

6

4

VIII.

Navoiy viloyati

220

104

51

55

10

1.

Gʻozgʻon shahri

10

3

4

2

1

2.

Navbahor tumani

78

37

17

21

3

3.

Tomdi tumani

36

17

8

8

3

4.

Konimex tumani

70

37

15

15

3

5.

Uchquduq tumani

26

10

7

9

IX.

Samarqand viloyati

871

442

273

100

56

1.

Jomboy tumani

116

56

34

18

8

2.

Narpay tumani

147

70

57

12

8

3.

Tayloq tumani

128

61

44

15

8

4.

Kattaqoʻrgʻon tumani

198

105

64

19

10

5.

Samarqand tumani

124

53

42

18

11

6.

Ishtixon tumani

158

97

32

18

11

X.

Surxondaryo viloyati

556

296

145

90

25

1.

Angor tumani

88

47

24

13

4

2.

Bandixon tumani

73

43

13

14

3

3.

Muzrabot tumani

104

58

23

18

5

4.

Jarqoʻrgʻon tumani

134

67

46

15

6

5.

Qiziriq tumani

90

49

22

15

4

6.

Termiz tumani

67

32

17

15

3

XI.

Sirdaryo viloyati

663

308

198

118

39

1.

Guliston tumani

68

32

21

12

3

2.

Sayxunobod tumani

73

41

15

14

3

3.

Mirzaobod tumani

72

34

20

15

3

4.

Guliston shahri

48

18

20

6

4

5.

Shirin shahri

16

4

6

3

3

6.

Yangiyer shahri

29

11

12

3

3

7.

Boyovut tumani

114

55

34

21

4

8.

Sardoba tumani

47

21

14

9

3

9.

Xovos tumani

66

31

16

14

5

10.

Oqoltin tumani

39

18

10

8

3

11.

Sirdaryo tumani

91

43

30

13

5

XII.

Toshkent viloyati

576

318

144

88

26

1.

Boʻka tumani

93

54

20

16

3

2.

Bekobod tumani

100

53

26

18

3

3.

Parkent tumani

95

54

20

15

6

4.

Piskent tumani

80

42

21

13

4

5.

Boʻstonliq tuman

102

55

28

14

5

6.

Ohangaron tumani

106

60

29

12

5

XIII.

Xorazm viloyati

251

114

69

39

29

1.

Xiva tumani

84

42

18

14

10

2.

Yangibozor tumani

83

33

29

12

9

3.

Yangiariq tumani

84

39

22

13

10

XIV.

Toshkent shahri

20

20

1.

Bektemir tumani

4

4

2.

Mirzo Ulugʻbek tumani

2

2

3.

Sergeli tumani

6

6

4.

Yangihayot tumani

5

5

5.

Yashnobod tumani

3

3

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: 2023-yilda davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlari imzolanadigan davlat ijtimoiy soha obyektlari boʻyicha hududlar roʻyxati va sohalar kesimida obyektlar soni Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda davlat ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini 2023-yilda davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish ishlarini tashkillashtirish boʻyicha respublika ishchi guruhi yigʻilish bayonnomalari bilan oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-apreldagi PQ-118-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda davlat ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini 2023-yilda davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish ishlarini tashkillashtirish boʻyicha respublika ishchi guruhi tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Sh. Kudbiyev

iqtisodiyot va moliya vaziri, Ishchi guruh rahbari

2.

D. Sultanov

iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

Ishchi guruh aʼzolari

3.

lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari

4.

O. Joʻrayeva

qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari

5.

A. Qobilov

togʻ-kon sanoati va geologiya vazirining oʻrinbosari

6.

A. Jumanazarov

energetika vazirining oʻrinbosari

7.

T. Komilov

maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining oʻrinbosari

8.

O. Fazilkarimov

sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari

9.

N. Sabirov

Iqtisodiyot va moliya vazirligi ijtimoiy sohalar iqtisodiyot va moliyasi departamenti direktori oʻrinbosari

10.

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari va viloyatlar hokimlari oʻrinbosarlari, iqtisodiyot va moliya boshqarmalari boshliqlari, soliq boshqarmalari boshliqlari, tegishli ijtimoiy soha boshqarmalari boshliqlari

11.

Z. Bozorov

Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish va davlat funksiyalarini qisqartirish departamenti direktori oʻrinbosari, Ishchi guruh kotibi

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2023-y., 07/23/118/0204-son; 13.06.2023-y., 07/23/185/0361-son; 15.03.2025-y., 07/25/100/0240-son)